Mavzu: Navoiy hayoti va ijodi. G`azallar tahlili
Download 215 Kb.
|
8-sinf adabiyot 2-chorak
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSAMMAN VA MUASHSHAR
Savol va topshiriqlar
1. «Firoqnoma»ning janrini aniqlang. bu turning ov.iga xos band. qofiya va radiftizimini tushuntirib bering. 2. Asarning bosh mav/u xo‘nalishini belgilang. 3. Har bir bandning mustaqil badiiy qurilmasi, ohangdorlik tizimi haqida so‘zlang. 4. Asardagi radifli va radifsiz bancllarni ajrating, radifning bandlar ohangi vata’sirchanligini kuchaytirishdagi oTm’ni tushuntirib hcring. MUSAMMAN VA MUASHSHAR Musammatlar yaratilish xususiyatiga ko‘ra, avvalo, ikkiga bo‘linadi: l. Mustaqil (tab’i xud) musammatlar. 2. Tazmin (biror g‘azal asosida – zaminida yaratilgan) musammatlar. Musammatlarni bandlardagi misralarning soniga qarab ham bir necha turga ajratish mumkin: 1. Musallas (har bandi uch misradan tashkil topgan) musammatlar. 2. Murabba’ (har bandi to‘rt misradan tashkil topgan) musammatlar. 3. Muxammas (har bandi besh misradan tashkil topgan) musammatlar. 4. Musaddas (har bandi olti misradan tashkil topgan) musammatlar. 5. Musabba’ (har bandi yetti misradan tashkil topgan) musammatlar. 6. Musamman (har bandi sakkiz misradan tashkil topgan) musammatlar. 7. Mustasne’ yoki tasne’ (har bandi to‘qqiz misradan tashkil topgan) musammatlar. 8. Muashshar yoki mashru’ (har bandi o‘n misradan tashkil topgan) musammatlar. Musammatlar qofiya tizimi ham to‘rtga bo‘linadi: 1. Musammatlar, xuddi g‘azal kabi, qat’iy qofiya tizimiga amal qilishni talab etadi, ya’ni birinchi bandning barcha misralari o‘zaro qofiyalanib, keyingi bandlarning faqat oxirgi satrlari birinchi bandga (masalan, musamman musammatda: a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-a, d-d-d-d-d-d-d-a va hokazo tarzda) qofiyalanadi. 2. Musammatlarning ikkinchi bir turida keyingi bandlarning oxirgi bir emas, ikki misrasi birinchi band qofiyasiga (masalan, musamman musammatda: a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-a-a, d-d-d-d-d-d-a-a va hokazo tarzda) ohangdosh bo‘ladi. 3. Musammatlarning shunday turi ham borki, unda oxirgi ikki misra barcha bandlarda aynan – naqarot kabi takrorlanadi. Masalan, Zokirjon Furqatning jami yetti bandli «Sayding qo‘ya ber, sayyod...» musaddasi shunday. Ya’ni uning birinchi bandi a-a-a-a-a-a tarzida qofiyalangan. Keyingi olti bandning dastlabki to‘rt misrasi b-b-b-b, d-d-d-d, f-f-f-f, g-g-g-g, h-h-h-h, i-i-i-i tarzida qofiyalangan. Lekin oxirgi ikki, ya’ni beshinchi va oltinchi misralar aynan -naqarot tarzida takrorlanib keladi. Shu jihati bilan bu musammatning a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-a-a, d-d-d-d-a-a va hokazo tarzda qofiyalanadigan turidan farq qiladi. 4. Musammatning yana bir turi bor. Bunda birinchi bandning barcha misralari bir qofiyaga bo‘ysundirilmagan bo‘ladi. Masalan, Nodiraning darsda ko‘rib o‘tilgan birinchi bandi a-a-a-a-a-a-a-a-b-b tarzida qofiyalangan muashshari shunday. Asar jami o‘n banddan iborat. Ko‘rganingizdek, uning keyingi bandlari dastlabki sakkiz misrasi b-b-b-b-b-b-b-b, d-d-d-d-d-d-d-d, f-f-f-f-f-f-f-f va hokazo tarzda qofiyalanib keladi-da, to‘qqizinchi va o‘ninchi misralar sifatida birinchi bandning oxiridagi ikki misra aynan – naqarot tarzida takrorlanadi.
Download 215 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling