Mavzu: Neft omborining vazifalari va uning tarkibi. Reja


Rezervuarning ichki tag yuzasining protektor himoyasi


Download 31.8 Kb.
bet8/9
Sana20.12.2022
Hajmi31.8 Kb.
#1033986
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzular

Rezervuarning ichki tag yuzasining protektor himoyasi.
Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, rezervuarlarning ichki tag yuzalari mahsulot osti suvlari ta`sirida korroziyalanadilar. Mahsulot osti suvi korroziyasidan protektorlar yordamida himoya qilish, rezervuarlarning uzoq vaqt davomida ishlashini ta`minlaydi va katta samaradorlikni sodir etadi.
Rezervuarlarning ichki yuzasini himoya qilishda magniy metalli asosida tayyorlangan: PMR – 5 ; PMR – 10; PMR – 20 turdagi protektorlaridan foydalaniladi.
Protektor himoyasini himoya qilish mexanizmi, rezervuarning tag yuzasida manfiy qiymatiga ega bo`lgan himoya potensialini hosil qilishga asoslangan. Protektorlarning statsionar potensial qiymati, po`lat rezervuarlarinikiga nisbatan yuqori manfiy qiymatga ega.
“Rezervuar tagi – protektor” zanjiri ishlaganda protektor anod, rezervuar tagi esa katod vazifasini bajaradi. Protektordan tarqalayotgan tok suv elektroliti (mahsulot osti suvi) orqali rezervuarning tagiga kiradi (o`tadi) va uning yuzasida korroziya elementlari ishini to`xtatadi yoki chegaralaydi. Natijada, tag yuzani korroziyalanishi to`xtaydi yoki chegaralanadi.

Mavzu: Texnologik jihozlarni ta`mirlash va texnik xizmat ko`rsatishni tashkil qilish.

Reja:
1.Texnik xizmat ko`rsatish, ta`mirlash tushunchalari va ularning vazifalari.
2.Texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash tizimi.
3.Jihozlarni ta`mirlashga tayyorlash vat a`minlash ishlarini bajarish.


Texnik xizmat ko`rsatish – bu jihozlarni, ishlatish jarayonida, ularning ish qobiliyatini saqlash (tiklash) bo`yicha bajariladigan kompleks operatsiyalar.

Texnik xizmat ko`rsatishning davriyligi – bu bir turdagi ko`rsatiladigan xizmatni ikkitasining orasidagi vaqt, ya`ni birinchi ko`rsatilgan xizmat bilan ikkinchi bor ko`rsatiladigan xizmat o`rtasidagi vaqt.

Texnik xizmatning muddati (davom etishi) – bu bitta xizmat ko`rsatishdagi hamma operatsiyalarni bajarish uchun sarflangan vaqtlarni o`z ichiga oladigan kalendar vaqt. Operatsiyalarni bajarishga sarflanadigan vaqt, jihozlarning konstruksiyasiga, turiga va holatiga qarab aniqlanadi.


Download 31.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling