Mavzu: Nishotiyning husn va dil dostoni syujeti va kompozitsiyasi timsollar olami

Download 6.21 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi6.21 Kb.
#1420970
Bog'liq
Nishotiyning husn va dil dostoni syujeti va kompozitsiyasi timsollar olami.

Mavzu: Nishotiyning husn va dil dostoni syujeti va kompozitsiyasi timsollar olami.
Muhammadniyoz Nishotiy – Taniqli oʻzbek shoiri, liro-epik sheʼriyat tarraqqiyotida alohida oʻringa ega. Xorazmda 1701-yilda tugʻildi. Ijodiy merosidan lirik sheʼrlari va „Husnu Dil“ dostoni yetib kelgan. Sheʼrlari „Gʻazaliyot va muxammasoti Nishotiy“, „Bayozi mutafarriqa“, „Bayozi majmuai ash’or“ kabi manbalarda jamlangan. 1903-yilda Muhammad Yusuf Chokar tomonidan koʻchirilgan devoni OʻR FA ShI da saqlanadi. Yirik asari „Husnu Dil“ dostoni Buxoroda 1778-yil yozilgan. Husn va Dil sarguzashtining syujeti Sharq adabiyotida mashhur boʻlib, Yax’yo Saboq Fattohiy, Abdurahmon Mushfiqiy tomonidan ham shu nomda asarlar yozilgan. Doston 62 bobdan 15584 misradan iborat. Dostonning qahramonlari Fuod (arabcha, koʻngul), Husn, Aql, Ishq, Nazar, Himmat, Sabr, Vafo, Hayol, Gʻamza, Raqib, Nomus kabi ramziy timsollar orqali muallifning axloqiy-taʼlimiy gʻoyalari ifodalangan. „Qushlar munozarasi“ asari ham allegorik — majoziy harakterga ega boʻlib, 300 misradan iborat. Shoir 14 qushning oʻzaro bahsu-munozaralari orqali oʻz qarashlarini bayon etadi.
O`g`li dag`i ko`rsatibon adl-dod, Mamlakatin ayladi obodu shod. Adl hurufi kabi ko`z birla dil Xalq anga bog`lab edi muttasil.
Ilm ila hikmat aro Luqmon edi,
Ilm ila hikmat aro Luqmon edi,
Fahm ila fikrat aro burqon edi.
Etmagudek fahmi Falotun ango,
O`zga edi rasm ila qonun ango.
Mulki jahon ichra qilib adlu dod,
Dodi bila erdi jahon mulki shod.
Adli bila mulk edi ma`mur ango,
Fazli bala xalq edi masrur ango.
Ilmu adab bobida mohir dag`i,
Qariyasanj erdiyu shoir dog`i,
Bo`lganidan zoti qabuli inom,
Dahr eli otin der edi Aqli tom.
Fuod obrazi. Fuod Aqlshohning o`g`li. U dunyoga kelganida hikmat eli birgalashib, maslahat bilan unga nam quyishgan. Fuod esini taniy boshlashi bilanoq, hikmat eli tarbiyasida bo`lib, fahm-farosatini oshira borgan. Shoirning yozishicha Fuodning zehni o`tkir bo`lganidan, u etti yoshidayoq qiroatni o`rgangan, asta-sekin har qanday ilmni ham o`rganib, «har jeki mashhul» bo`lsa, fikr yuritib o`zlashtira borgan. U ko`proq tarix o`qish, she`r san`ati ustida muhokama yuritish bilan shug`ullangan. Fuod «Qal`ai jism» degan joyda o`sadi. «Qal`ay jism» qasrlari oldida 360 Nahr va 440 anhor bo`lib, bundan butun mamlakat foydalanar edi. Aqlshoh shu joyning hukmronligini o`g`li Fuodga topshiradi. Fuod bu joyni adolatparvarlik bilan idora qildi:

HUSN obrazi. Husn Shahriyori Ishqning qizi bo`lib, u go`zal, bilimdon, tadbirli, bardoshli bo`lishi bilan birga, vafo va sadoqat timsoli hamdir. Husn naqqoshlik, binokorlik, musiqa va she`riyatni juda sevadi. Xayol uning yonida naqqoshlik qilsa, G`amza parvonavozlik qiladi. Husn, Qal`ai diydor»da yashab, xotin qizlar bilan birga bo`ladi, ornomusi va yurt himoyasi uchun Mardona kurashda sherga teng keladigan bu xotin-qizlarga homiylik qiladi. Husn Nazarni samimiyat bilan kutib oladi. Fuod ishqning nishonasi sifatida «Chashman hayvon» aqiqini berib, naqqosh Xayol bilan nag`minavoz G`amzoni unga qo`shib yuboradi. Ammo «Qal`ai diydor»ga lashkar tortgan Aqlshohga qarshi otlanishga majbur bo`ladi. U adashmaslik uchun kengashib ish qilishni birdan-bir tadbir deb biladi. Shuning uchun ham u o`z farmonida quyidagilarni aytadi:
Ishq-ideal shoh obrazi. Nishotiyning tasviricha, Ishq kishilarni qadrlash, do`stlikka rivoj berish, maslahat bilan ish ko`rishi, yurt obodonligi uchun g`amxo`rlik qilish kabi oshjanob insoniy xislatlarga ega bo`lgan. Shoir Ishqning g`alabasidan, riyokorlikning mahv etilishidan quvonadi, she`riga qanot bog`lab, zamoniga etib keladi o`zining zamon «zarqi riyo»laridan uzoq turgan holda, Ishqning fazilatlariga ixlosmandligini bildirib:

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling