Mavzu: Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish


Download 15.66 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi15.66 Kb.
#1246832
Bog'liq
1 A B


Mavzu: Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga


muvofiq muassasa shaklida tashkil etiladi.Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari bo'lishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta'lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasining ≪Ta'lim to'ghaqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada bo'lish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning ovqatlanishi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko'rsatish shtatdagi yoki sog'liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan
tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'i
va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o'tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi
uchun javob beradilar. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini tibbiy ko'rikdan o'tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Download 15.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling