Mavzu: Neft omborining vazifalari va uning tarkibi. Reja


Mavzu: Qizdirish qurilmalari. Reja


Download 31.8 Kb.
bet3/9
Sana20.12.2022
Hajmi31.8 Kb.
#1033986
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzular

Mavzu: Qizdirish qurilmalari.

Reja:

  1. Neft mahsulotlarini haydashdagi nasoslar.

  2. Neft mahsulotlarini qizdirish usullari.

Neft omborlarida tiniq neft mahsulotlari bilan qora tiniq neft mahsulotlari saqlanadi. Tiniq neft mahsulotlari (benzin, kerosin, dizel yoqilg`isi) bilan bog`liq texnologik jarayonlarda muammolar bo`lmaydi, chunki, ular quvurlar orqali transport qilinganda fizik-kimyoviy xususiyati (oquvchanligi) yaxshi bo`lganligi tufayli yilning ixtiyoriy davrida tog`ridan to`g`ri uzatilidi. Qora neft mahsulotlarini (mazut, moylar) transport qilishda esa muammolar vujudga keladi. Buning asosiy sababi, atrof-muhitning harorati tushishi bilan ularning qovushqoqligi ortishi sababli, oquvchanligi pasayib ketadi. Ularni transport qilish uchun qizdirish talab etiladi. Shu sababli, yuqori qovushqoqli neft mahsulotlarini qovushqoqligini pasaytirish uchun qizdirish amalga oshirilib, ularni harakatchanligi orttiriladi hamda haydovchi nasoslarni va quvur kommunikatsiyalarni ishi tejamlashadi. Qizdirish neft maxsulotlarini saqlashda, ularni qabul qilish va tarqatish jarayonlarida, bundan tashqari tindirish va moylarni regeneratsiya qilishda amalga oshiriladi.


Isitilgan yuqori qovushqoqli va yuqori qotuvchan neft v neft maxsulotlarini haydashda porshenli va markazdan qochma nosolardan foydalaniladi. Yuqori haroratdagi neft va neft maxsulotlarining qovushqoqligi kam bo`lishini hisobga olib, maxsulotlarni haydashda asosan markazdan qochma nosolardan foydalaniladi va ular ketma-ket o`rnatiladi. Ular bug` turbinalari yoki elektradvigatellar yordamida xarakatga keltiriladi.
Qizdirish uchun har xil isiqlik uzatuvchilar qo`llaniladi. Ularga suv bug`i, issiq suv, issiq neft maxsulotlar va gazlar, bundan tashqari, elektr energiya kiradi. Eng ko`p qo`llaniladigan usul suv bug`i hisoblanib, u yuqori issiqlik miqdoriga va issiqlik berish, yengil uzatuvchan hamda ko`p hollarda yong`in xavfsizligi jihatidan umuman xavfsizdir. Odatda to`yingan bug` ishlatilib, uning bosimi 0,3-0,4 MPa (3-4 kgk/sm²) bo`lib, neft maxsulotlarini qizdirishni 80-100 °C bo`lishini ta`minlaydi.
Issiq suvni qo`llash uchun birinchi navbatda uning miqdori ko`p bo`lishi kerak, buning asosiy sababi uning issiq bug`ga nisbatan issiqlik miqdori 5-6 marta kam hisoblanadi.
Issiq gazlar qo`llanish jihatidan chegaralangan hisoblanib, kam issiqlik miqdoriga, past issiqlik berish koeffitsientiga va kichik hajmiy solishtirma issiqlik sig`imiga ega bo`lib, shu sababli katta miqdorda kerak bo`ladi, asosan avtosisternalardagi neft maxsulotlarini qizdirish hamda trubkali qizdirgichlarda qayta ishlangan gazlar bor holda ishlatiladi.
Issiq suv va bug` bilan qizdirishda yaxshi bo`lmaganda issiq moylar ishlatiladi. Ular asosan yuqori alanga olish haroratiga ega bo`lgan hollarda ishlatiladi. Elektr energiya yordamida istish samarali usullardan biri hisoblanib, faqat ularni ishlatishda yuqori yong`in xavsizligi qoidalariga rioya qilish kerak. Issiq bug` orqali neft maxsulotlarini qizdirishning bir qancha usullari mavjud: o`tkir bug` orqali, turubkali isitkichlar orqali va sirkulyatsion isitish.
Isitishning o`tkir (ochiq) bug` usulida: issiq bug` to`g`ridan to`g`ri neft mahsulotiga beriladi, u yerda kondensatsiyalanadi, neft mahsulotiga kerakli issiqlik to`g`risida xabarlashadi. Bu usul asosan, mazutlarni temir yo`l sisternalardan to`kib olish uchun ishlatiladi. Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, suvlangan neft mahsulotidan suvni olib tashlashni talab etadi.
Trubkali isitgichlarda issiqlik berish isitgichning devoir orqali neft mahsuloti qizdiriladi, bunda esa issiqlik beruvchi bilan neft mahsuloti to`g`ridan to`g`ri kontaktda bo`lmaydi. Bu usul hamma holatlarda qo`llanilib, neft mahsuloti suvlanmagan bo`lganda rezervuarda saqlashda, temir yo`l transporti orqali tashishda ishlatiladi. Bug` trubkali isitgichga kelganda issiqlikni neft mahsulotiga berib, kondensatsiyalangan bug` - kondensatsion quvurlar orqali ketadi. Sirkulyatsion qizdirish neft mahsulotining asosiy massasini qizdirish, boshlang`ich isitgich qurilmalari orqali isitiladi.Porshenli nasoslarning NT-45, P-75 va P-85 markadagilari ishlatiladi. Yuqori qovushqoqli va yuqori haroratda qotuvchan neft va neft mahsulotlarini isitish, isituvchi moslamar bilan jihozlangan rezervuarlarda va maxsus issiqlik almashinish apparatlarda amalga oshiriladi. Rezervuarlardagi isitish asosan, yuqori qovushqoqli mahsulotlarni nasos orqali so`rib olish uchun bajariladi.
Rezervuarlardagi isitish harorati 40-60°C bo`lib, ilon izi ko`rinishdagi yoki seksiyali bug` bilan isituvchi quvur seksiyasi yordamida amalga oshiriladi.
Keyingi paytlarda mahsulotlarni isitish – olov isituvchi apparatlarida ko`proq foydalanilmoqda. Bu apparatlar iqtisodiy jihatidan, bug` bilan isitishga nisbatan samarador hisoblanadi. Lekin ular olovdan xavfli bo`lib, foydalanishda yuqori darajali xizmatni tashkil qilishni talab etadi.



Download 31.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling