Mavzu: Nazarbek sanatoriyasi


Download 0.6 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi0.6 Mb.
#1056809
Bog'liq
nazarbek sanatoriyasi

Mavzu: Nazarbek sanatoriyasi

“Nazarbek” sanatoriysi Toshkent viloyati Zangiota tumanining sharqiy va janubiy chekkalaridan birida joylashgan bo‘lib, 1999-yilda tashkil etilgan. Sanatoriyga kelgan har bir dam oluvchi tajribali shifokorlarimiz tomonidan sinchiklab ko‘rikdan o‘tkazilib, aniq tashxis asosida kompleks davolash usullari belgilab olinmoqda.

Sanatoriyda davolanishning asosini 1780 metr chuqurlikdan keladigan zaif ishqoriy, minerallashgan, yuqori termal (78-80) mineral suvlar tashkil etadi. Sanatoriyda shifobaxsh loy bilan davolash keng tarqalgan. Bundan tashqari, sog'lomlashtirish markazida elektroterapiyaning o'ndan ortiq turlari qo'llaniladi.

Shuningdek, turli giyohlardan dorivor infuziyalar tayyorlaydigan fitobar ham dam oluvchilar xizmatida. Dam olish maskanida massaj xonalari mavjud. Sanatoriy oshxonasida tajribali oshpazlar dam oluvchilarimiz uchun uchta mazali parhez taom tayyorlamoqda.

«Nazarbek» sanatoriyasi 200 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, unda 1 va 2 kishilik oddiy, lyuks va yarim lyuks xonalari mavjud. Shuningdek, 14 yoshgacha bo’lgan bolalar dam olishi uchun ham xonalar bor. Keyingi yillarda sihatgohning moddiy texnik bazasi yaxshilash maqsadida davolash bo’limlariga ko’pgina asbob-anjomlar keltirildi, eskirgan tibbiy uskunalar yangilariga almashtirildi. Jumladan, darsenval, EKG, UTT uskunalari xarid qilindi. SHuningdek, barcha xonalar va yo’laklar joriy ta’mirdan chiqarilib, qayta jihozlandi.

Sihatgoh hududidagi favvora ham qayta ta’mirlanib, bugungi kunda dam oluvchilarga zavq bag’ishlab kelmoqda. Bu erda tabiiy shifobaxsh mineral suv manbai mavjud bo’lib, uning yordamida oshqozon-ichak, asab kasalliklari, yurak-qon tomir, astma, bronxit, artroz, osteoxondroz, qand va bo’qoq kasalliklari bilan og’rigan bemorlar shifo topishmoqda. Тел.: (371) 247 96 51; (98) 558 79 35

Zangiota tumani hokimligi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Nazarbek” sanatoriyasi 350 o‘ringa mo‘ljallangan koronavirusga chalingan bemorlarni davolash kompleksiga aylantirildi.

Mazkur kompleksda jami 350 ta shifo-o‘rinlar mavjud bo‘lib, shundan 8 tasi – o‘ta og‘ir bemorlar, 72 tasi – og‘ir bemorlar va 270 tasi yengil va o‘rta darajali bemorlarni davolash uchun mo‘ljallangan.Bemorlarni davolashga jami 90 nafar tibbiyot xodimlari jalb qilingan. Bularning 24 nafari vrachlar, 42 nafari hamshira, 13 nafari kichik tibbiyot xodimlari va 11 nafari xo‘jalik xodimlaridan iborat.Xozirda davolash kompleksi zaruriy tibbiy texnika va anjomlar bilan to‘liq jixozlandi. Jumladan, 5 ta IVL apparati, 45 ta oksegenerator, 100 ta Bobrova apparati, 1 dona portativ rentgen apparati, rentgen digizayter apparati, 1 ta EKG apparati, 25 dona pulsoksimetr, 4 ta funksional krovat, 3 dona kardiomonitor, 4 dona Infuzomat, 1 dona Laringoskop, 50 dona Pirometr, 70 dona Shtativ, 2 ta Defibrillyator, 2 ta katalka, 2 ta kolyaska, 2 000 dona ximoya kombinezoni, 2 000 dona niqob, 300 dona himoya ko‘z oynagi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling