Mavzu: Neft omborining vazifalari va uning tarkibi. Reja


Mavzu: Neft mahsuloti omborlari, oqava suvlari va ularni tozalash usullari. Reja


Download 31.8 Kb.
bet6/9
Sana20.12.2022
Hajmi31.8 Kb.
#1033986
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzular

Mavzu: Neft mahsuloti omborlari, oqava suvlari va ularni tozalash usullari.

Reja:
1.Neft mahsuloti omborlarida oqava suvlarining hosil bo`lish manbalari.
2.Tozalash usullari va ularni tozalash mexanizmi.
Oqava suv deganda, ishlab chiqarish korxonalarining mahsulotlari, hamda korxona maydonlarida hosil bo`lgan yomg`ir suvlari va madaniy suvlar bilan ifloslangan suvlar tushiniladi. Bu suvlar atrof-muhitning ifloslantirishdagi asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Neft mahsulotlari omborlaridan foydalanish jarayonida, saqlanayotgan mahsulotlar bilan ifloslangan oqindi suvlar hosil bo`ladi. Hosil bo`layotgan oqindi suvlarning miqdori: katta neft mahsuloti omborlari 1000 m³/sutka va kichik omborlarda esa 5 dan 100 m³/sutkagacha hosil bo`ladi. Neft mahsuloti omborlarida hosil bo`ladigan oqindi suvlar ishlab chiqarish va yomg`ir oqindi suvlaridan tashkil topgan bo`ladi. Ishlab chiqarish oqindi suv manbalariga quyidagilar kiradi:


  • Rezervuar saroyi – mahsulot osti suvlari;

  • Yopiq ishlab chiqarish maydonlarida va quyish-to`kish estakadalarida, idishlarni yuvishda hosil bo`lgan suvlar;

  • Qora neft mahsulotlarini isitishdagi ifloslangan kondensatlari;

  • Nasos solniklarini mahkamlash va podshipniklarini sovutishda hosil bo`lgan suvlar;

  • Neft mahsulotlari bilan ifloslangan ma`lum miqdoridagi laboratoriya suvlari;

  • Neft va neft mahsuloti tashuvchi kemalardagi (tankerlardagi) balast suvlari.

Neft omborlari oqindi suv aralashmasining umumiy tavsiyanomasi jadvalda berilgan.


Neft mahsuloti omborlari maydonlarida ham neft mahsulotlari bilan ifloslangan yomg`ir oqindi suvlari hosil bo`ladi. Rezervuarlar, temir yo`l estakadasi va boshqa maydonlarida hosil bo`lgan yomg`ir oqava suvlari tarkibida, neft mahsulotlarining miqdori ko`p bo`lib (20 mg/l gacha), ular ham ishlab chiqarish oqindi suvlari kabi tozalash qurilmalari orqali tozalanib, tashqariga oqiziladi.
Tozalash qurilmasiga keladigan yomg`ir oqindi suvining yillik hajmi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi.
Q = FHφ+

Neft mahsuloti omborlarida hosil bo`lgan oqindi suvlarni tozalashda: mexanik, fizik-kimyoviy va biologik usullardan foydalaniladi. Tozalash qurilmalarini texnologik chizmasi, (tarkibi) oqindi suvlarning neft mahsulotlari bilan ifloslanish darajasiga va ularning suvdagi holatiga qarab tashkil qilinadi, ya`ni, tozalash qurilmasiga kirib kelayotgan oqindi suv tarkibidagi qo`shimchalar miqdori 400-15000 mg/l dan 0-3 mg/l gacha kamayishi kerak bo`ladi.


Mexanik tozalash, qum, neft ushlagich va qo`shimcha hovuzlarda amalga oshiriladi. Bu usul dag`al tozalash usuli bo`lib, suv tarkibidagi dag`al mexanik qo`shimchalardan va suspenziya holatda bo`lgan neft mahsulotlaridan tozalanadi. Bu usul cho`ktirishga asoslangan bo`lib, qum ushlagichda suvning solishtirma og`irligidan katta bo`lgan qo`shimchilar (qum, tuproq) qurilmaning past qismiga cho`kadi, neft ushlagichda esa, suvdan yengil bo`lgan neft mahsulotlari suv yuzasiga suzib chiqadi. Suv yuzasiga ko`tarilgan neft mahsulotlari maxsus moslama (teshikli aylanuvchi quvur) yordamida ajratib olinadi.
Fizik-kimyoviy tozalash flotatorlarda (rezervuarlarda) amalga oshiriladi va buni flotatsiya tozalash deb ham yuritiladi. Tozalashning asosiy mexanizmi flotator ichidagi oqindi suv tarkibida havo sharchalari hosil qilish va hosil bo`lgan sharchalar yuqoriga ko`tarilishi davomida o`zi bilan birga neft zarrachalarini olib chiqishiga asoslangan.
Suv tarkibida havo pufakchalarini hosil qilish mexanik, pnevmatik va vakuum usullarida amalga oshiriladi. Mexanik usulda, flotatorning pastki qismida suv bilan havo oqimini aylantirgich (meshalka) yordamida aralashtirgich orqali o`lchami 0.5-5 mm bo`lgan havo pufakchalari hosil qilinadi. Bu pufakchalar ko`tarilishi davomida suvdagi neft mahsuloti zarrachalarini suv yuzasiga olib chiqadilar. Suv yuzasidagi to`plangan havo – neft mahsulotining ko`pigi ajratib olinadi. Mexanik flotatsiyaning tozalash samaradorligi juda yuqori bo`lmay 20 – 30 daqiqadir. Ishlash davomida 60 – 70 % neft mahsulotlari ajralib chiqadi. Buning asosiy sababi mexanik flotatsiya jarayonida hosil bo`lgan mayda neft emulsiya zarrachalari pufakchalar yuzasiga qiyin yopishadilar.
Pnevmatik flotatsiya, havo pufakchalari oqimining compressor yordamida g`ovak moslamalari orqali siqib chiqarish natijasida hosil qilinadi. Flotatorning pastki qismida hosil qilingan, o`lchami 1-10 mm bo`lgan, havo pufakchalari suv tarkibidagi neft mahsuloti zarrachalarini yuqoriga olib chiqadi. Tozalash samaradorligi, mexanik flotatsiyanikiga o`xshash bo`ladi.


Download 31.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling