Mavzu: Neft omborining vazifalari va uning tarkibi. Reja


Mavzu: Neft va gazni tashishda va saqlashda atmosferaning bulg`anishi. Reja


Download 31.8 Kb.
bet5/9
Sana20.12.2022
Hajmi31.8 Kb.
#1033986
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzular

Mavzu: Neft va gazni tashishda va saqlashda atmosferaning bulg`anishi.

Reja:
1.Tashishdagi atmosferaning bulg`anishi va uning salbiy ta`sirlari.
2.Neft mahsulotlarini saqlashda atmosferaning bulg`anishi.
Musaffo yer usti atmosferaning tarkibi 78% azotdan, 21% kisloroddan va 1% ga yaqini turli gazlardan iborat. Atmosferaning bunday tarkibi inson, hamda tirik va o`simlik dunyosini yashash faoliyati uchun maqbul ekologik sharoit hisoblanadi. Lekin, xalq xo`jaligining turli tarmoqlarini rivojlanishi, uning tarkibini xar xil ko`rinishdagi zararli moddalar bilan bulg`anishiga olib kelmoqda. Masalan, 1985-yili O`zbekiston Respublikasi bo`yicha atmosferaga 1 mln. 320 ming tonnadan ortiq turli ko`rinishdagi zararli moddalar chiqarilgan («Toshkent haqiqati», 1 iyul 1989, 125-son).
Barcha tarmoqlar singari neft va gazni tashish va saqlash tizimida ham atmosferaning bulg`anishi sodir bo`lmoqda. Bulg`atuvchi manbalarga tashishda – tashuvchi transport vositalarining avariyalari; saqlashda – rezervuarlardagi neft va neft mahsulotlarining bug`lari hamda neft-gaz va neft mahsulotlarining yonishi natijasida hosil bo`ladigan mahsulotlar kiradi.
Atmosferaga chiqarilgan har bir modda, shu jumladan, neft-gaz va ularning komponentlari; o`zlariga xos zararli ko`rsatkichlarga egadir. Moddalarning salbiy ta`sirlari ularning zaharli va organizmga ko`rsatadigan (qichitish, yallig`lanish) ko`rsatkichlari orqali xarakterlanadi.
Avariya natijasida, magistral neft va gaz quvurlaridan to`kilayotgan yoki havoga tarqalayotgan mahsulotlarning yonishida bo`ladigan uglerod va oltingugurt oksidlari, eng xavfli havo bulg`atuvchilari hisoblanadi.
Uglerod oksidi – rangsiz gaz bo`lib, markaziy nerv va yurak- oshqozon tizimiga katta ta`sir ko`rsatadi.
Oltingugurt angidriti – qo`lansa hidga ega bo`lgan rangsiz gaz. Uning havodagi konsentratsiyasi 20-50 MG/m³ bo’lganda, ko’z va nafas yo’llarida qichitishlar sodir bo’ladi. Undan yuqori konsentratsiyada, odamlarda bo’gilish va xushdan ketish holatlari ro’y beradi. Undan tashqari CO2 gazi havodagi suv tomchisi bilan sulfat kislotasining qo’lansa hidli aerozolini hosil qiladi. Bu o’z navbatida, nafas yo’llarida qichitish va yallig’lanishlari sodir etadi. O’simlik dunyosiga ham katta salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Yengil bug`lanuvchi neft mahsulotlarida, isrofgarchilik miqdori katta bo`ladi. Bug`lanish natijasida mahsulot miqdorining kamayishi bilan bir qatorda uning sifati yomonlashadi (pasayadi). Chunki, bug`langanda mahsulot tarkibidagi yengil fraksiyalari yo`qoladi. Bu o`z navbatida yoqilg`ilarni fizik-kimyoviy xossalarining pasayishiga olib keladi. Masalan, mahsulotning zichligi oshadi, oktan soni kamayadi va boshqalar.
Isrof bo`lish (yo`qotish) xarakteriga ko`ra: foydalanishdagi va avariyalardagi isroflarga bo`linadi.
Foydalanishdagi yo`qotish o`z navbatida: miqdoriy, miqdoriy-sifat va sifat yo`qotishlarga bo`linadi. Miqdoriy yo`qotish, neft mahsulotlarining tashiydigan kommunikatsiyalarni va saqlaydigan rezervuarlarni tashilishi, quyuvchi – to`kuvchi moslamalarning nosozligi, hamda rezervuarlarni, neft quyuvchi kemalarning va har xil idishlarning to`lib ketishi natijasida sodir bo`ladi. Sifat yo`qotish – turli xildagi neft mahsulotlarining bir-birlari bilan aralashishi, suvlanishi, mexanik iflosliklar bilan ifloslanishi natijasida sodir bo`ladi.
Sifat – miqdor yo`qotish, asosan neft mahsulotlarini rezervuarlarda saqlash (quyish – to`kish) jarayonlarida hosil bo`lib, bunda mahsulotlarning bug`lanishi natijasida ikki ko`rsatkichning o`zgarishi bir vaqtning o`zida sodir bo`ladi.
Yengil bug`lanuvchan neft mahsulotlarining rezervuarlardagi yo`qotishi katta va kichik «nafas» olish jarayonlarida amalga oshadi.
Bosim ko`rsatkichi nafas oluvchi klapanning moslangan bosim ko`rsatkichidan oshsa, klapan ochilib, rezervuar ichidagi ortiqcha havo - bug` aralashmasi tashqariga chiqib ketadi. Kechasi esa, teskari jarayon bo`ladi. Havo haroratining pasayishi natijasida rezervuarlardagi bug`larning qisman kondensatsiyalanishi natijasida bosim kamayib, vakuum hosil bo`ladi. Bu o`z navbatida klapanning ochilishini sodir etadi va tashqaridan tegishli hajmdagi havo rezervuarga kiradi. Yuqorida keltirilgan jarayonlar mahsulotni saqlash muddatida uzluksiz davom etadi va tegishlicha, saqlanayotgan mahsulotda sifat – miqdori o`zgarishlari to`xtovsiz davom etaveradi.


Download 31.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling