Mavzu: Neft omborining vazifalari va uning tarkibi. Reja


Neft omborlarining uchastka maydonlari


Download 31.8 Kb.
bet2/9
Sana20.12.2022
Hajmi31.8 Kb.
#1033986
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzular

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Mavzu
Neft omborlarining uchastka maydonlari

Neft ombori hajmlari, m³


Uchastka maydoni 10 m²


Neft ombori hajmlari, m³


Uchastka maydoni 10 m²


1500

1,5-2,0

20000

15,0-19,0

4000

3,0-4,0

25000

20,0-21,0

6000

4,0-6,0

30000

22,0-24,0

10000

8,0-10,0

40000

25,0-27,0

15000

10,0-12,0

50000

27,0-29,0

Bulardan tashqari aholi punktlari tomon esadigan shamol oqimining teskari tamoniga joylashgan bo`ladi.




Mavzu: Rezervuarlar haqida umumiy ma`lumot.

Reja:



  1. Neft va neft mahsulotlarini saqlash rezervuarlari.

  2. Neft omborining rezervuarlar saroyi hajmini aniqlash bo`yicha umumiy ma`lumotlar.

  3. Rezervuarlarni qurish, jihozlash va ularni ishlatish.

Rezervuarlar neft mahsulotlarini saqlashdagi asosiy qurilmalar bo`lib, ularda ko`p miqdordagi qimmatbaho mahsulotlar saqlanadi. Neft mahsulotlarining saqlash sharoitlariga ko`ra, ular tiniq va qora neft mahsulotini saqlovchilarga bo`linadi. Tayyorlanadigan materiallari bo`yicha: metalldan va metallsiz materiallardan yasalgan rezervuarlarga bo`linadi. Metall rezervuarlar asosan po`latdan yasaladi. Nometall rezervuarlarga temirbeton va turli sintetik materiallaridan tayyorlangan rezervuarlar kiradi.


Rezervuarlar joylashishiga ko`ra: yer usti, yarim yer osti va yer osti ko`rinishida bo`ladi.
Yarim yer osti rezervuarlari balandligining yarmi yer yuzasidan pastda joylashgan bo`ladi. Tuzilishi (tashqi ko`rinishi) bo`yicha rezervuarlar: to`g`ri to`rtburchakli, silindr, konus, sferik va tomchi ko`rinishida bo`ladi. Rezervuarlar formasi (ko`rinishi) ni tanlash, ishlatilish maqsadi neft mahsulotining xossasi va saqlash sharoitiga ko`ra amalga oshiriladi.
Hozirgi paytda ishlatilayotgan rezervuarlarning hajmi 5 m³ dan 120000 m³ ni tashkil qiladi. Tiniq neft mahsulotlarini saqlash uchun, asosan po`latdan yasalgan rezervuarlar hamda ichki yuzasi benzinga chidamli qoplamalar bilan qoplangan temir-beton rezervuarlaridan foydalaniladi. Qora neft mahsulotlarini saqlashda temirbeton rezervuarlari ishlatiladi. Surkovchi moylar po`lat rezervuarlarda saqlanadi.
Rezervuarlar saroyining hajmini aniqlash, neft omborlarini loyihalash jarayonidagi asosiy hisob ishlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Agar rezervuarlar saroyining hajmi yetarli bo`lmasa, omborga kirib kelayotgan neft mahsulotlari oqimini qabul qilib bo`lmaydi. Bu o`z navbatida, mahsulotni olib keluvchi transport vositalarini (tankerlarni, vagon-sisternalarni) ishlamay turishini sodir etib, omborning texnologik ritmini izdan chiqishiga olib keladi. Agar rezervuarlar saroyining hajmi ortiqcha bo`lsa, undan to`la foydalanilmaydi. Natijada, rezervuarlar saroyini va boshqa texnologik ob`ekt qurilmalarining ish samaradorligi pasayadi.
Hozirgi zamon po`lat rezervuarlarining ko`rinishi texnologik maqsadga ko`ra: tik silindrik, tomchi va yotiq (sisterna) ko`rinishida bo`ladi.
Tik silindrik ko`rinishidagi po`lat rezervuarlar o`z navbatida past bosimli “atmosfera”, pontonli va suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarlarga bo`linadi. Past bosimli rezervuarlarning ichki havo bo`shlig`idagi bosim atmosfera bosimiga yaqin bo`ladi, ya`ni uning qiymati 2000 Pa (0,02 kgs/sm²) gat eng. Bunday rezervuarlarga tomi konus va sferik ko`rinishda yopilgan rezervuarlar kiradi.
Bunday rezervuarlarda sekin bug`lanadigan neft mahsulotlari-kerosin, dizel, yoqilg`isi va boshqalar saqlanadi.
Konus ko`rinishidagi rezervuarlarning hajmi 100 m³ dan 5000 m³ gacha, sferik ko`rinishidagilarniki esa 10000, 15000 va 20000 m³ ni tashkil qiladi.
Yengil bug`lanuvchan neft mahsulotlari (benzinlar)ni saqlashda maxsus konstruksiyaga ega bo`lgan suzib yuruvchi qopqoqli, pontonli yoki yuqori bosimli tomchi ko`rinishidagi (0,7 kgs/sm² bosim ostida) rezervuarlardan foydalaniladi.
Rezervuarlardan to`g`ri foydalanish va ularning xavfsizligini ta`minlash maqsadida, ular kerakli asbob-uskunalar, jihozlar bilan ta`minlanadi.

Qabul qiluvchi-tarqatuvchi quvurlar – mahsulotni rezervuarlarga quyish va to`kish ishlarini bajaradi.

O`lchovchi mo`rkon (lyuk) – neft mahsuloti sathini aniqlash hamda mahsulotdan namunalar olish uchun xizmat qiladi.

Kirish mo`rkon (lyuk)i - rezervuarning pastki qismida joylashgan bo`lib, u orqali rezervuarning ichki yuzasini tozalash, ta`mirlash hamda shu kabi ishlarni bajarish davomida uning ichiga ishchilarni vat a`mirlash texnikalarini olib kirish uchun xizmat qiladi.

Yorug`lik mo`rkon (lyuk)i – rezervuar tepasida joylashgan bo`lib, uning ichiga yorug`lik tushishi va unit a`mirlash jarayonida shamollatish uchun xizmat qiladi.

Xlopushka – qabul qiluvchi – tarqatuvchi quvurlar ishdan chiqqan paytda, neft mahsulotlari to`kilishining oldini olish uchun xizmat qiladi.

Nafas oluvchi klapan – rezervuarning havo bo`shlig`idagi hosil bo`ladigan ortiqcha bosimni moslab turish uchun xizmat qiladi.

Saqlovchi klapan – nafas oluvchi klapan ishdan chiqqan paytda rezervuar ichidagi ortiqcha bosimni rostlash, hamda olov yoki uchqunning nafas oluvchi klapan orqali rezervuar ichiga kirishini oldini olish uchun xizmat qiladi.

Ko`pik generatori – rezervuarda yong`in sodir bo`lganda ko`pik ishlab chiqarib yong`inni o`cherish uchun xizmat qiladi.


Download 31.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling