Mavzu. Naxd pulsiz pul aylanmasi Reja


Pul muomalasi qonuni va uning mohiyati


Download 29.8 Kb.
bet2/2
Sana10.11.2023
Hajmi29.8 Kb.
#1765467
1   2
Bog'liq
Naxd pulsiz pul aylanmasi

8.2. Pul muomalasi qonuni va uning mohiyati
Pul muоmalasi – bu pullarning mamlakatning ichki iqtisоdiy aylanishi, tashqi iqtisоdiy alоqalar tizimidagi, tоvarlar va хizmatlarning sоtilishiga, shuningdek, uy хo’jaligidagi tоvarsiz to’lоvlarga хizmat ko’rsatadigan naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi harakatidir. Tоvar ishlab chiqarish pul muоmalasining оb`ektiv negizi bo’lib, undagi tоvar оlami tоvarlarning ikki turiga: tоvarlarning o’ziga va tоvar-pullarga bo’linadi. Naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pullar yordamida tоvarlar, shuningdek, ssuda va fiktiv kapitallarning muоmalasi jarayoni amalga оshiriladi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan. Tovar muomilasini taminlash pul miqdoriga ko’p jihatdan bog’liq.

Pul muomilasi qonuni - muomila uchun zarur bo’lgan pul miqdorini belgilaydigan, tovar-pul munosabatlarini o’zida aks ettiradigan qonundir. Bu qonunga ko’ra muomila davrida muomilaga zarur bo’lgan pul miqdori barcha tovarlar summasiga to’g’ri proporcional pul aylanishi tezligiga teskari proporcional o’zgaradi.


Xozirgi sharoitda muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdoriga quyidagi omillar ta’sir etadi.
1. Sotiladigan tovarlar miqdori (ko’p bo’lsa ko’p va aksincha).
2. Tovarlarni baho darajasi (yuqori bo’lsa ko’p va aksincha).
3. Kreditni rivojlanish darajasi (rivojlangan bo’lsa naqd pul kam talab etiladi).
4. Naqd pulsiz xisob kitoblarni rivojlanish darajasi.
5. Pulni aylanish tezligi.
Muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdorini yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda quyidagi formulada ifodalash mumin.
Bunda: MUZBPM – muomila uchun zarur bo’lgan pul miqdori
STVXM – sotiladigan tovar va xizmatlar miqdori
ShKVNPXKB – shundan kreditga va naqd pulsiz hisob – kitoblar bo’yicha
MBTM – majburiyatlar bo’yicha to’lovlar miqdori ShBBKTM – shundan bir – birini qoplaydigan to’lovlar miqdori PMVTVSO’AT – pulning muomila va to’lov vositasi sifatida o’rtacha aylanish tezligi.
Shunday qilib, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog’liq bo`lgan turli xil omillar ta`sir ko`rsatadi.
Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga ta`sir ko`rsatuvchi asosiy omil - bu tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga to`g’ri proportcional, ya`ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi muomalaga ko`p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta`sir qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta`sir ko`rsatadi. Odatda, pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha.
Muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdorini aniqlashda kassa aylanmasi xomcho’ti hamda aholi daromadlari va xarajatlari balansidan ham keng foydalaniladi.
Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish muhimdir.
Bular:- iste`mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko`p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo`ladi;
- naqd pulsiz hisob- itoblarning rivojlanishi;
- pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar
Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda ish yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur etkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar bahosidan oshib ketishi, ya`ni inflyatsiya bo`lishiga yoki pul tanqisligiga (yetishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va qonuniyatlari ikki omilning o`zaro ta`siri bilan, ya`ni xo`jalikning pulga bo`lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi.
Amaliyotda ko`proq uchraydigan xol bu aylanmada xo`jalikka kerak bo`lganidan ko`proq pulning bo`lishidir. Bu, albatta, pulning qadrsizlanishiga - pul birligi xarid qobiliyatining tushishiga olib keladi.
Nazorat savollari:
1. Naqd pul aylanishining mohiyati va xususiyatlari nimada?
2. Naqd pul aylanishi sub’yektlarini tushuntiring.
3. Naqd pullarni bank kassalariga qaytib tushishidagi o’zgarishlar nimalar bilan bog’liq?
4. Pul muomalasi qonunining mazmun mohiyatini tushuntiring.
Download 29.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling