Мавзу: Мутахассисликка кириш. Психология фан сифатида


Download 216.89 Kb.
bet6/7
Sana14.11.2023
Hajmi216.89 Kb.
#1773529
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Psixolog kasbiy faoliyati va psixologiya metodlari

Genetik metod bilan tadqiqot davomida tugallangan ma’lumotlar yaxlit holda, maqsadga muvofiq tarzda sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi sinaluvchida vujudga kelayotgan ichki, jamiki obrazlarning rivojlanishi, faoliyat va bilish jarayonlarining o‘zgarishiga tajriba natijasiga suyanib ta’rif va tavsif berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat va xususiyatlarning namoyon bo‘lish davri, bosqichi hamda ba’zi mashaqqatli daqiqalarga, holatlarga qo‘shimcha sharhlar berish imkoniyati tug‘iladi.

  • Genetik metod bilan tadqiqot davomida tugallangan ma’lumotlar yaxlit holda, maqsadga muvofiq tarzda sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi sinaluvchida vujudga kelayotgan ichki, jamiki obrazlarning rivojlanishi, faoliyat va bilish jarayonlarining o‘zgarishiga tajriba natijasiga suyanib ta’rif va tavsif berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat va xususiyatlarning namoyon bo‘lish davri, bosqichi hamda ba’zi mashaqqatli daqiqalarga, holatlarga qo‘shimcha sharhlar berish imkoniyati tug‘iladi.
  • Genetik metodga asoslanib psixik o‘zgarishlar bilan rivojlanish bosqichlarining bevosita bog‘liqligi ildizi aniqlanadi.
  • Donalash metodi tadqiqot ob’ektiga kirgan shaxs psixikasidagi barcha o‘zgarishlardagi o‘ziga xoslik, o‘zaro aloqa, o‘zaro ta’sir va uyg‘unlikning o‘zaro bog‘lanishlari o‘rganiladi. Jumladan, inson xulqini idrok qilish uchun sezgi, idrok, xotira, tafakkur jarayonlarining bir paytda, birgalikda tadqiq qilinishi bunga yorqin misoldir. Bunda har bir bilish jarayonining usuli ifodalanadi yoki uning ahamiyati alohida ta’kidlanadi, ularning o‘zaro bog‘liqligi asoslab beriladi.
  • Empirik metodlar guruhi o‘z navbatida ikkiga, ya’ni asosiy va yordamchi metodlarga bo‘linadi. Asosiy metodlarga kuzatish va eksperiment metodlari kirsa, yordamchi metodlarga suhbat, so‘rovnoma, test, sotsiometriya va faoliyat mahsulini tahlil qilish kabi metodlarni kiritish mumkin.

Psixologiya metodlari.

  • Har bir fan taraqqiyotining asosiy sharoitlaridan biri uning ma’lum darajada mumkin qadar ob’ektiv, aniq ishonchli uslublarga ega ekanligidir. Metod − uslubning ma’nosi biror narsaga borish yo‘li demakdir. Umuman psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilishda metodlarning turli tasnifi mavjuddir. Tadqiqot metodlarini ilmiy jihatdan tahlil qilgan rus psixologi B.G. Ananev mazkur metodlarni xususiyatlariga qarab klassifikasiya qilgan.
  • B.G. Ananev psixikani o‘rganish metodlarini turli guruhga ajratib, o‘rgangan:
  • A) tashkiliy guruhga − qiyoslash, longityud, kompleks metodlari kiradi;
  • B) empirik guruhga − kuzatish, eksperiment, suhbat, so‘rovnoma, test, faoliyat mahsulini o‘rganish metodi, biografiya, sotsiometriya;
  • V) natijalarni qayta ishlash yoki statistik metodlar;
  • G) sharhlash guruhiga genetik va donalash metodlari kiradi.
  • B.G. Ananev tomonidan ajratilgan klassifikatsiyaga ko‘ra, tadqiqot ishlarida foydalaniladigan asosiy metodlar empirik guruh metodlari hisoblanadi. Shunday bo‘lsada boshqa guruh metodlariga ham qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
  • Tadqiqot metodlarining birinchi tashkiliy guruhi o‘z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko‘pyoqlama) deb ataladigan turlarni qamrab oladi.

Download 216.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling