Mavzu: Neyronlar klassifikatsiyasi
Nerv tizimining filogenezi
Download 69.04 Kb.
|
Mavzu Neyronlar klassifikatsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nerv tizimi filogenezda bir nechta bosqichni o‘tadi
- Neyronlar fiziologiyasi
Nerv tizimining filogeneziBir hujayrali sodda organizmlarda (amyoba) nerv tizimi bo‘lmaydi. Ularda tashqi muhit bilan aloqa organizmning ichi va tashqarisida joylashgan suyuqlik vositasida bo‘ladi (gumoral boshqarish). Keyinchalik nerv tizimi hosil bo‘lganidan so‘ng, gumoral boshqarish uning ta’siriga o‘tib, neyro-gumoral boshqarish paydo bo‘ladi. Nerv tizimi filogenezda bir nechta bosqichni o‘tadi: I-bosqich to‘rsimon nerv tizimi. Bu bosqichda nerv tizimi (gidra) nerv hujayralaridan tashkil topgan bo‘lib, ularni o‘simtalari bir-biri bilan qo‘shilib to‘r hosil qiladi. Bunday hayvonlarda ikki xil hujayra: Ektodermada joylashgan retseptor hujayralar va ichkarida joylashgan effektor hujayralar tafovut qilinadi. Tanani qaysi joyiga ta’sir qilinsa ham, ichki hujayralar qo‘zg‘aladi va tirik organizm harakat qiladi. II-bosqich tugunli nerv tizimi. Umurtqasiz hayvonlarda nerv hujayralar to‘planib nerv tugunlarini hosil qiladi va «tugunli nerv tizimi» paydo bo‘ladi. Nerv o‘simtalarining to‘planishidan nerv dastalari hosil bo‘ladi. Bunda nerv o‘simtalari ma’lum bir yo‘nalishga ega bo‘ladi. Nerv dastalari tugunlarni ikki yo‘nalishda: ko‘ndalangiga- segmentlar ichida, bo‘ylamasiga - har xil segmentlar o‘rtasidagi tugunlarni bir-biriga qo‘shib turadi. Shuning uchun ularning ma’lum nuqtalaridagi ta’sirot ma’lum segment sohasiga tarqaladi. Nerv tugunlari hayvonlarni bosh qismida ko‘proq to‘plangan bo‘lib sezgi a’zolari bilan bog‘lanadi. III-bosqich naysimon nerv tizimi. Umurtqali hayvonlarda nerv hujayralari bir-biri bilan bog‘lanib uzluksiz nerv tizimchasini hosil qiladi. Uning ichida bo‘shlig‘i bo‘ladi. Bu bosqichda nerv tizimi bir xil segmentlardan iborat bo‘lib, neyronlarning o‘simtalari ma’lum bir segmentga tegishli sohaga tarqaydi. Neyronlar fiziologiyasi. Neyronlarning morfofunksional sinflanish va ularning tuzilishi. Markaziy nerv tizimining struktura va funksional birligi bu nerv hujayrasi - neyrondir. Neyronlar - ixtisoslashgan hujayralar bo’lib, ular informasiyalarini qabul qilish, qayta ishlash, kodlash, saqlash va uzatish hamda ta’sirlarga beriladigan reaksiyalarni tashkil etish, boshqa neyronlar bilan o’zaro aloqa o‘rnatish xususiyatlariga egadirlar. Neyronlarning yana o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular elektrik impulslami hosil qiladi va axborotlami nerv oxirlari maxsus tuzilmasi - sinapslar yordamida ijrochi a‘zoga uzatib beradi. Neyronlar kattaligi 6 mkm dan 120 mkm gacha bo‘ladi. Inson miyasida esa 1011 tagacha neyronlar bo‘ladi. Bitta neyronda 10000 tagacha sinapslar bo‘lishi aniqlangan. Agar shu elementlarni axborotlami saqlovchi yacheykalar deb hisoblasak, insonning markaziy nerv tizimi 1019birlikdagi axborotni saqlashi mumkin, buning ma‘nosi shuki, insoniyat yiqqan barcha bilimni o‘zida saqlash imkoniyatiga ega, biroq inson miyasi bu axborotlarning barchasini xotiradan chaqirib olish yoki eslay olish qobiliyatiga ega emas . Neyronning tuzilishi neyronda funksional jihatdan quyidagi qismlari tafovut qilinadi: qabul qiluvchi qism - dendritlar, neyron tanasining membranasi; integrativ qism - soma, akson bo‘rtig‘i, akson; uzatuvchi qism - akson bo‘rtig‘i va akson. Neyron tanasi - soma, axborot funksiyasidan tashqari, trofik funksiyani ham amalga oshiradi. Agar somadan dentrit yoki aksonni qirqib qo'yilsa, bu qirqilgan sohadan quyidagi joylashgan o’simtalar sinapslar bilan birgalikda halok bo‘ladi. Soma, shuningdek, dendrit va aksonni o‘sishini ta’minlaydi. Somaning ko‘p qavatli membranasi bo‘lib, membrana elektrotonik potensialning hosil bo'lishi va akson bo'rtig'i tomon tarqalishini ta’minlaydi. Neyronlar o‘zining axborot funksiyasini bajarishida, membranasining o‘ziga xos tuzilishga ega ekanligi bilan katta ahamiyatga ega. Neyron membranasining qalinligi 6 nm ni tashkil qiladi va ikki qavat lipid molekulalaridan tashkil topgan. Membrana oqsillari bir necha funksiyalarni amalga oshiradilar, oqsil-nasoslar «hujayrada ion va molekulalami» konsentrasion gradiyent (tafovut)ga qarshi o'tishini ta’minlaydi, ion kanallarini hosil qiladi va membranani tanlab o'tkazuvchanligini ta'minlaydi. Reseptor oqsillar kerakli molekulalarni taniydi va ularni qayd qiladi. Membranada joylashgan fermentlar neyron yuzasida ketadigan kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradi. Ko‘p hollarda bir oqsil ham reseptor, ham ferment va nasos vazifasini bajarishi mumkin. R ibosomalar - yadro yaqinida joylashib, t-RNK matritsalarida oqsilni sintez qiladi. Ribosomalar plastinkali kompleks (Golji apparati)ni endoplazmatik turi bilan birgalikdabazofil moddani hosil qiladi. Download 69.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling