Mavzu: “Mutaxassislik fanlari ” Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarni aniqlash va bartaraf etish usullari


Download 146.28 Kb.
bet1/2
Sana25.03.2020
Hajmi146.28 Kb.
  1   2

O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi

Maktabgacha muassasalar xodimlarini qayta tayyorlash va

malakasini oshirish Respublika o‘quv-metodika Markazi

“Tasdiqlayman”

MMXQTMORO‘MM direktori

____________M.N.A’zamova

“_______” ______________2015y.

Mavzu: “Mutaxassislik fanlari ”

Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarni aniqlash va bartaraf etish usullari

O‘quv kursidan ma’ruza matni

Ma’ruzachi: N.Z.Abidova

Toshkent 2015 yil

Mutaxassislik fanlari”

kursi bo‘yicha o‘quv mavzu reja





Mavzular

Soatlar

Ma’ruza

Trening

Jami




Mutaxassislik fanlari (Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarni aniqlash va bartaraf etish usullari) faninining predmeti

2

2

4

O‘quv dasturi

  • 1-mavzu: Mutaxassislik fanlari (Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarni aniqlash va bartaraf etish usullari) faninining predmeti

  • 2- mavzu: Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalar faoliyati

Fan: “Maxsus mutaxassislik”

Auditoriya: defektolog,tarbiyachilarga dars beriladi.

Mavzu: “Mutaxassislik fanlari (Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarni aniqlash va bartaraf etish usullari) faninining predmeti”

Reja:


  • Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarni aniqlash va bartaraf etish usullari fanining mavzu bahsi va vazifalari

  • Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarni aniqlash va bartaraf etish usullari

  • Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarning pedagogik tavsifi.

  • Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalar faoliyati

  • Jismoniy rivojlanishdagi buzilishlar korreksiyasi.

  • Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarini tarbiyalashda oilaning roli

Soatlar soni: 4 soat.

Ma’ruza matnini ishlab chiquvchilar: N.Z.Abidova.

Ma’ruza matnini ishlagan sanasi: 2015 yil, 26.08.

Ish joyi, lavozimi: Nizomiy nomidagi TDPU katta o‘qituvchi

Mavzuning qisqacha ta’rifi:

“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonunga muvofiq jismoniy yoki aqliy nuqsonlari mavjudligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxs nogiron deb hisoblanadi. Shaxsni turmush faoliyati cheklanganligi uning o‘z-o‘ziga xizmat qilish, yurish, yo‘lini topa olish, eshitish, muloqot qilish, shuningdek, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish qobiliyatini to‘la yoki qisman yo‘qotganligi bilan belgilanadi. Nogironlar jamiyatimizda sog‘lom avlod tug‘ilishi, o‘sishiga to‘siq bo‘ladi. Chunki sog‘lom ota, sog‘lom onadangina sog‘lom farzand dunyoga keladi. Shundan kelib chiqqan holda biz bolalik nogironligi o‘ta dolzarb muammoligi hamda sog‘lom avlod uchun kurashda ushbu muammo o‘ta muhimligini ta’kidlashimiz lozimdir. Shunday toifadagi bolalarga g‘amxo‘rlik qilish ularning ijtimoiy hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga, hayotga moslashtirishlariga yordam berish har bir insonning burchi bo‘lishi kerak.

Fanni o’qitishdan maqsad- tinglovchilarda og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalar uchun maxsus muassasalarda korrektsion ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari hamda usullari boyicha bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdir.

Fanning vazifasi – tinglovchilarga mutaxassislik fanlari (Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarni aniqlash va bartaraf etish usullari) nazariyasi hamda uni usullarini amaliyotda qo’llashga o’rgatishdan iborat.



O‘quv jarayonini amalga oshirish texnalogiyasi

Metod: tanishuv, savol-javob, klasster usuli, ahliy xujum, kichik guruhlarda ishlash, fikrlar banki, taqdimot.

Shakl: suhbat, munozara, guruhiy ishlar, jamoa bilan fikr almashtirish-suhbat.

Vositalar: (texnik-didaktik), tarqatma materiallar, flipchart qog‘ozlar, ma’ruza asosida tayyorlangan prezintatsiya slaydlar, markerlar, kley, skotch, qaychi, doska.

Nazorat: O‘z-o‘zini nazorat qilish. Test, savol-javob, og‘zaki nazorat

Baholash: Qo‘llab-quvvatlash, guruhlar ishini o‘zaro baholash.

Maqsad

Vazifalar

Ta’limiy: Tinglovchilarda mavzuni va mohiyati bo‘yicha bilimlar hosil qilish:

og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalar uchun maxsus muassasalarda korrektsion ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari hamda usullari boyicha bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdir.



Tarbiyaviy:Tinglovchilarga og‘ir nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar bilan ishlashda mexr oqibatli bo‘lishni, ular hayotda o‘z o‘rinlarini topishida aynan pedagoglarga bog‘liq ekanligini tushuntirish.

Rivojlantiruvchi: Ma’ruzadagi asosiy qoidalar va xulosalarni tinglovchilar qalbiga va ongiga singdirish usullarini o‘rganish.

Ta’limiy savol: og‘ir nutq kamchiligiga ega bola deb kimlarga aytamiz?

Tarbiyaviy savol: Siz muassasangizda og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarga munosabatingiz qanday?

Rivojlantiruvchi savol: Maktabgacha ta’lim muassasasida integratsion ta’limning vazifalari nimalardan iborat.

Kutilayotgan natijalar

1)Faning tuzilishini sharxlash

2)Fanning obekti, predmati, maqsad va vazifalarini aniqlashtirish.

3)Fanninf ilmiy tadqiqot metodlarini ochib berish

4) Fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligini bayon etish.



1)Fanga ajratilgan umumiy soatlar, ularning auditoriyadan tashqari vaqtda taqsimlanishi.

2 Fanning obekti, predmeti, maqsad va vazifalarini bilib oladilar.

3) Fanning ilmiy tadqiqot metodlari haqidagi aniq tasavvurlarga ega bo’ladilar.

4) Fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligini taqqoslaydilar.



Dars (ma’ruza) yakunida tinglovchi bajara oladi (malaka): O‘z o‘zini xis qilib ko‘rishga o‘rgatish


Qanday savollar beriladi:

Siz qanday guruhda ishlaysiz?

Guruhning yanada do‘stona bo‘lishi uchun qanday qilib qiziqarli qila olish mumkin?

Guruh bolalarining birga o‘rganishlari uchun mashg‘ulotga qanday moslashtirish kerak?



Dars (ma’ruza)yakunida tinglovchi bajara oladi (malaka): O‘z o‘zini xis qilib ko‘rishga o‘rgatish

Qanday topshiriqlar beriladi:

Logopedik mashg‘ulot shlanmalari.



Dars jarayoni va uning bosqichlari

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich:

Tashkiliy qism



Dars xonasining tayyorligi, tinglovchilar davomati.

Axborot texnalogiyalardan foydalanish.

2 daqiqa

2-bosqich:

Tanishuv.



O‘qituvchi tomonidan o‘zini tanishtirish yoki tinglovchilar bilan tanishish

“O‘z-o‘zini tanishtirish”

10 daqiqa

3-bosqich:

RefleksiY.

Ehtiyojlarni aniqlash.


Tinglovchilarga kerakli ma’lumotlarni aniqlash.

“Aqliy xujum”

5 daqiqa

4-bosqich:

Yangi mavzuning bayoni.



Yangi mavzu bilan tanishtirish

Slayddan foydalanish

20 daqiqa

5-bosqich:

Mustahkamlash.



Mavzuni mustahkamlash

“Savol-javob”

“Xis qilib ko‘rish”



10 daqiqa

6-bosqich:

Dars yakuni.



Tinglovchilar tomonidan mavzuni qanchalik qabul qilinganligi.

“B B B”

5 daqiqa

7-bosqich:

Topshiriqlar.



Guruhlarga bo‘lib ishlash




25 daqiqa.



Mavzu: “Mutaxassislik fanlari (Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarni aniqlash va bartaraf etish usullari) faninining predmeti”

Reja:


  • Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarni aniqlash va bartaraf etish usullari

  • Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarning pedagogik tavsifi.

  • Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalar faoliyati

  • Nutqiy rivojlanishdagi buzilishlar korreksiyasi.

  • Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarini tarbiyalashda oilaning roli

1-§ Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarni aniqlash va bartaraf etish usullari fanining mavzu bahsi va vazifalari

Ta’lim to‘g‘risidagi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tadbiq etish davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi uch bosqichdan ijtimoiy himoyaning kafolatlanishi masalasini hal qilish bosqichidir.

“Sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun munosib muhit yaratiladi” deyiladi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da. Nogironlikni oldini olish maqsadlarining ijobiy hal qilinishi nogironlarning ijtimoiy tiklash bo‘yicha Davlat dasturini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu muammoni defektologiya fanining tarixi bo‘lmish Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarni aniqlash va bartaraf etish usullari yoritib beradi.

Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarni aniqlash va bartaraf etish usullari, nutq jarayoni chuqur buzilgan shaxslarni tarbiyalash va o‘qitish muommolarini ishlab chiqaruvchi defektologiya bo‘limi hisoblanadi. U umumiy pedagogikaning qismi va defektologiyaning bo‘limlaridan biri hisoblanadi. Umumiy pedagogikaning bo‘limi sifatida dilalektik falsafa , insonparvar tamoyillari asosida ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar va kattalar rivojlanishining o‘ziga xosligini hisobga olgan holda umumdidaktik tamoyillarda rivojlanadi. Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarni aniqlash va bartaraf etish usullarining tabiiy ilmiy asosi I.M. Sechenov va I.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumoti sanaladi.

Zamonaviy og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarni aniqlash, bartaraf etish usullari va oldini olish yo‘llarini buzilgan funksiyalarni kompensasiyalash mexanizmlari va shartlari turli yoshdagi og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarni o‘rganish, ularni o‘qitishni nisbatan yuqori pag‘onaga ko‘tarish, ushbu toifa shaxslarni kelgusi hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga muvoffiq, bo‘lishlari muhim. Buning uchun bir qator metodlardan foydalaniladi.

1.Mavzuning nomlanishi: Logopediya fanining maqsadi va vazifalari.



2.Mavzuning maqsadi: Tinglovchilarda logopediya fanining predmeti maqsadi, vazifalari, fanining o’ziga xosliklari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish.

3.Mavzuning rejasi:

1. Logopediya fanining predmeti, maqsadi, vazifalari.

2. Logopediyaning ahamiyati.

3. Logopediya fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.

4. Logopediya fanining tamoyil va metodlari.

4.Kutilayotgan natijalar:


  1. Logopediya fanining predmeti, maqsadi, vazifalari haqida ma`lumotga ega bo’ladilar.

  2. Logopediya fanining ahamiyati haqida ma`lumotga ega bo’ladilar.

  3. Logopediya fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi haqida ma`lumotga ega bo’ladilar.

  4. Logopediya fanining tamoyil va metodlari haqida tushunchaga ega bo’ladilar.

2-ilova

«Aqliy hujum» metodining asosiy qoidalari:

  • Olg’a surilgan fikr va g’oyalar tanqid ostiga olinmaydi va baholanmaydi;

  • Taklif qilinayotgan fikr va g’oyalar qanchalik fantastik va antiqa bo’lsa ham, uni baholashdan o’zingizni tiying!

  • Tanqid qilmang – hamma bildirilgan fikrlar bir xilda bebahodir.

  • Fikr bildirilayotganda qarshi bo’lmang!

  • Maqsad – fikr va g’oyalar sonini ko’paytirish.

  • Qanchalik ko’p fikr va g’oyalar bildirilsa, shunchalik yaxshi. Yangi va bebaho fikr va g’oyaning vujudga kelish ehtimoli paydo bo’ladi.

  • Agar fikrlar qaytarilsa asabiylashmang va hayron bo’lmang.

  • Bu muammo faqatgina ma`lum usullar yordamidagina hal bo’lishi mumkin, deb oylamang.

  • Fikrlar «hujumi»ni o’tkazish vaqti aniqlanadi va unga qat`iyan rioya qilinishi shart.

  • Berilgan savolga qisqacha (1-2 so’zdan iborat) javob beriladi.


Logopediya fani nimani

o’rgatadi


3-ilova.

BBB” jadvali



Bilib oldim

Bilmayman

Bilmoqchiman











(Ish guruhli, individual tarzda tashkil etilishi mumkin).

4-ilova.

M.B.Mejekovskaya fikricha, nutq inson faoliyatini barcha ruhiy ko‘rinishlariga jalb qilingan: uning idroki, xotirasi, tafakkuri, tasavvurini ahloqiy qarashlari barchasi “nutqlashgan”dir. Ularning nutqiy rivojdanishini erta korreksiya qilish – umumiy va maxsus pedagogikaning muhim muammosidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlash va korreksiya qilish nutq shakllanishida sezilarli natijalarga erishish imkonini beradi. Bolalar maxsus maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni har tamonlama – jismoniy, aqliy, ahloqiy rivojlantirish ishlari, nutqiy ta’lim jarayyonida amalga oshiriladi. Bolalar maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi bolalarni maktabga tayyorlar ekan, birinchi navbatda, ularning to‘g‘ri nutqga o‘rgatish, ularga ona tilining boyliklarini imkoni boricha chuqurroq singdirish lozim.

K.D.Ushinskiy aytganidek, “bizning vazifamiz bolani sinchkov kuzatishga, ko‘rgan va eshitganlarini yagona, to‘g‘ri fikrga birlashtirishga, eshita olishga, ko‘rishga va bu fikrni so‘z bilan to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatishdir”. Chunki nutq ularning har tamonlama kamol topishida muhim o‘rin tutadi. Bola nutqini to‘liq shakllanishi asosan 6 yoshga to‘g‘ri keladi. Bu yoshda nutqi normal rivojlanayotgan bola nutqdagi barcha tovushlarni, talaffuz etishni, so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llashni, o‘z fikrini mantiqiy to‘g‘ri bayon etishni mukammal egalaydi. Lekin ba’zi bolalarda nutq shakllanishida o‘z tendoshlariga nisbatan orqada – qolish, nutq buzilishlarini turli ko‘rinishlari uchraydi. Har bir nutq kamchiligi o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lib, u bola rivojlanishiga turlicha salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Nutq buzilishlariga ega bolalarni nutqi ko‘pincha normal rivojlanishdan orqada qolishi, aqliy-xissiy sferalarini takomillashmasligiga olib keladi; bolalarni maktabga tayyorlashda bir qator qiyinchiliklarni kelitirb chiqaradi. Bolalarda uchraydigan nutqiy nuqsonlar turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Ba’zi bolalarda nutqning tovush tomonida kamchilik bo‘lsa, boshqalarda esa nutqni to‘liq rivojlanmasligi yoki nutq tempi va ritmida kamchiliklar uchraydi.

Normal rivojlanayotgan 6, 7 yoshli bolaning umumiy va nutqiy rivojlanish darajasi maktabda ta’lim olishga ma’lum jihatdan yetarli ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ko‘rsatadi.

Nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalarda maktabda ta’lim olishga, savod o‘rganishga zarur bo‘lgan nutqiy ko‘nikma va malakalar yetarli shakllanmagan bo‘ladi. Bu esa maktabda ta’lim olish, savod o‘rganish jarayonida bir qator qiyinchiliklar tug‘diradi.

Nutq nuqsonlari, ularni namoyon bo‘lishini o‘rganish tarixdan juda dolzarb bo‘lib, bu sohada juda ko‘p ilmiy izlanishlar olib borilgan.

Nutqning tovushlar tomonini o‘zlashtirish uchun tovushlarni idrok etish va talaffuz qilishning rivojlanishi muhimdir.

Nutqda tovushlarni, so‘zlarning fonetik tarkibini to‘g‘ri idrok etish darholda vujudga kelmaydi, balki bu doimiy rivojlanishi natijasi hisoblanadi.

Nutqning ilk rivojlanish davrida bola so‘zlarni umumiy yaxlit idrok etadi. Keyingi etaplarda esa, rivojlanish natijasida so‘zlarning tarkibidagi tovushlarni ajrata boshlaydi. Bir vaqtning o‘zida faol lug‘ati rivojlanadi va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishga o‘rganadi. Bolada so‘zlar va alohida tovushlarni akustik va artikulyar jihatidan farqlash shakllanadi.

Nutqiy kamchiliklar ustida juda ko‘p olimlar M.A.Aleksandrovskaya, S.N.Shaxovskaya, Ye.M.Grinshipun, A.V.Yastrebova va boshqalar ish olib borganlar. Talaffuzdagi kamchiliklar muammosi nutqiy patologiyalar tarixini o‘rganishda eng dolzarb bo‘lgan ko‘pgina ishlarda yoritilgan. Kichik maktab yoshidagi va maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini shakllantirish metodlari F.A.Rau, R.E.Levina, A.G.Ippalitova, G.A.Kashe G.V.Chirkrna O.N.Usanova, O.V.Pravdina, T.V.Filicheva va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan.

Og‘zaki va yozma nutqdagi kamchiliklar milliy tilda: Z.G.Gabashivili, A.S.Vinokur, A.Mikulsskite, L.V.Savka, L.Mo‘minova (1992), M.Yu.Ayupova (1992) tomonidan ilmiy jihatdan o‘rganilgan. Mualliflar og‘zaki nutqdagi kamchiliklarni kelib chiqish sabablarini turlicha talqin qiladilar va bartaraf etish uchun turli metodik ko‘rsatmalar beradilar.

M.Aleksandrovskaya fikricha tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarning ko‘p foizi maktabgacha yoshdagi bolalarda kuzatilar ekan, hamda bu kamchilik maxsus pedagotik aralashuvsiz o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketmaydi, balki bu kamchiliklar maktabgacha yoshda bartaraf etilmasa kichik maktab yoshda ham namoyon bo‘ladi degan xulosa keladi.

Nutqni idrok qilishni tekshirish jarayonida olimlar bolalarda birinchi fonematik eshituv nutq normal rivojlangan holda juda erta yuzaga kelar ekan degan xulosaga keldilar. Mualliflarning ta’kidlashicha, bolaning eshitish analizatori funksiyasi erta rivojlanishining boshidayoq akustik jihatdan qarama-qarshi bo‘lgan tovushlarni ajrata biladi, rivojlangan fonematik eshituv bolaga faqat to‘liq nutqni egallashga yordam beribgina qolmay ona-tilida bemalol muloqot qila olish malakalarini ham shakllantiradi. Nutqiy kamchiliklar formalari ustida juda ko‘p olimlar ish olib borishgan: A. Kussmaul, M.A.Aleksandrovskaya, A.M.Smirnova, L.F.Spirova, G.V.Chirkina, M.E.Xvatsev, R.E.Levina, G.A.Kashe, S.N,Shaxovskaya, Ye.M.Grinshipun, A.V.Yastrebova va b.q. Talaffuzdagi kamchiliklar muammosi nutqiy patologiyalar tarixini o‘rganishda eng aktual bo‘dgan va ko‘pgina ishlarda yoritilgan.

Kichik maktab yoshidagi va maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini shakllantirishni metodlari F.A.Rau, F.A.Rau, R.E.Levina, A.G.Ippolitova, G.A.Kashe, G.V.Chirkina, O.N.Usanova, O.V.Pravdina, T.V.Filichina va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan.

Og‘zaki va yozma nutqdagi kamchiliklarni milliy tilda quyidagilar tekshirgan: Z.G.Gavashvili, A.S.Vinokur, R.A.Ayazbekova, K.K.Karlep, A.Mikulskite, B.Pashalakov, N.A.Filimoshkina, L.Rahimova, L.I.Savka va boshqalar. Bu qonuniyatlar talaffuzdagi defektlarning umumiy qonun-qoidalari haqida ma’lumot beradi va korreksion ishlarda bir xil metodik prinsiplardan foydalanish mumkinligini isbotlaydi. Shu bilan birga maxsus usullardan foydalangan holda ona tilida uchraydigan fonetiko-fonematik xususiyatlari bo‘lgan ba’zi bir talaffuz kamchiliklari bor tovushlar ham uchraganligi kuzatildi.

Bolada tovushni to‘g‘ri talaffuz qilish asason 5 yoshlarda shakllanadi. Bolalarda to‘g‘ri talaffuzni tarbiyalash ishi nutqning har tamonlama rivoji bilan bevosita bog‘liqdir. Maktabgacha muassasalarda lug‘atni boyitishga, to‘g‘ri talaffuz qoidalarini egallashga, grammatik shakllar bilan tanishtirishga katta e’tibor beriladi.

Nutqning tovush sistemasi hozirda shakl birligi (fonetika) va mazmuni (fonologiya), “ifodalash rejasi” va “mazmun rejasi” birligi, nutq va til vositalari birligi sifatida ko‘rib chiqiladi. S.N.Trubeskoy yozgandek, tovush haqida ikki fanni bilish darkor – biri nutqda, ikkinchisi tilda o‘z ifodasini topishi kerak. Tekshirishlardan kelib chiqib, tovush haqida ikkita fan tafovut qilinadi – muloqot maqsadida qo‘llaniladigan tovush signallari va jismoniy ko‘rinish bo‘lgan konkret tovushlar.

Tovush ta’sirotlariga bo‘lgan reaksiya yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kuzatiladi. Reaksiya tana qimirlashi, imlash, nafas va pulsning o‘zgarishi ko‘rinishida bo‘ladi. Bolaning ikki haftaligida eshitish dominantining yuzaga kelganligi haqida xabar beruvchi, tovush ta’sirotlari ostida ba’zi bir tana harakatlarining va yig‘ining to‘xtaganligi kuzatiladi. To‘rtinchi xaftada alla ta’sirida bolada tinchlanish holati kuzatiladi. Bularning hammasi shartsiz reflikslardir.

Yetti oylikdan boshlab, bola onaning ba’zi bir tovushlariga ta’sir ko‘rsatadi va bu tovushlar uning gugulash repertuarlaridan joy oladi. Olti – yetti oylik bolaning gugulashida atrofdagilardan eshitgan va ona tiliga xos bo‘lgan spesfik holatlar yuzaga keladi. V.Tervurt (1964) yozishicha, studetnlar plenkaga yozilgan olti oylik bolaning gugulashini boshqa millatdagi bolalar gugulashidan yaxshi ajrata bilganlar.

R.Virning ta’kidlashicha 5 – 6 oylik xitoy bolalarining gugulashi rus va amerika bolalarning gugulashidan quyidagicha farq qilgan: xitoy bolalari ba’zi bir bo‘g‘inlarni ularning respublikatsiyasiya talaffuz qiladilar yoki ba’zi undoshlarni turli tovush modulyatsiyas bilan talaffuz qiladilar.

Bolalar eng osoni intonatsiyani yaxshi o‘zlashtiradilar, chunki u bolaning yana bilan emotsinal muloqati jarayonida paydo bo‘lib, asosan nutqqacha eng muhim vosita hisoblanadi.

Nutqni idrok qilishni tekshirish jarayonida olimlar (V.P.Atanov, V.I.Beltyukov, A.N.Gvozdev) bolalarda birinchi fonematik eshituv nutq normal rivojlangan holda juda erta yuzaga kelar ekan degan xulosaga keldilar. Avtorlarning ta’kidlashicha, bolaning eshitish analizatori funksiyasi erta rivojlanganligi sababli u nutq rivojlanishning boshidayoq akustik jihatdan qarama – qarshi bo‘lgan tovushlarni ajrata biladi, rivojlangan fonematik eshituv bolaga faqat to‘liq nutqni egallashga yordam beribgina qolmay ona tilida bemalol muloqat qila olish malakalarini ham shakllantiradi.

Fonematik idrok sensor funksiya sifatida juda erta shakllanadi. Bu holni tekshiruvchilar fonematik eshituv nutqiy muloqatning asosi bo‘lganligi deb tushntiradilar. (L.S.Vigotskiy, L.I.Shvars, N.M.Shelovanov, A.N.Gvozdev, A.M.Leontev, G.L.Rozengrad–Pupko, L.V.Neyman, V.I.Beltyukov).

Ohangdor nutqni bola tomonidan o‘zlashtirib olishni Gvozdev tomonidan analiz qilib berilgan. uning ta’kidlashicha bola boshqa tovush ta’surotlaridan tovshuli nutqni tez ajratadi, eshitish tasavvurlari uning shaxsiy talaffuzida fonematik elementlarni ishlab chiquvchi regulyator hisoblanadi. Eshitish tasavvurlari bolaning ikki yoshida yetarli rivojlanishga ega bo‘ladi. Bu yoshda nutqdagi hamma tovushlarni eshitadi va ajrata biladi. Bu faktni A.N.Gvozdev bolaning fonematik eshitish darajasini belgilashdagi asosiy omil deb hisoblagan.

Xuddi shu fikrni V.I.Beltyukov ham qo‘llab quvvatlaydi.

U tomonidan ishlangan «Bolaning fonematik eshituvi rivojlanishi karta»sida bolaning alohida tovushlarni va tildagi tovushli gruppalarni ajratish qobiliyatini rivojlanish qonun-qoidalari ochib berilgan. Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki bola ikki yoshda xatto akustik jihatdan bir xil bo‘lgan tovushlarni ham ajrata oladi. Avtor, bola ikki yoshga yetganda bolaning fonematikeshitish eng yuqori shakllangandarajaga yetadi, deb xulosa qiladi.

Psixologiya, lingvistika, defektologiya va pedagogikada fonematik eshitishni turli nuqtai nazar bo‘yicha talqin etadilar.

Mualliflar turli terminlardan foydalanadilar ya’ni nutqiy eshituv, nutqiy idrok qilish fonematik idrok va fonematik tassavvur.

V.G.Ananev nutqiy eshitishni ikki xil shaklda o‘rganib chiqadi ya’ni absolyut va ajratuvchi eshitish sezgilarini farqlaydi.

S.F.Ivanenko nutqiy eshitishni kishini idrok qilishga diqqatning qaratishning psixolingvistik qobiliyati sifatida ko‘rsatib beradi. Uning fikricha nutqiy eshituv nutqiy qobiliyatning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi va har bir qobiliyat singari u ham nutq madaniyatining bir butunligi va tilning fonologik vositalarini o‘zlashtirish asosida rivojlanadi, ta’minlanadi va takomillashadi.

S.P.Redozubov, D.V.Elkonin fonematik eshitishning insonning so‘zdagi ma’lum nutqiy tovushlarni eshita olish qobiliyati deb tushuntiradilar.

A.R.Luriya bu tushuncha bilan chegaralanib qolmay, fonematik eshitishni tasodifiy tovush belgilarini ajrata bilgan holda alohida guruhlardagi turli tovushlarni umumlashtirish qobiliyati deb qaraydi.

Fonematik eshitishning bu xususiyatiga N.V.Arxangelskaya, Ye.G.Karyasen, A.V.Kalineva ham e’tibor beradilar. Ular fonematik eshitishni nutqiy tovushlarni hamda ularning jaranglash sifatini ajratish qobiliyati deb biladilar.

T.G.Egorov fonematik eshitish nutqning tovush tomondan analiz va sintez qilish qobiliyati deb ta’kidlaydi.

A.Voskresenskaya, V.G.Goreskiy, N.I.Kuzmina va V.I.Rojdestvenskaya, M.F.Fomicheva fonematik eshitishni so‘zdagi boshqa tovushlar orasida alohida tovushlarni ajratish qobiliyati deb qaraydilar.

Bizning fikrimizcha fonematik eshituv faqat nutqdagi tovushlarni idrok qilgan holda perseptiv funksiyadir. Boshqa hamma qobiliyatlar tovushlarni ajratish, tovush guruhlariga umumlashtirish, fonematik eshitishning yaxshi rivojlanganligi natijasida tovush analiz va sintezini qila olish muloqot va ta’lim jarayonida shakllanadi.

Ko‘pgina tadqiqotchi olimlar (G.A.Lyamina, A.N.Gvozdev, A.R.Luriya, A.F.Zayseva va boshqalar) fonematik eshitishning yaxshi rivojlanmaganligi bolalarda tovush hosil bo‘lishini tormozlaydi. Buning natijasida tovushlar juda kech va noto‘g‘ri shakllanadi deb ta’kidlaydilar.

Tovushlar talaffuzi buzilishining mustaqil nuqson sifatida talqin qilinishi M.E.Radina, M.A.Aleksandrova, L.M.Chudinova, M.E.Xvatsev, F.A.Rau, M.F.Fomicheva, M.G.Gening, N.A.German, O.N.Usanova, Ye.F.Sobotovich, M.M.Alekseeva, T.B.Filicheva, M.Yu.Ayupova (1992) va boshqalar tomonidan ko‘rsatib berilgan.

Maktabgacha yoshdagi bolalar talaffuzidagi kamchiliklar, tovush analizi va fonematik eshitishning rivojlanish xususiyatlari. Ko‘pgina mualliflarning (R.E.Levina, G.A.Kashe, M.F.Fomicheva, A.V.Yastrebova, J.T.Raximova, L.I.Sovka) ta’kidlashicha maktabgacha chiqayotgan bolalarning 20%-30% da tovushlar talaffuzida kamchiliklar kuzatilar ekan.

Bolalardagi ba’zi bir tovushlarning nuqsonli talaffuzi quyidagi ketma-ketlikda kuzatilgan: R tovushi talaffuzidagi kamchilik sirg‘aluvchi tovushlar, shovqinli tovushlar, til orqa tovushlar, L tovushi va kam miqdorda boshqa tovushlar. Mualliflar og‘zaki nutqdagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini turlicha talqin qiladilar va bartaraf etish uchun turli metodik ko‘rsatmalar beradilar.

Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar sabablarini o‘rgana turib, mualliflar bolaning motor sferasida yoki akustik idrokda qiyinchiliklar bo‘lishni ko‘rsatadilar. (R.M.Boskis, R.E.Levena, N.X.Shvachkin, L.F.Spirova, L.K.Nazarova).

L.F.Spirova normal va nutq buzilishiga ega bo‘lgan bolalarni tovush analiz qilish xususiyatlarini taqqoslab tekshirish ishlarini olib borgan. Tekshirishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, hatto bitta tovushni noto‘g‘ri talaffuz qilish ham tovush analizigi o‘z ta’sirini ko‘rsatar ekan.

L.F.Spirova normal talaffuzga ega bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning tovush analizi qobiliyatini aniqlash uchun so‘zdagi berilgan tovushni topish orqali aniqlash mumkinligini ko‘rsatdi. Bolalarda tovush analiz qilish qobiliyatini aniqlashning yanada yengil shakli bu berilgan tovushni so‘z tarkibidan topish yoki shu tovushga oid rasm topishdir. Keyinrok esa berilgan tovushga oid so‘z o‘ylab topish, so‘zdagi oxirgi undosh tovushni topish kabi tovush analizini shakllantiruvchi shakllardan foydalanish mumkin.

L.F.Spirovaning ma’lumotiga ko‘ra fonematik idrok hamda tovushlar talaffuzidagi kamchilaklar namoyon bo‘lishiga ko‘ra xilma-xildir. Ba’zi bir bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar artikulyatsiya apparat tuzilishi va harakatidagi kamchiliklar natijasida kelib chiqadi. Bunda juda ko‘p tovushlarni umuman talaffuz eta olmaslik, artikulyatsiya jihatdan oson talaffuz etiladigan yoki artikulyatsiya jihatdan bir-biriga o‘xshash tovushlarga almashtirish hamda tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz etish hollari kuzatiladi.

Ba’zi bolalarda kuzatiladigan tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar artikulyatsiya apparat harakatidagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lmay, balki tovushlarni noaniq idrok qilish natijasida kelib chiqadi.

L.F.Spirova fonematik kamchiliklar sabablarini o‘rgana turib bola nutqining talaffuz tomoni qanchalik buzilgan bo‘lsa, u so‘zlarda tovushlarni analiz qilishga shunchalik qiynaladi. Bu esa o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirishda qiyinchilik tug‘diradi degan xulosaga keldi.

Bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni tahlil qilish N.A.Nikashinaning) quyidagi tovush turlari kamchiliklari uchun umumiy xulosa qilishga sabab bo‘ldi:

- tovushning nutqda bo‘lmasligi – uni talaffuz qila olmaslik, artikulyatsiya va talaffuz jihatdan bir-biriga yaqin tovushlarni almashtirish;

- tovushlarni almashtirish-tovush alohida to‘g‘ri talaffuz qilinadi, lekin so‘z va gaplarda bir guruhdagi tovushlar bilan almashtiriladi;

- tovushlar nutqda bo‘ladi, lekin artikulyatsiya jihatdan aniq talaffuz qilinmaydi.

N.A.Nikashina tovushlar taaffuzida ko‘p uchraydigan kamchiliklar deb quyidagi xulosaga keldi:

L, R tovushlari uchun ularning nutqda bo‘lmasligi, sirg‘aluvchi tovushlar uchun noto‘g‘ri talaffuz, shovqinli tovushlar uchun boshqa tovushlarga almashtirish, portlovchi tovushlar uchun-noaniq talaffuz etish kabilar xosdir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda talaffuz kamchiliklari Ye.F.Sibonovich va M.M.Alekseeva tomonidan tahlil etilgan. Nutqqa qo‘yilgan tovushlarni mustaqil nutqqa kiritish, ba’zi alohida tovushlar ustida ishlash ketma-ketligi, logopedik ishlar metodikasi va mazmuni ular tomonidan ishlab chiqilgan.

Z.K.Gabashvili gruzin bolalarida A.S.Vinokur ukrain bolalarida, A.I.Mikulskite litva tilida ta’lim oladigan bolalarda, R.A.Ayozbekova qozoq, V.Pashalakov turkman bolalarda, L.I.Sovka moldavon bolalarida, L.R.Mo‘minova, X.M.Po‘latova, M.Ayupova,n. Raxmakulova, Z.Axmedovalar o‘zbek bolalarida nutq kamchiliklarini o‘rgandilar. Ular o‘zlarining tadqiqot ishlarida artikulyatsiya xarakterga ega bo‘lgan talaffuz kamchiliklarini, fonematik idrok jarayonlarining rivojlanmaganligidan kelib chiqadigan kamchiliklarni, yozuv va talaffuz kamchiliklarini tahlil qilib berdilar.

Turli millat bolalarida nutq buzilishlarini o‘rganish, korreksion ish usullarini tanlashda har bir millatning til xususiyatlirini e’tiborga olish zarurligini ko‘rsatdi.

M.Ayupova (1992) maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining fonetik hamda fonematik tomonini o‘rganishda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bolalar orasida keng tarqalganligi aniqladi. Uning ma’lumotigi ko‘ra 270 ta tekshiriluvchi 5 yoshli bolalardan 112 tasida (41,5%) tovushlar talaffuzida kamchiliklar borligi belgilandi. Shulardan «R» tovushi talaffuzidagi kamchiliklar 60,7% ni, shovqinli tovushlar 38,4%, sirg‘aluvchi 32,1%, til orqa 2,5%, chuqur til orqa 7,1%, «L» tovush talaffuzidagi kamchilik 5,4%, tashkil etar ekan.

M.Ayupova tomonidan olib borilgan fonematik jarayonlarning tekshirish natijalari shuni ko‘rsatdiki, fonematik idrokning rivojlanmaganligi tovush tuzilishi bo‘yicha o‘xshash bo‘g‘in, so‘zlarni bilishda va ularni aniq ajrata olmaslikda, tovushlarni differensiatsiya jarayonini tugallanmaganligida ayniqsa nozik akustik va artikulyatsiya belgilari bilan farq qiladigan tovushlarni farqlashda namoyon bo‘lar ekan.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda tovush analizini o‘rganish ularda bu malakalarni shakllanmaganligini ko‘rsatdi.

Yuqorida nomlari keltirilgan barcha mualliflar bolalarda kuzatiladigan tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar hamda fonematik eshituvning rivojlanmaganligini maxsus logopedik yordamsiz bartaraf etib bo‘lmaydi deb e’tirof etadilar.

Eksperemental tekshirish metodikasi.

Maktabgacha tarbiya muassasalari ta’lim va tarbiya ishlarining keng dasturini amalga oshiradi.

Nutqiy nuksonga ega bo‘lgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning ta’lim-tarbiyasi Respublikada maxsus ta’limning ajralmas kismi sifatida amalga oshiriladi va nutqiy nuksoni bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berishda ulardagi nuqson kay darajada ekanligi ham albatta hisobga olinadi.

Nutqiy nuqsonni to‘g‘ri aniqlash uchun bolaning psixik va nutqiy rivojlanishi bilan batafsil tanishish ishlari olib boriladi.



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling