Mavzu: “Mutaxassislik fanlari ” Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarni aniqlash va bartaraf etish usullari


Artikulyatsiya apparatni tuzilishi va


Download 146.28 Kb.
bet2/2
Sana25.03.2020
Hajmi146.28 Kb.
1   2

Artikulyatsiya apparatni tuzilishi va harakatchanligini tekshirish

Artikulyatsiya apparatni tekshirish asosan tovushlar talaffuzidagi nuqsonlarning sababi bo‘lgan artikulyatsiya a’zolarning tuzilishida ifodalangan kamchiliklarni aniqlashdan iborat. Artikulyatsiya apparatning tuzilishini tekshirishda kuyidagilarga:

lab ( qalin, yupka, labdagi yoriqlar)ga;

til (makroglosiya, tilning ingichka bo‘lishi, til tagidagi

yuganchaning kalta bo‘lishi)ga;

tanglay(chuqur, yassi, tor va yoriklar bo‘lishi)ga;


jag‘ (progeniya, prognatiya, prikuslar)ga e’tibor beriladi.

Artikulyatsiya apparat harakatchanligini tekshirish. Bunda artikulyatsiya apparatni harakatga keltiruvchi mashqlardan foydalaniladi.

Lab mashqlari:

-avval lablarni kulgi holatiga keltirish- yana tinch holatga keltirish

-lablarni oldinga chuchaytirish va yana tinch holatga qaytish.

Til mashqlari:

-tilni yuqori lab tomon ko‘tarish

- tilni og‘izga kirgizish.-tilni keng holda pastki lab ustiga qo‘yish, yuqori va pastki lablarni yalash.

Bu mashqlar bir necha martta takrorlana di.

Pastki jag‘ uchun mashqlar:

-og‘izni katta ochish ;

-og‘izni ochiq, holda besh soniya ushlab turish;

- patski jag‘ni o‘ng va chap tomonga harakatlantirish.

Mashqlar taqlidan va so‘z instruksiyasiga ko‘ra bajariladi.

Tovush talaffuzini tekshirish.

Bolalarni tovush talaffuz holatini kuzatuv va eksperemental metod asosida o‘rganiladi.

Shuningdek, har bir bola bilan individual tanishish jarayonida hujjatlar o‘rganiladi: bola rivojlanishi tarixi, tarbiyachi tavsivnomasi.

Bola bilan suhbat jarayonida bolaning nutqiy imkoniyatlari, faol lug‘ati darajasini egallashi bilan tanishiladi. Suhbat kundalik yumush mavzulari, syujetli rasmlar asosida gap tuzish, ketma-ket kelgan syujatli rasmlar asosida xikoya tuzishva hakazo asosida uyushtiriladi. Bolaning nutqiy rivojlanish darajasi aniqlangandan so‘ng, maxsus tanlangan eksperemental material asosida tekshiruvlarga utiladi. Bolalarni tovush talaffuzini tekshirishi quyidagi nutq tovushlarini o‘z ichiga oladi:

1) Unli tovushlar (a, o,u,e,i,u);

2) Sirg‘aluvchi, shovqinli va afrikat tovushlar


(s,z,sh,j,ch); .

3) sanor tovushlar (r,l,m,n,);

4) til orqa tovushlar (k, g, x);

5) chuqur til orqa tovushlar (k, g, x,);

6) jarangli va jarangsiz tovushlar ( p-b, t-d, k-g, f-v,s-z,).

Tekshirilayotgan tovushlar bor bo‘lgan so‘zlarni ifodolovchi maxsus tanlangan buyumlarga oid rasmlar tekshirish uchun material bo‘lib xizmat kiladi.

Rasmlarni tanlashda quyidagilar e’tiborga olinadi:

-maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning tushinishi uchun


mos bo‘lishi;

-rasmda tanlangan lavxa ijobiy qis tuyg‘gu uyg‘otishi;

-idrok kilinayotgan rasmning tarbiyaviy va ta’limiy ahamiyati;

-hayotiy vaziyatlar aks ettirilishi hisobga olinishi darkor.

Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni namoyon
bo‘lishi:

a) tovushni yo‘qligi;

b) tovushlarning almashtirilishi;

v)tovushlarning so‘zda mustahkam emasligi (tovush ba’zi so‘zlarda to‘g‘ri talaffuz etiladi, ba’zida esa boshqa tovushlar bilan almashtiriladi;

g) tovushni umuman buzib talaffuz etish

Makatabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni fonematik idrokini o‘rganish.

Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydigan talaffuz kamchiliklari ko‘pincha fonetik-fonematik nutq rivojlanmaganligi natijasi bo‘ladi.

Bola fonematik idrok yordamida tovushlarni talaffuzini, ularni bir-biridan farqini anglab yetadi va o‘zi ham shunday talaffuz eta boshlaydi.

Fonematik idrok rivojlanishidagi kamchiliklar, bola tomonidan tovushlarni noto‘g‘ri idrok etishga va natijada tovushlarni buzib talaffuz qilishga yoki boshka bir tovush bilan almashtirishga olib keladi. Bu bolalarda o‘z tengdoshlaridan farqli nutq tovushlarini talaffuzida, ularni so‘z ichida ajrata olishda, tovushlarni nutqda farqlashda kamchiliklar kuzatiladi.

Fonematik idrok-bolani tovush analitik-sintetik usul bo‘yicha savod o‘rgatishda muhim mezon hisoblanadi.

Yuqorida aytilgan fikrlardan kelib chiqib, tayyorlov
guruhi bolalarini fonematik idroki xususiyatlari o‘rganiladi.

Tekshirish davomida bolalardan quyidagi vazifalarni bajarish tavsiya etiladi:

1) So‘zlarda " a" unlisini eshitish. Bunda bolaga ari, asal, anor, par, zar, aziz kabi so‘zlar aytiladi. Bola esa agar unli "a" tovushini eshitsa chapak chalishi yoki bayroqcha kutarishi lozim.

Undosh "sh" tovushini so‘zlarda farqlash. Bunda bolalarga sham, sholg‘om, oysha, shim, qush, kabi so‘zlareshitsa chapak chalishi yeki bayroqcha ko‘tarishi kerak.

2) Artikulyatsiya jixatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan sa-­za, za-sa; sha-ja, ja-sha; sa-sha, sha-sa; ba-pa, pa-ba;da-ga, ga­da; ra-la, la-ra bug‘inlarini talaffuz (takrorlab) qilish .

3) Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bir- biridan bir


tovush bilan farq kiladigan so‘zlarni ajrata olmasliklari
bilan farqlanadilar, shuning uchun bolalarga bir tovush
bilan farq qiladigan so‘zlar beriladi.
Foydalanilgan asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar royxati

1.Ayupova M.Y. LogopediY. O’zbekiston faylasuflar Milliy jamiyati. T.: 2007 y.

2.Logopediya. (pod red. A.S.Volkovoy). M.: Vlados. 2003 g.

3.Muminova L., Ayupova M. Logopediya. T.: O’qituvchi 1993 y.



Qo’shimcha adabiyotlar

1.Efimenkova A.N. Formirovanie rechi shkolnikov: (deti s ONR) 2-e izd., pererab. M.: Prosveshenie, 1985 g.

2.Ermakova I.I. Korrektsiya rechi pri rinolalii u detey i podrostkov. M., 1984 g.

3.Ippolitova G.V. Otkritaya rinolaliY. M., 1983 g.

4.Kashe G.A. Podgotovka k shkole detey s nedorazvitiem rechi. Posobie dlya logopedov. M.: Prosveshenie, 1986 g.

5.Fomicheva T.B., Chirkina G.V. Logopedicheskaya rabota v spetsialnom detskom sadu. M.: Prosveshenie, 1987 g.

6.Xrestomatiya po logopedii. Vlados.: M.: 1997 g. 1 tom.

7.Xrestomatiya po logopedii. Vlados.:M.: 1997 g. 2 tom.

8.Shomaxmudova R.SH., Mo’minova L.R. Bolalar nutqidagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish. O’qituvchi. T.: 1993 y.

5-ilova


Guruhlarda ishlash qoidasi


  • SHerigingizni diqqat bilan tinglang.

  • Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga javobgarlik bilan yondashing.

  • Agar Sizga yordam kerak bo’lsa, albatta guruh a`zolariga murojaat qiling.

  • Agar Sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering.

  • Guruhlar faoliyati natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart!

  • SHuni aniq tushunmog’ingiz lozim:

  • Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rganamiz;

  • Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho’kib ketamiz.


6-ilova

Guruhlarning bilim va ko’nikmalarini baholash mezonlari

Topshiriqlar, baholash ko’rsatkichlari va mezonlari

1- guruh

2- guruh

3- guruh

Maksimal ball – 5










- savol to’liq yoritib berildi (3 ball)










- javoblar etarli darajada asoslab berildi (0,5 ball)










- guruh ishtirokchilarining faolligi (0,5 ball)










- berilgan savollarga javob berdi (0,5 ball)










- reglamentga rioya qildi (0,5)










Jami: (5 ball)









5 – ball - «a`lo»

4 - ball - «yaxshi»

3 - ball - «qoniqarli»

2 – ball - «qoniqarsiz»

7-ilova

Blits-so’rov” topshiriqlari.


  1. Logopediya so’zini izoxlab bering.

  2. Logopediyani fan sifatida ta`riflab bering.

  3. Logopediyaning predmeti, oob`ekti va ahamiyatini sharxlang.

  4. Logopediya fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

  5. Logopediya qaysi fanlar bilan bog’langan?

  6. Logopediyaning metodologik asoslarini sharxlang.

  7. Logopediya qaysi tamoyillarni o’z ichiga oladi?

  8. Logopediya fanining metodlarini yoriting.

Amaliy topshiriqlar.

  1. Logopediya fanining surdopedagogika, oligofrenopedagogika, tiflopedagogika fanlari bilan o’xshash va farqli tomonlarini aniqlang.

  2. Logopediya fan sifatida.

  3. Logopediya fanining amaliy ahamiyatini yoriting.

  4. Logoped shaxsiga qoyilgan talablarni aniqlang.

( izoh: mazkur topshiriq yozma amaliy ish sifatida yoziladi, bajarilgan ish taqdimoti o’tkaziladi topshiriladi.)

8-ilova

Venn”diagrammasi





Normal nutqiy rivojlanish jarayonida nutqni tashkil etuvchi komponentlarning tavsifi.

Nutqnnig rivojlanishi jarayoni hali tugalanmagan yoshda (2 yoshu 6 oy – 5 yosh) mutaxassis bola nutqida nimalar shaklanib bo‘lgan kerakligining nimalar endi rivojlanayotganligini, qaysi holatlar yaqin vaqt davomida umuman kuzatilmasligining chegerasini o‘rnatib ollishi kerak. Kichik yoshdagi bolaning nutqiy faoliyatini bunday tahlil qilish va baholashni normal nutqiy rivojlanishda bolalar nutqnnig shakllanishi haqidagi aniq ma’lumotlarga ega bo‘lmay turib amalga oishirb bo‘lmaydi.

Nutqning rivojlanishni lingvistik jihatdan chizg‘ichli shaklda quyidagicha tasvirlash mumkin: qiyqiriqlar – gugulash bo‘g‘inlarni talaffuz qilish so‘zlarni talaffuz qilish so‘z birikmalari gap bog‘langan nutq.


  • Qiyqiriqlar o‘z o‘zidan yuz beradi tug‘ilgandan 2 oylikka qadar:

  • Gugulash o‘z o‘zidan yuz bermaydi, uning namoyon bo‘lishi bolaning kattalar bilan muloqati bilan bog‘liqdir – 2 oydan 5 – 7 oygacha:

  • Bo‘g‘inlarni talaffuz qilish uning davomiyligi 16 – 20 haftalikdan 30 haftallika qadar (4 – 7,5 oylik).

  • So‘zlarni talaffuz qilish – so‘zlardan foydalanish bo‘g‘inlarni talaffuz qilish bilan hamkorlikda davom etadi. 11,12 oylik:

  • So‘z birikmalarning talaffuz qilinishi ikki va uch bo‘g‘inli so‘zlarni o‘zlashtirib olgach yuz beradi 1 yoyoshu 7 oylikdan 1 yoshu 9 oyllikka qadar:

  • Gaplarni qo‘llash ko‘rgazmali ayni vaziyat sharoitida 2 yoshdan, 2 yoshu 6 oylikdan – qayerda, qayerga, 3 yoshdan – nimaga qachon savollarini bera boshlaydi.

  • Bog‘langan nutq 3 yoshdan boshlab qisqa hikoyalarni hikoya qilish she’rlar ashulalar yodlash orqali namoyon bo‘ladi, asta – sekinlik bilan rasmlar asosida mustaiql ravishda hikoyalar tuzishga o‘tiladi, o‘yinchoqlar tasvirlanadi 4 yoshdan boshlab 5 yoshdan kontekst nutq elementlarini egallaydi. Besh yoshdagi bolalar nutqining tuzilish komponentlariga chuqurroq to‘xtalib o‘tamiz.

1.Iborali nutq.

Sodda keng tarqalgan gaplar, murakkab bog‘liqlikdagi 10 ta so‘zdan iborat bo‘lgan gaplarni qo‘llay oladilar.

2.Nutqni tushunish.

O‘zlariga qaratilgan nutqning ma’nosini tushunadilar, atrofdagilar nutqni e’tibor bilan tinglay oladilar.

3.Lug‘at boyligi.

Hajmi 3000 gacha bo‘lgan so‘z umulashtiruvchi tushunchalar (idish – tovoqlar, qiyim, mebel kabi) hosil bo‘ladi. Sifatni predmetlarning belgilari va sifatini ko‘p fo‘llaydilar: otlangan sifatlar bola nutqida hosil bo‘ladi.

4.Nutqning grammatik tuzilishi.

Ot va sifatlarni son va kelishik qo‘shimchalari jihatidan, ot va sonlarni moslay oladilar, so‘zlarni shaxsan jihatdan tuslay oladilar:

5.Tovushlarning talaffuz.

Tovshularni o‘zlashtirish jarayoni tugalanadi, nutq umuman olganda sof va aniq bo‘ladi so‘zlarni tovshular bilan to‘ldirish boyitish qofsiya tanishga qiziqish oratdi.

6.Fonematik idrok.

Fonematik eshituv yetarli darajada yaxshi rivojlangan sim – shim, tor – tur kabi so‘zlarni ajrata oladi; topshirilgan tovushni so‘zda mavjud yoki yo‘qligini aniqlay oladilar; so‘zdagi oxirgi va birinchi tovshuni ajratib beradilar, ma’lum tovushga so‘z topa oladilar; nutqning tempi, tebri va ovoz balandligini farqlaydilar. Lekin, so‘zni yuqori darajada analiz va sintez qilish maxsus o‘qitishsiz rivojlanmaydi.

7.Bog‘langan nutq.

Tanish ertak, qisqa matn (shakl marta, o‘qib berilgan) ni gapirib bera oladilar, she’rlarni ifodali o‘qiydilar; rasm va syujetli rasmlar asosida hikoya tuza oladilar; ko‘rgan va eshitganlari haqida to‘liq hikoya qilib bera oladilar; baxslashidilar, mulohaza yuritadilar, o‘z fikrlarini himoya qiladilar, do‘stlarini ishontiradilar.

Shartli etalonning asosiy vazifalari – tekshirish natijasida aniqlangan nutq holatini normadagi shartli etalon ma’lumotlari bilan solishtirish natijasida bolaning nuqsonli nutqi fazasini belgilash va unda til komponentlarining shakllanganlik darajasini baholash imkoniyati yaratiladi.

5-ilova

Kim chaqqon” strategiyasi

Guruhga bir xil javob kartochkalari tarqatiladi. O’qituvchi tomonidan esa savollar o’qib turiladi. Har bir savoldan so’ng guruh a`zolari tezlik bilan shu savolga tegishli javob kartochkasini ko’taradilar. Birinchi javob kartochkasini ko’targan guruhga rag’bat kartochkasi beriladi. Oyin yakunida rag’bat kartochkalari xisoblanib, guruhlarga o’rinlar belgilanadi.

9-ilova

Savolli kartochkalar


№1. Tovushlar talaffuzi holatini tekshirish.




№2. Nutqning grammatik tomonini tekshirish.




№3. Bolalarda bog’langan nutq holatini tekshirish.




№4. Nutqiy bo’lmagan psixik funktsiyalarni tekshirish.




№5. Artikulyatsion apparat a`zolarining holatini va harakatchanligini tekshirish.

10-ilova

Tovushlarni nutqga qoyishda foydalaniladigan zontlarning ahamiyati haqida ma`lumot to’plang.

Fonematik idrokni holati:

-fonematik idrokning normal rivojlanishi;

-tovush talaffuzi va fonematik idrok kamchiliklari;

-tovush talaffuzi normada, fonematik idrokning rivojlanmaganligi;

-tovushlar talaffuzida kamchilik bo‘lgan, ammo fonematik
idrok normada.

Tovush tahlil-tarkib xususiyatlarini o‘rganish.

Bolaning barcha nutq tovushlarini eshita olish, to‘g‘ri talaffuz qilish, so‘z ichidan tovushni anglay olish, ajratish, so‘zlardagi tovushlarni ketma-ketligini aniqlay olish ta’lim uchun zarur ko‘nikma va malakalar hisoblanadi. Bolalarni analitik-sintetik tovush metodi bo‘yicha savod o‘rgatish jarayonida yuqoridagi ko‘nikma va malakalar muhim axamiyat kasb etadi.

Bolalarni tovush tahlil va tarkib metodi bilan savod o‘rgatish uchun tovush tahlilini rivojlantirishni muhimligini hisobga olib tayyorlov guruhi bolalarini tovush tahlil-tarkib hususiyatlarini o‘rganiladi.

Tovush tahlil va tarkibni rrganishda biz, L.E.Jurova va
D.B.Elkoninaning, tovush tahlilidada muhim so‘zni hosil kiluvchi tovushlarning o‘zaro munosabati, bog‘liqligini aniqlash, ya’ni so‘zda tovushlar o‘rni, soni, ketma-ketligini aniqlashni hisobga olgan holda yondoshdik.

T ovush tahlil-tarkib malakalarini o‘rganish uchun bolalarga tanish bo‘lgan so‘zlardan, rasmlardan foydalaniladi.

Bolalarga quyidagi topshirislarni taklif silinadi.

1) unli va undosh tovushlarni so‘z boshida aniqlash ; °

2) unli va undosh tovushlarni so‘z ohirida aniqlash ;

3) berilgan tovushga rasm tanlash;

4) berilgan tovushga so‘z topish;

5) tovushning so‘zdagi ketma-ketligini aniqlash: masalan so‘zda nechta tovush bor.

Shuningdek, biz bolalarni so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish malakalarini ham o‘rganishni maqsadga muvofiq deb bildik.

So‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish holati:

-bola birinchi topshiriqdanoq vazifani to‘g‘ri va tez bajara oldi;

-bola vazifani logopedning yordami bilan qiynalib bajardi.

-bola vazifani bajara olmasligiga, ko‘ra tavsiflanadi.





Download 146.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling