Mavzu: Nafas olish azolarini tekshirish usullari
Nafas organlari haqida qisqacha anatomik-fiziologik ma’lumotlar.Nafas organlariga burun yo‘llari xiqildoq, traxeya, bronxlar,o‘pkani o‘z ichiga oladi,o‘pka yupqa elastik biriktiruvchi to‘qima pardasi plevra bilan qoplanib, o‘ralgan bo‘ladi. O‘ng o‘pka 3 bo`lakdan chap o‘pka 2 bo‘lakdan tashkil topgan. O‘pkaning pastgi yuzasi ko‘krak bilan qorin o‘rtasidagi to‘siq -diafragmaga taqalib turadi. O‘pka muhim organ bo‘lib, qon aylanishi ham unga bog‘liq bo‘ladi: o‘pka arteriyasi, yurakning ong qorinchasidan chiqqanidan keyin o‘pkada juda ham katta kapilyarlar to‘rini hosil qiladi. O‘pkaning eng muhim vazifalaridan biri bu-gazlar almashuvi protsessida qatnashadi. O‘pka tuqimasi zararlanishi bilan o‘tadigan o‘pka kasalliklarida nafas funksiyasi izdan chiqishi bilan bir qatorda qon aylanishida ham jiddiypotologik o‘zgarishlar ro`y berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |