Mavzu: Neft omborining vazifalari va uning tarkibi. Reja


Texnik xizmatning qiyinligi –


Download 31.8 Kb.
bet9/9
Sana20.12.2022
Hajmi31.8 Kb.
#1033986
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzular

Texnik xizmatning qiyinligi – bu jihozlarga bir marotaba xizmat ko`rsatishdagi hamma operatsiyalarni bajarishga sarflangan mehnatlar.

Ta`mirlash – bu tegishli jihozni, qurilmani yoki uning tarkibiy qismini (bo`lagini) ish qobiliyatini va resursini tiklash bo`yicha bajariladigan kompleks operatsiyalar.

Resurs – bu jihozlarning garantiyali ishlash muddati (ishga tushirilgandan boshlab yoki bir ta`mirlashdan ikkinchi ta`mirlashgacha bo`lgan vaqt).

Ta`mirlashning davriyligi – bu bir ta`mirlash bilan ikkinchi ta`mirlash o`rtasidagi vaqt.
Jihozning ish qobiliyatini va uning asosiy texnik xarakteristikasini bir xilda bo`lishini (ish holatini), texnik xizmat qilish vat a`mirlash tizimidan foydalanish orqali amalga oshiriladi.


Rejali – oldini oluvchi ta`mirlash (ROT) tizimi – bu oldin tuzilgan rejaga ko`ra jihozlarning ta`mirlash va ularga xizmat ko`rsatish, hamda nazorat bo`yicha bajariladigan tashkiliy – texnik tadbirlarning umumlashmasi.
Bu kompleks ishlar jihozlarning normal ish parametrlarida uzoq ishlashini, avariyalarni sodir bo`lmasligini, foydalanish madaniyatini yuqori bo`lishini, hamda barcha ta`mirlash ishlarining o`z vaqtida amalga oshirilishini ta`minlaydi.
ROT tizimining mazmuni shundan iboratki, jihoz belgilangan vaqt davomida ishlab bo`lganidan keyin, unga rejali ma`lum turdagi ta`mirlash xizmati ko`rsatish. Masalan: texnik kuzatish yoki joriy, o`rta va kapital ta`mirlashlar. Jihozlarning aniq ishlash sharoitlariga ko`ra, ROT tizimida: ularning ta`mirlash sikllar strukturasini; ikki ta`mirlash o`rtasidagi muddatni; har bir turdagi profilaktik va ta`mirlash ishlari hajmini; ta`mirlash jarayonida bekor turish vaqtini; ta`mirlash ishlarini bajarish uchun kerakli ehtiyot qismlarga va materiallarga bo`ladigan talablar aniqlanadi.
ROT tizimida, omborlarning texnologik quvurlarini ta`mirlashda, ularga o`rnatilgan ochuvchi – berkituvchi armaturalarni, korroziyadan himoya qiluvchi vositalarni (izolatsiya qoplamasini) va boshqa moslamalarni texnik xolatlarini aniqlash bo`yicha bajariladigan barcha ishlarni umulashtirish ko`zda tutilgan.
Harakatdagi ta`mirlash normativida quvur tizimidagi jihozlar uchun alohida ta`mirlash turi belgilanadi: ular o`rtasidagi ish vaqti, ta`mirlash davomida ishlamay turish vaqti, ta`mirlashga sarflanadigan mehnat, hamda ehtiyoj qism va asosiy materiallar aniqlanadi.
Ko`zda tutilgan hamma ta`mirlash operatsiyalari o`z vaqtida boshlanishi va tamom bo`lishi kerak.

Har bir turdagi ta`mirlashni hajmi va nomenklaturasi texnik sharoitda ko`zda tutiladi. Jihozlarni namunaviy ta`mirlashga tayyorlash uchun quyidagi hujjatlar kerak bo`ladi: ROT grafigi; hujjatlarni qaydnomasi (na`munaviy ta`mirlash hajmi); agregat elementlarini va uzellarini ta`mirlash texnik sharoitlari (texnicheskie usloviya), katta murakkab agregatlar uchun ta`mirlashning texnologik kartasi, jihoz va materiallarni jamlovchi qaydnoma; agregatni kompleks chizmalari (birgalikda, ehtiyot qismlar chizmasi), ta`mirlash uzellarini joylashish rejasi (plan), agregatni namunaviy ta`mirlashning tarmoqli grafigi.



Rejali ta`mmirlashni tashkil qilish uchun, aniq bajaruvchilarni va bajariladigan tadbirlarni muddati ko`rsatilgan reja – grafigi tuziladi
Download 31.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling