Mavzu: Neft omborining vazifalari va uning tarkibi. Reja


Mavzu: Rezervuarlarning ichki yuzalarining korroziyalanishi. Reja


Download 31.8 Kb.
bet7/9
Sana20.12.2022
Hajmi31.8 Kb.
#1033986
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzular

Mavzu: Rezervuarlarning ichki yuzalarining korroziyalanishi.

Reja:
1.Neft va uning mahsulotlari tarkibidagi qo`shimchalar.
2.Neft saqlovchi rezervuarlarining ichki yuzalarini korroziyalanishi.
Neft va uning mahsulotlarini rezervuarlarda saqlash jarayonida, mahsulotlar tarkibida bo`lgan anorganik qo`shimchalar, namliklar rezervuarlarning tag yuzasiga cho`kib, mahsulot osti suvini hosil qiladilar. Bu suvlar ta`sirida rezervuarlarning ichki tag yuzasi va pastki devori korroziyalanadi. Mahsulot suvlari, po`lat rezervuari uchun elektrolit vazifasini bajaradilar. Turli sabablarga ko`ra, rezervuar yuzasida hosil bo`lgan galvanik elementlarning anod bo`limlarida oksidlanish va katod bo`limlarida esa qaytarilishjarayonlari sodir bo`ladi.
Mahsulot osti suvlarining tarkibida xlorli tuzlarni (CaCl2, MgCl2, NaCl, KCl) bo`lishi va ularning gidrolizlanishi natijasida, vodorod xloridi (HCl) hosil bo`ladi.
Masalan, CaCl2+2H2O→Ca(OH)2+2HCl yoki
MgCl2+2H2O→Mg(OH)2+2HCl
Hosil bo`lgan HCl birikmasi o`z navbatida quyidagi kimyoviy reaksiyalarni sodir bo`lishiga olib keladi.
Fe + 2HCl → FeCl2 + H2 va
FeCl2 + H2S → FeS + 2HCl
Temir sulfide birikmasi (FeS) saqlanayotgan neft tarkibidagi H2S ta`sirida ham hosil bo`ladi.
Umuman, neft saqlovchi po`lat rezervuarlarining ichki yuzalarini korroziyalanishi namlik, kislorod va vodorod ionlarining bo`lishiga bog`liq. Saqlanayotgan mahsulot tarkibida H2S ni bo`lishi temir sulfidni (FeS) hosil bo`lishiga olib keladi. Hosil bo`lgan FeS birikmasi rezervuar yuzasida galvanik elementning katod vazifasini bajarib, korroziyalanish jarayonini tezlashtiradi. Neft tarkibida H2S bo`lmaganda rezervuarning ichki yuzasini korroziyalanishi jarayonida, temirning qiyin eriydigan Fe(OH)3 birikmalari hosil bo`ladi.
Mahsulot osti suvini tarkibida xlorli tuzlarni va vodorod xloridni (HCl) bo`lishi va ularning to`g`ridan – to`g`ri rezervuar yuzasiga bo`lgan ta`siri, rezervuarning korroziyalanish tezligini oshiradi.
Kuzatish ma`lumotlariga qaraganda, rezervuarning ichki tag yuzasini, hamda uning birinchi poyasini korroziyalanish tezligi o`rtacha 0,3÷0,4 mm/yilni tashkil qiladi. Ayrim hollarda, uning ko`rsatkichini 1,0 mm/yilga teng bo`ladi.


Mavzu: Rezervuarlarning tashqi tag yuzasining katod himoyasi.
Rezervuarlarning tashqi tag yuzasini korroziyadan himoya qilishni passiv va aktiv usullar yordamida amalga oshirish mumkin.
Passiv usulda rezervuarlarning tashqi tag yuzasi bitum asosidagi qoplama bilan qoplanib, uni qum asosida hosil qilingan o`rindiq ustiga o`rnatiladi. Hosil qilingan izolyatsiya qoplamasi, vaqt o`tishi bilan himoya qilish xususiyatini yo`qotib boradi, ya`ni unda turli ko`rinishdagi yorilishlarhosil bo`ladi. Bular tuproq elektrolitini rezervuar metallining yuzasiga kirib borishini osonlashtiradi. Natijada, korroziya jarayoni sodir bo`lib, rezervuarning tag yuzasi “piting” yoki “yara” ko`rinishida jarahotlanadi. Qoplamadagi jarahotlar faqat eskirish hisobiga hosil bo`lmay, rezervuarlarni qum yostig`i ustiga o`rnatishda va ishlatish jarayonida ularning tag yuzalarini vibratsiyalanishi, ya`ni, pasayishi va ko`tarilishi natijasida ham hosil bo`ladi. Shularni hisobga olganda, passiv usulning himoya qilish samaradorligi kam bo`ladi.
Rezervuarlarning tashqi tag yuzalarini tuproq korroziyasidan himoya qilishdagi aktiv usullardan biri – katod himoyasi hisoblanadi. Katod himoyasi arzon va himoya tokining tag yuzasi bo`yicha bir xilda taqsimlanishi ta`minlaydi.
Katod stansiyalarini boshqarish va ularning ko`rsatkichlarini moslash oson. Lekin, texnika xafsizligi talablariga ko`ra (portlash xavfsizligi bo`yicha) katod himoyasini rezervuarlar tizimida keng qo`llash cheklangan.

Mavzu: Rezervuarlarning tashqi tag yuzalarining protektorlar himoyasi.
Po`lat rezervuarlarini tuproq korroziyasidan himoya qilishdagi aktiv usullardan biri – protector himoyasi bo`lib, u keng miqyosda ishlatiladi. Himoya qilishda bir va ko`p donali magniy protektor qurilmasidan foydalaniladi. Ishlatiladigan protektorlarning turlari yuqoridagi bo`limlarda keltirilgan. Rezervuarlarning tag yuzasi 200 m² gacha bo`lsa, bir donali va tag yuzasi undan katta bo`lganda, ko`p donali protektorda qurilmalaridan foydalaniladi.
Rezervuarning tag yuzasini himoya qilish uchun kerakli protektor qurilmalarning soni, hisob natijalariga ko`ra aniqlanadi. Protektor rezervuarlarning tag yuzasidan ma`lum uzoqlikda, uning aylanasi bo`yicha yer chuqurligiga o`rnatiladi va umumiy kabel simi orqali rezervuarning tag yuzasiga ulanadi.


Download 31.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling