Mavzu: Neyron. Uning tuzilishi va funksiyasi. Neyron tarmoqlari


Download 1.51 Mb.
bet1/5
Sana11.03.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1261139
  1   2   3   4   5
Bog'liq
neyron

Mavzu: Neyron. Uning tuzilishi va funksiyasi. Neyron tarmoqlari.

REJA:

1. Neyronlarning tuzilishi

2. Nerv tolalari

3. Neyronlarning strukturaviy

klassifikatsiyasi

4. Neyron tarmoqlari 

Xulosa

Neyronlarning tuzilishi

Nerv to’qimasi nerv to’qimasi markaziy va periferik nerv sistemasini hosil qilib, bir biridan bajaradigan vazifasiga ko’ra keskin farq qiluvchi ikki xil hujayralardan tashkil topgan.

1-turi neyronlar.(nevrositlar)

2-turi neyrogliya (gliotsit)

neyronlar -- nerv implusini hosil qiladi va uning tarqalishini taminlaydi. Neyrogliya– kelib chiqishi neyronlar bilan bog’liq bulsa ham bir qator yordamchi vazifasini bajaradi.

Nerv to’qimasining taraqqiyoti nerv tuqimasi tashqi embrional qavat—ektodermadan hosil bo’ladi. Nerv tarnovchasining chetlari buralib, bir—biriga yaqinlashadi va so’ngra birikib, nerv nayini hosil qiladi. Nerv nayi bir hujayra turidan– medulloblastlardan iborat bo’ladi. Keyinchalik 2 ta turga differensiyalashadi;

  • neyroblastlar– ularda neyronlarbrivojlanadi.
  • spongioblastlar– ularda har xil neyroglial hujayralar rivojlanadi. Hujayralar ko’payishi va nerv naycha devorida surilishi natijasida nerv nayida quyidagi uch qavat tafovut qilinadi ;
  • 1) ichki– epindima qavati.

    2) o’rta– yopqich ( mantiya) qavati

    3) tashqi—qirg’oq vuali (parda) qavati

Neyronlarning tuzilishi

• Neyron- tanasi, o’simtalari va nerv oxirlaridan tashkil topgan. Nerv hujayralarining shakli va kattaligi nerv sistemasining turli qismlarida turlichadir. Ularning kattaligi 4-6 mkm ( miyaning donador qavati) dan 100-130 mkm ( bosh miya po’stloq qismining bets hujayralarida) gacha bo’lishi mumkin. Nerv hujayralarining shakli ularning o’simtalari soniga bog’liq. 1 ta o’simtalilarni shakli dumaloq yoki kolbasimon, 2 ta o’simtalilarning shakli duksimon, ko’p o’simtali nerv hujayralarning shakli esa noto’g’ri shaklda bo’ladi.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling