Mavzu: Naflik va chekli naflik, chekli naflikning kamayish qonuni


chekli naflikning kamayish qonuni


Download 21.13 Kb.
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi21.13 Kb.
#1070202
1   2
Bog'liq
naflik

chekli naflikning kamayish qonunideyiladi.
Matematik tilda bu naflik funktsiyasining ikkinchi tartibli hosilasi noldan kichik degani: .Talabni aniqlashning asosida chekli nafligining kamayish qonuni yotadi. Ma’lumki, iste’molchi uchun ne’matning chekli nafligi kamayib boradi va ishlab chiqaruvchilar qo’shimcha birlik mahsulot sotishlari uchun ne’mat narxini pasaytirishlari kerak bo’ladi. Umumiy naflik bilan chekli naflikning o’zgarishi quyidagi rasmda keltirilgan.
Umumiy naflik va chekli naflikning o’zgarishi.
ne’mat miqdori ning oshishiga, umumiy naflik ning oshishi to’g’ri keladi. Ne’mat miqdori oshganda umumiy naf oshgani bilan, chekli naf (- har bir qo’shimcha birlik ne’matning nafi) kamayib boradi. Maksimal naflik nuqtada erishilganda, bu nuqtada chekli naflik nolga teng bo’ladi. Iste’molchining eng yaxshi iste’mol ne’matlar majmuini tanlashini, ne’matlar turi ikkita bo’lgan hol uchun qaraymiz. Umuman olganda bu tahlilni keskin darajada cheklamaydi.
CHekli almashtirish normasi. Befarqlik egri chizig’ining pastga tomon yotiqligi ne’matni ne’mat bilan chekli almashtirish normasini ifodalaydi. CHekli almashtirish normasi odatda bilan belgilanadi.
CHekli almashtirish normasi ning miqdori gorizontal o’q bo’yicha ifodalangan ne’matning bir birligi uchun, vertikal o’q bo’yicha ifodalangan ne’matning qancha miqdoridan voz kechish mumkinligini ko’rsatadi.
CHekli almashtirish normasi.
Daromad samarasi va uning iste’molchi talabiga ta’siri.Iste’molchi bozorda o’ziga ma’qul bo’lgan ishni qiladi. Ammo uning harakatini cheklaydigan omillar ham bor.Bu uning daromadi, xarid qobilyati va bozor narxidir. U hamyoniga qarab o’zining talab – ehtiyojini imkoni boricha ko’proq qondiradigan tovarlarni xarid qiladi. Iste’molchining nimani afzal ko’rishi birinchi navbatda uning daromadiga, ya’ni xarid qobilyatiga bog’liq.
Xaridor say xarakatining umumiy qoidasi bor: cheklangan daromad sharoitida tovarlar xaridi xaridorga eng yuqori darajada nafli bo’lishi shart.O’z didiga binoan xaridor tovarni xush ko’radi yoki qadrlamaydi, binobarin, narx past bo’lgani bilan tovar xarid qilinmasligi yoki narx yuqori bo’lgani holda baribir sotib olinishi mumkin. Tovar arzon bo’lgani bilan puli yo’q odam unga talab bildirmaydi.Aksincha, tovar qimmat bo’lsada, puldor odam uni sotib olishi mumkin, shu o’rinda bir maqolni keltirish o’rinli: “tuya bir tanga, qani bir tanga, tuya ming tanga mana ming tanga”.
Daromadning xarid qobilyatiga ta’siri daromad samarasi deyiladi.Narxning ortishi daromad samarasini pasaytiradi va aksincha, tovarning arzonlashuvi uning samarasini oshiradi. Gap shundaki, turli narx sharoitida muayyan daromadning xarid qobilyati har xil bo’ladi.Masalan, tufli 400 so’m bo’lsa, 1200 so’mlik pulga undan 3 tasini olish mumkin. Agar u arzonlashib 300 so’mga tushsa. Undan 4 tasini olish mumkin. Bunda daromadning xarid qobilyati 33,3 foizga o’sgan bo’ladi.Agar tufli narxi 600 so’mga chiqsa , daromadga undan 2 tasini beradi, endi xarid qobilyati pasaygan bo’ladi.
Daromaddan tashqari talabga ta’sir ko’rsatadigan omillardan biri o’rinbosar tovarlarning borligi yoki yo’qligi, ularning arzon yoki qimmatligidir.
Muayyan tovarga talab o’rinbosar tovarlar narxiga teskari mutanosiblikda o’zgaradi.
Masalan: Avtomashina arzon bo’lsa, ko’p miniladi, benzin, moy va ehtiyot qismlarga talabni oshiradi.
Bozor sigmentatsiyasi tushunchasi va tahliliBozorning eng muhim belgisi shundan iboratki, tovar ishlab chiqaruvchi o’z manfaati yo’lida harakat qilib, oqibatda boshqalar farovonligiga ta’sir ko’rsatadi. Bozorning qay darajada rivojlanganligini uning hajmi belgilaydi. Mehnat taqsimoti naqadar chuqur bo’lsa, bozor xajmi ham shunga muvofiq ortib boradi. Bozor hajmi oldi-sotdi miqdori ya’ni, tovar oborotining hajmi bilan o’lchanadi. Bu esa ayrboshlanadigan tovar va xizmatlar miqdoriga, ularning har birining narxiga bog’liq bo’ladi. Narx o’zgarmagan taqdirda, bozor hajmiining ortib borishi ishlab chiqarishning yuksalishiga mos keladi, iqtisodiy o’sishni anglatadi.
Download 21.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling