Mavzu: Nasos stansiyalarining klassifiksatsiyasi va sxemalari
Download 0.51 Mb.
|
Nasos stansiyalsrining klassifikatsiyasi va sxemalari
Suv tayyorlash inshootlari bo‘lmagan tizimlardagi I ko‘tarish nasos stansiyasining uzatishini suv bir tekis iste’mol qilinganida bir soatdagi o‘rtacha suv iste’moliga teng deb olinadi (QA = Qo’rt soat). Agar bir sutka davomidagi suv iste’moli notekis bo‘lsa, bu holda muvofiqlashtiruvchi idishlar mavjud bo‘lmaganida nasos stansiyasining uzatishi bir soatdagi maksimal suv iste’moliga (QA = Qsut max), muvofiqlashtiruvchi idish bo‘lganida esa — bir soatdagi o‘rtacha suv iste’moliga teng (QA = Qo’rt soat) deb qabul qilinadi.II ko‘tarish nasos stansiyalari ko‘pincha shaharlarda, kamroq sanoat korxonalarida quriladi. Bunday nasos stansiyalari yordamida suvni tozalash inshootlari tarkibiga kirgan toza suv rezervuarlaridan suv shahar yoki sanoat korxonasining tarqatish suv tarmog‘iga etkazib beriladi. Ba’zi hollarda, II ko‘tarish nasos stansiyalari I ko‘tarish stansiyalari bilan birlashtirilishi ham mumkin.II ko‘tarish nasos stansiyalari ko‘pincha shaharlarda, kamroq sanoat korxonalarida quriladi. Bunday nasos stansiyalari yordamida suvni tozalash inshootlari tarkibiga kirgan toza suv rezervuarlaridan suv shahar yoki sanoat korxonasining tarqatish suv tarmog‘iga etkazib beriladi. Ba’zi hollarda, II ko‘tarish nasos stansiyalari I ko‘tarish stansiyalari bilan birlashtirilishi ham mumkin.II ko‘tarish nasos stansiyalarining uzatishi notekis bo‘lib, suv iste’mol jadvali bilan belgilanadi, shu sababli bunday nasos stansiyasining ishi davomida, uning uzatishini alohida nasos agregatlarini grafikka binoan yoqish va o‘chirish, dam quvuridagi to‘sqichning ochilish darajasini o‘zgartirish, yoki nasos agregatiga ulanadigan chastota o‘zgartirgich orqali nasos ishchi g‘ildiragi aylanish chastotasini rostlash bilan tartibga solinadi.Xo‘jalik-ichimlik suv tarmoqlarining II ko‘tarish nasos stansiyalari, odatda, bir sutka davomida bir maromda ishlamaydilar (notekis). Ana shu sabab tufayli suv keltirish xarajatlarini kamaytirish maqsadida II ko‘tarish nasos stansiyasining suv uzatish grafigini suv iste’mol grafigiga imkon qadar yaqinlashtirishga harakat qiladilar. Bu maqsadga erishishning eng tejamkor va ishonchli usullaridan biri suv ta’minot tizimi tarkibiga bir yoki bir necha suv ko‘tarish minorasini (dam rezervuarlarini) kiritishdan iborat.Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling