Mavzu: Neft omborining vazifalari va uning tarkibi. Reja


Mavzu: Omborning mahsulot tarqatuvchi asbob-uskunalari. Reja


Download 31.8 Kb.
bet4/9
Sana20.12.2022
Hajmi31.8 Kb.
#1033986
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzular

Mavzu: Omborning mahsulot tarqatuvchi asbob-uskunalari.

Reja:



  1. Mahsulotni iste`molchilarga tarqatishdagi asbob-uskunalar.

  2. Rezervuarlardan to`g`ri foydalanish.

Mahsulotlarni iste`molchilarga tarqatishda quyidagi asbob-uskunalardan foydalaniladi:





  • Qo`l bilan va avtomatik boshqariladigan tarqatuvchi kranlar;

  • Hajm bo`yicha tarqatuvchi hisoblagich;

  • Hajm bo`yicha tarqatuvchi idishlar;

  • Avtomatlashtirilgan to`kuvchi-quyuvchi qurilmalar (ASN.NS).

Tarqatish idishlari, omborning mahsulotlarni iste`molchilarga tarqatish bo`limida amalga oshiriladi. Neft mahsulotlarini saqlashda nometall rezervuarlardan ham foydalaniladi. Bularga: temir-beton, ipli rezina rezervuarlari kiradi. Temir-beton rezervuarlari: mazut, neft, yog` va tiniq neft mahsulotlarini saqlash uchun ishlatiladi. Tiniq neft mahsulotini saqlovchi nometall rezervuarlarni ichki yuzasi yupqa po`lat varog`i bilan qoplangan bo`ladi.


Silindr ko`rinishidagi t/b rezervuarlarning hajmi 100-30000 m³, ayrim hollarda ularning hajmi 100000 m³ ni tashkil etadi. Gaz bo`shlig`idagi ichki bosim 2000 Pa (0.02 kgs/sm²) tashkil etadi. Ipli rezina rezervuarlari avtomobil benzinini reaktiv yoqilg`isini, kerosin, dizel yoqilg`isini va moyni tashish va saqlash uchun mo`ljallangan. Ko`p ishlatiladigan bunday rezervuarlarni hajmi 2,5-5,0 m³ tashkil etadi. Ayrim hollarda, hajmi 400 m³ bo`lganlari ham tayyorlanadi.
Temir-beton rezervuarlari to`g`ri burchakli va silindr ko`rinishda bo`ladi.
Rezervuarlarni ishlatish davomida, xavfsizligini ta`minlash hamda xizmat ko`rsatish maqsadida, ularga turli konstruksion jihozlar o`rnatilgan bo`ladi, ya`ni, nafas oluvchi klapanlar; yorug`lik kiruvchi lyuklar (mo`rkonlar); xlopushka, sath o`lchovchi asboblar;
Rezervuarlardan to`g`ri foydalanish va ularning xavfsizligini ta`minlash maqsadida ular kerakli asbob-uskunalar, jihozlar bilan ta`minlangan.
Masalan; qabul qiluvchi-tarqatuvchi quvur (patrubka), yorug`lik kiruvchi, o`lchovchi lyuklar (mo`rkonlar), «xlopushka» nafas oluvchi klapan, gidravlik saqlovchi klapanlar, olovdan saqlovchilar, sath o`lchovchi, ko`pik generatori va boshqalar.
Qabul qiluvchi – tarqatuvchi quvur, mahsulotni qabul qilib olish tarqatish ishlarini bajaradi. O`chovchi lyuk-neft mahsulotni, suv osti mahsulotni balandlik sathini aniqlash, hamda namunalarni olish uchun xizmat qiladi. Kirish-lyuki, rezervuarni pastki qismida joylashgan bo`lib, u orqali ichki qismini tozalash, ta`mirlash, hamda shu ishlarni bajarish davomida shamollatishga mo`ljallangan. Yorug`lik lyuki, tepada joylashgan bo`lib, rezervuar ichiga yorug`likni tushishi va shamollatish uchun xizmat qiladi. Xlopushka qabul qiluvchi-tarqatuvchi quvurni ishdan chiqqan paytida, neft mahsulotlarini to`kilishini oldini olish uchun xizmat qiladi. Nafas oluvchi klapan rezervuarning ichki bo`shlig`ini atmosfera bilan bog`lash uchun xizmat qiladi. Gidravlik saqlovchi klapan, nafas oluvchi klapan ishdan chiqqan paytida rezervuar ichidagi ortiqcha bosimni kamaytirish uchun xizmat qiladi. Olovdan saqlovchi klapan – olov yoki uchqunni nafas oluvchi klapanlar orqali rezervuar ichiga kirishni oldini olish uchun xizmat qiladi.
Yuqorida keltirilgan va keltirilmagan mahsulot omborlarining barcha texnologik qurilmalari, jihozlari, asbob-uskunalari bo`yicha; texnik kuztish, joriy, o`rta va kapital ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Mahsulotlarni iste`molchilarga katta va kichik partiyalarda tarqatiladi. Katta partiyalarda tarqatish, avtosisternalar yordamida amalga oshiriladi. Mahsulotlarni avtosisternalarda quyish jarayoni avtoestakadada amalga oshiriladi. Avtoestakada sarflanayotgan mahsulot miqdorini nazorat qiluvchi qurilmalar bilan jihozlangan bo`ladi. Kichik partiyalarda mahsulotlarni tarqatish: bochkalarda, bidonlarda, kanistralarda va turli polietilen idishlarda amalga oshiriladi.Mahsulotlarni kichik idishlarga quyish va qadoqlash, omborda o`rnatilgan quyuvchi va qadoqlovchi asbob-uskunalar yordamida amalga oshiriladi.
Chiqarish. Neft mahsulotlarini chakana yo`l bilan chiqarish asosan iste`molchilarni markazlashgan holda ta`minlashdan iboratdir. Yirik iste`molchilarga mahsulot neftebazalardan avtodesisternalarda, bochkalarda va idishlarda chiqariladi. Yuqori iste`molchilar esa avto yoqilg`I tarmoqlari orqali ta`minlanadi.



Download 31.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling