Mavzu: namlik va bulutlik va ularning iqlim shakllanishidagi roli reja
Download 6.34 Kb.
|
NAMLIK VA BULUTLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Endi ularning har birini qarab chiqamiz
- E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
MAVZU: NAMLIK VA BULUTLIK VA ULARNING IQLIM SHAKLLANISHIDAGI ROLIReja:1.Iqlim shakllanishiniong asosiy omillari.2.Namlikning iqlim shakllanishidagi roli.3.Bulutlarning iqlim shakllanishidagi o`rni.Ma’lumki, butun yer sirtining 70 foizcha qismini suv qoplagan. Atmosferada mavjud suv bug‘ining asosiy qismi okean va dengizlarning bug‘lanishidan hosil bo‘ladi. Кo‘llar, daryolar, suv havzalari, nam tuproq va o‘simliklarning bug‘lanishidan ham atmosferaga ancha miqdordagi suv bug‘i o‘tadi. Qor qoplami va muzliklarning bug‘lanishi juda kam darajada bo‘ladi. Bu misollardan ko‘rinadiki, bug‘lanuvchi sirt turiga qarab bug‘lanish har xil jadallikda o‘tadi. Bir joyning o‘zida ham bug‘lanish haroratga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi.Atmosferada uzluksiz ravishda bug‘lanishga teskari jarayon suv bug‘ining havodan suvga, tuproqqa, o‘simlik, qor va muz qoplamlariga o‘tishi ham ro‘y berib turadi. Agar ajralib chiquvchi suv molekulalarining soni, qaytuvchi suv molekulalari sonidan oshiq bo‘lsa, natijaviy jarayon bug‘lanish bo‘ladi.Atmosferada uzluksiz ravishda bug‘lanishga teskari jarayon suv bug‘ining havodan suvga, tuproqqa, o‘simlik, qor va muz qoplamlariga o‘tishi ham ro‘y berib turadi. Agar ajralib chiquvchi suv molekulalarining soni, qaytuvchi suv molekulalari sonidan oshiq bo‘lsa, natijaviy jarayon bug‘lanish bo‘ladi. Havodagi suv bug‘ining miqdori joyning fizik-geografik sharoitlariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Bundan tashqari havodagi suv bug‘ining miqdori yil fasllariga, sutka vaqtiga va ob-havo sharoitlariga bog‘liq. Shuning uchun ham havodagi suv bug‘ining miqdori ham o‘zgaruvchandir. Harorat 00S bo‘lganda suvning tekis sirti ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi 6,1 gPa ga, 100S da esa 12,3 gPa ga, 200S da 23,4 gPa ga, 300S da 42,4 gPa ga teng bo‘ladi. Bu misollardan ko‘rinadiki, harorat oshgan sari havo tobora ko‘p suv bug‘ini saqlay oladi.Musbat haroratlarda distirlangan suvning tekis sirti ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi faqat haroratga bog‘liq. Manfiy haroratlarda esa u yana bug‘lanayotgan sirtning qanday (o‘ta sovigan bug‘ yoki muz) holatda ekanligiga bog‘liq.Biror haroratda muz ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi, xuddi shu haroratdagi o‘ta sovigan suv ustidagi to‘yingan bug‘ bosimidan kichik. Masalan, harorat –50S bo‘lganda o‘ta sovigan suv ustidagi bug‘ bosimi 4,21 gPa, muz ustidagi bug‘ bosimi esa 4,01 gPa ga teng. Demak, suv ustidagi bug‘ning to‘yinishi, muz ustidagi to‘yinishga qaraganda ko‘proq bosimda boshlanadi.Havodagi suv bug‘ining miqdoriga havo namligi deyiladi. Havoning namligi suv bug‘ining parsial bosimi, to‘yingan bug‘ bosimi, absolyut namlik, havoning nisbiy namligi, to‘yinish etishmovchiligi, shudring nuqtasi kabi kattaliklar bilan tavsiflanadi.Endi ularning har birini qarab chiqamiz:1.Suv bug‘ining parsial bosimi (elastikligi) e deb – berilgan haroratda havo tarkibidagi suv bug‘ining faqat o‘zi, havo hajmiga teng hajmni egallaganida hosil qiladigan bosimiga aytiladi. Suv bug‘ining parsial bosimi oldin aytganimizdek gPa birlikda o‘lchanadi.2.To‘yingan suv bug‘ining bosimi E – berilgan haroratda suv bug‘ining mumkin bo‘lgan eng katta parsial bosimi (elastikligi) dan iborat va u ham gPa birlikda ifodalanadi.3.Absolyut namlik α deb – havoning hajm birligidagi suv bug‘ining massasiga aytiladi. Havoning absolyut namligi g/m3 birlikda ifodalanadi.Psixrometr 2 ta bir xil bir-biriga yaqin o‘rnatilgan termometrlardan tashkil topgan. O‘ng tomondagi termometrning rezervuarini batist materiali bilan o‘ralgan va batistning ikkinchi uchini suvli idishga tushirilib qo‘yilgan, chap tomondagi termometr «quruq» deb atalib, u atrofdagi havo haroratini ko‘rsatadi. O‘ng tomondagi termometr rezervuarini batist bilan o‘ralib, batistning ikkinchi uchini suvli idishga tushirilib qo‘yilganligi uchun «ho‘llangan» termometr deb ataladi.Ho‘llangan termometr rezervuari sirtida bo‘ladigan bug‘lanish jadalligi atrofdagi havoning namligiga bog‘liq. Havo qanchalik quruq bo‘lsa, batist orqali suvning bug‘lanishi shunchalik tez boradi va ho‘llangan termometr ko‘rsatishi quruq termometr ko‘rsatishidan shunchalik past bo‘ladi. Demak, quruq va ho‘llangan termometrlar ko‘rsatishlarining farqi havo namligini xarakterlaydi.Stansion psixrometr meteorologik maydondagi psixrometrik budkada maxsus shtativga tik (vertikal) holatda bir-biriga yaqin joylashtirilgan ikkita bir xil psixrometrik termometrdan tashkil topgan.E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!Download 6.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling