Narx qaysi bozorda amal qilishi, kimga moʻljallanganligi va qaysi maqsadni koʻzlashiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi.
Narxlar farqining miqdoriy ifodasi narx diapazoni deyiladi. Narx diapazoni narxlar oraligʻining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi, oʻrta va yuqori narxlarni oʻz ichiga oladi. Bu diapazon qanchalik katta boʻlsa, tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, talab bilan narxoʻzaro bogʻlanadi. Iqtiso-diyot birbiriga bogʻliq va yagona boʻlga-nidan turli tovarlar va xizmatlar narxlari birbirini yuzaga chikaradi, toʻldiradi va oʻzaro taʼsir koʻrsatadi. Ularning har biri oʻzi bilan bogʻliq keyingi mahsulot harajatlarini shakllantiradi. Koʻpgina sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurlar (metall, neft, kumir, gaz, yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi tovarlar) narxining oʻzgarishi bozordagi jami narxlar nisbatiga taʼsir koʻrsatadi.Narxga ta'sir etuvchi eng qulay omil bu monopoliyadir.Monopolist korxona narxni xohlagancha o'ynatishi mumkin.
http://azkurs.org
Do'stlaringiz bilan baham: |