Mavzu. “Navro‘z” bayrami an’analari. Oilaviy marosimlar tadriji Reja
Download 81 Kb.
|
“Navro‘z”
Yomg‘ir yog‘dirish marosimlari – Bahorda o‘tuvchi mavsumiy marosimlar tizimida yil qurg‘oqchilik kelgan mavsumlarda o‘tuvchi yomg‘ir chaqirish bilan bog‘lik Sust xotin, Sut xotin, So‘z xotin, Sel xotin, Suv xotin, Chala xotin, Ko‘sam-ko‘sam, Chayla qazon deb nomlanuvchi marosimlar yomg‘ir yog‘dirish marosimlarini tashkil etadi. Keltirilgan atamalar mohiyatan bir marosimning turli hududlarda aytiluvchi o‘ziga xos nomlanishidir. Masalan, “Sust xotin” marosimi quyidagi tartibda o‘tgan. Qurg‘oqchilik davri yosh-yalanglar yig‘ilib bir bolani eshakka chappa o‘tqazib, qo‘liga suv to‘la kadi ushlatib, yoniga ikki toshbaqani oyog‘idan bog‘lab osib qo‘yishgan va uyma-uy olib yurishgan. Bola biror uy oldiga kelsa: “Voy, jonim! Kuydim-ey! Kuydim-ey!” – deb qichqirgan. Uy egalari uning ustiga suv quyishgan. Yigitlar:
Havo yohmas bo‘larmi, Tomchi tommas bo‘larmi, Saksondagi kampirlarni, Suv oqizmas bo‘larmi, Sust xotin-o, sust xotin, Ko‘ylaklari bo‘z xotin... deb qo‘shiq kuylashgan. Xonadon egalari yigitlarga turli tortiqlar berishgan. “Sust xotin” marosimida bir xodaning teppa qismiga cho‘p bog‘lab, ayol kiyimini kiydirib, “Sust xotin” qo‘shig‘ini kuylab, yetti uyga olib borishgan. Xonadonlardan yig‘ilgan bo‘g‘doy un qilinib maxsus taom tayyorlangan. “Sel xotin” marosimida boshiga g‘alvir kiygan uch xotin qo‘shiq aytib xonadonma-xanodon yurishgan. Chala xotin, Ko‘sam-ko‘sam, Chayla qazon marosimlarida ham xotin obrazi asosiy o‘rin egallaydi. “Sust xotin” marosimlari qadim ajdodlarimizning “osmon suvlari”, yog‘in-sochin egasi sifatida qaralgan Tishtriya yulduzi kulti bilan bog‘liq marosimlarning aks-sadosi sifatida baholanadi. Download 81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling