Mavzu: Nochiziqli elektr va magnit zanjirlaridagi davriy jarayonlar


Download 7.1 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi7.1 Kb.
#1386712
Bog'liq
Ziyodullayev Ortiq KEM 21BS

Mavzu:Nochiziqli elektr va magnit zanjirlaridagi davriy jarayonlar

Guruh:KEM21BS

Tayyorladi:Ziyodullayev Ortiq

Reja: 1 Umumiy ma’lumotlar 2 Nochiziq xarakteristikalarni approksimatsiyalash 3 Ekvivalent linearizatsiya usuli 4 O‘zgaruvchan tok zanjirlarida nochiziq sig‘im

N Nochiziq qarshilik chiziqli qarshilikdan quyidagi umumiy xossalari bilan tubdan farq qiladi:1) VAXning bir bo‘lagidan boshqa bo‘lagiga o‘tganda statik va dinamik qarshiliklar qiymatlari o‘zgarishsiz saqlanmaydi;2) Statik va dinamik qarshiliklar umumiy holda bir-biriga teng emas (ular VAXning ayrim nuqtalari va bo‘laklarida bir xil bo‘lishi mumkin);3) Nozichiq element nosimmetrik xarakteristikaga ega bo‘lishi mumkin: qarshilikning qiymati elementga berilgan kuchlanish ishorasiga bog‘liq bo‘ladi, boshqacha qilib aytganda, nochiziq element ventil xususiyatiga ega bo‘ladi.

Nochiziq elementlarning o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklarda olingan xarakteristikalari ko‘pchilik hollarda bir-biridan tubdan farq qiladi. Ammo ayrim guruh nochiziq elementlarda VAX, kulon-volt va veber-amper xarakteristikalar o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklarda bir xil bo‘ladi. Bunday nochiziq elementlar noinersion nochiziq elementlar deb ataladi. Shu nuqtai nazardan o‘zgaruvchan tok zanjiridagi nochiziq elementlar aktiv, induktiv va sig‘im elementlarga bo‘linadi. Bu elementlarning har biri boshqarilmaydigan va boshqariladigan turlarga bo‘linadi.

Nochiziq va nosimmetrik VAXli element yordamida o‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilash, ya’ni o‘zgarmas tokka o‘zgartirish, signalni modulyatsiyalash yoki demodulyatsiyalash mumkin. Simmetrik xarakteristikaga ega bo‘lgan nochiziq reaktiv elementlar yordamida chastotani ko‘paytirish, kuchlanishni mutadillash va boshqa amallarni bajarish mumkin.

Agar noinersion nochiziq elementga sinusoidal kuchlanish berilsa, u holda xarakteristikaning nochiziqligi tufayli elementlardan o‘tadigan tok nosinusoidal bo‘ladi . O‘z navbatida nochiziq element orqali sinusoidal tok o‘tkazilsa, undagi kuchlanish tushuvi nosinusoidal bo‘ladi . Shunday qilib, aytish mumkinki, nochiziq element nosinusoidal kuchlanish va tok manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Ayrim nochiziq qarshiliklarda xarakteristikaning nochiziqligi elementni tokdan qizishi natijasida undagi haroratning o‘zgarishi tufayli yuz beradi. Haroratning o‘zgarishi inersion jarayon bo‘lganligi sababli nisbatan kichik (f=50 Gs) chastotalarda ham nochiziq elementning harorati va qarshiligi o‘zgaruvchan tok davri mobaynida o‘zgarmay qoladi. Shuning uchun ham kuchlanish va tok oniy qiymatlari orasidagi bog‘lanish chiziqli bo‘lib, ularning ta’sir etuvchi qiymatlari orasidagi bog‘lanish esa nochiziq bo‘ladi. Bunday nochiziq elementlar inersion elementlar deyilib, ularga cho‘g‘lanish lampasi, baretterlar, yarim o‘tkazgichli termoqarshiliklar va boshqalar kiradi.

Nochiziq xarakteristikalarni approksimatsiyalashNochiziq element VAXsini analitik funksiya bilan ifodalash approksimatsiyalash deb ataladi. Xarakteristikani aniq approksimatsiyalash uni ifodalovchi analitik funksiyani murakkablashtiradi. Shuning uchun amalda soddaroq analitik funksiyalardan foydalaniladi. Bularga darajali polinom, ko‘rsatkichli funksiya, bo‘laklab - chiziqli approksimatsiyalash va boshqalar kiradi.

1. Darajali polinom yordamida approksimatsiyalash. Bunda bog‘lanish uzluksiz va , va hokazo hosilalari mavjud bo‘lganda u Teylor yoki Makloren qatoriga yoyiladi. Qatorning hadlari qancha ko‘p bo‘lsa, u berilgan xarakteristikani shuncha aniq ifodalaydi. Ko‘pincha, hisoblashlarda 3 – darajali had bilan chegaralaniladi. Masalan, agar xarakteristikasi 3 – darajali polinom bilan approksimatsiyalangan nochiziq elementga kuchlanish berilgan bo‘lsa, u holda elementdan o‘tayotgan tok turlicha bo’ladi.

Bo‘laklab – chiziqli approksimatsiyalash. Bu usul berilgan nochiziq xarakteristikani bir yoki bir nechta siniq chiziqlar bilan almashtirishga asoslangan. Bunday almashtirish zanjirni chiziqli tenglamalar yordamida ifodalash va hisoblash imkonini beradi. Xarakteristikaning har bir chiziqli bo‘lagi uchun chiziqli tenglama tuziladi. Bunda har bir bo‘lak oxiridagi kattalik keyingi bo‘lakning boshlanish kattaligi bo‘lib xizmat qiladi.Bo‘laklab-chiziqli approksimatsiyalash nochiziq zanjirlardagi turg‘un va o‘tkinchi jarayonlarni hisoblashda foydalaniladi.

Ekvivalent linearizatsiya usuliAgar tadqiq qilinayotgan nochiziq zanjirda nochiziq elementlar xarakteristikalarining nochiziqlik darajasi nisbatan kichik, ya’ni yuqori garmonikalarning ulushi kam bo‘lsa, u holda bunday zanjirning nochiziq elementlari linearizatsiya qilinishi mumkin.Zanjirdagi nochiziq element garmonik yoki energetik balans prinsipi asosida ekvivalent chiziqli element bilan almashtirilishi mumkin. Bunda ikkala elementdan ham bir xil sinusoidal tok o‘tadi, deb hisoblanadi.

Ekvivalent chiziqli elementni garmonik balans prinitsipi asosida tanlashda nochiziq elementdagi kuchlanish asosiy garmonikasining amplitudasi chiziqli elementdagi kuchlanish amplitudasiga teng qilib olinadi.Energetik balans prinsipiga ko‘ra esa ekvivalent chiziqli qarshilik yoki energiya to‘plovchi elementni tanlashda chiziqli va nochiziq elementlardagi aktiv yoki mos reaktiv quvvatlar teng qilib olinadi.

E’tiboringiz uchun raxmat


Download 7.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling