Mavzu: Nomoddiy aktivlarni qayta baholash hamda ularni balansdan chiqarish hisobi Kirish
Nomoddiy aktivlarning foydalanish muddatining tugashi va balansdan chiqarilishini hisobda aks ettirish
Download 62.83 Kb.
|
nomoddiy aktivlar
Nomoddiy aktivlarning foydalanish muddatining tugashi va balansdan chiqarilishini hisobda aks ettirish
Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida balansdan chiqariladi: a) tugatilishi; b) sotilishi; v) ayirboshlash; g) tekinga berilishi; d) ustav kapitaliga ta’sischining ulushi ko‘rinishida berilishi; e) yuridik shaxs ta’sischilari tarkibidan ta’sischining chiqishida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilinishi; j) kamomad dalillarini aniqlash. Nomoddiy aktivlar chiqib ketishidan moliyaviy natijani (foyda yoki zararni) aniqlashda oldingi qayta baholashlardan hosil bo‘lgan nomoddiy aktivlarni bahosi o‘sishi summasining qoldig‘i, ya’ni nomoddiy aktivlar ushbu obyektining avvalgi bahosi o‘sishi summalarining bu obyektni avvalgi bahosining pasayishi summasidan oshishi boshqa aktivlar chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar kreditiga kiritilib, bir vaqtni o‘zida 8510 “Uzoq muddatli aktivlar qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti bo‘yicha rezerv kapital kamaytiriladi.16 Mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan sabablar bo‘yicha chiqib ketgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2005-yil 25-martdagi 35-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-son BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (ro‘yxat raqami 1485, 2005-yil 27-iyun — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) kuchga kiritilguniga qadar, 8510 “Uzoq muddatli aktivlar qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotida hisobga olingan, chiqib ketgan nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari (saldo), ya’ni ushbu nomoddiy aktivlarni avvalgi bahosini o‘sishlari summalarining ularni avvalgi bahosini pasayishlari summasidan oshishi 8520 “Rezerv kapital” schyotiga ko‘chiriladi. Shu munosabat bilan, tashkilotlar 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotida hisobga olinadigan qayta baholash natijalari (saldo)ni, ya’ni avvalgi bahosini o‘sishlari summalarining avvalgi bahosini pasayishlari summasidan oshishini quyidagi ikki qismga bo‘lishlari kerak: balansda qayd etilgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2005-yil 25-martdagi 35-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-son BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (ro‘yxat raqami 1485, 2005-yil 27-iyun — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) kuchga kiritilguniga qadar chiqib ketgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha qayta baholash natijalari (saldo). Nomoddiy aktivlar quyidagi hollarda ularni tugatish munosabati bilan balansdan chiqarilishi mumkin: a) belgilangan foydali xizmat muddati tugaganidan (amortizatsiya ajratmalari to‘liq hisoblanganidan) keyin; b) tegishli vakolatli davlat organlarining qarorlariga muvofiq; v) ma’naviy eskirgan nomoddiy aktivlar;* g) bundan keyin foydalanishga yaroqsiz ahvolga kelib qolgan nomoddiy aktivlar. Tashkilotlarda tugatish nomoddiy aktivlarni munosabati bilan ularni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun rahbar tomonidan tayinlanadigan shaxs raisligida komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga tegishli mutaxassislar, buxgalteriya xodimlari va tashkilotning moddiy javobgar shaxslari kiritilishi kerak. Komissiya tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tuziladi. Nomoddiy aktivlarni tugatish munosabati bilan ularni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun tuziladigan komissiya quyidagi vakolatlarga ega bo‘ladi:17 a) hisobdan chiqariladigan nomoddiy aktivlarning holatini o‘rganishni amalga oshirib, bunda mutlaq huquqlarni tasdiqlaydigan zarur hujjatlar (patent, pasport va boshqa hujjatlar), shuningdek buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanadi; b) ularni qayta tiklashning mumkin emasligi yoki iqtisodiy maqsadga nomuvofiqligini belgilaydi; Ma’naviy eskirgan nomoddiy aktivlar — xuddi shunday maqsaddagi nomoddiy aktivlarning yanada unumdor va tejamkor turlarini ishlab chiqish (yaratish) natijasida qadrsizlanadigan nomoddiy aktivlar. v) nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish sabablarini belgilaydi (amortizatsiya ajratmalarini to‘liq hisoblash, foydalanishning normal sharoitlari buzilishi, tabiiy ofatlar va hokazo); g) nomoddiy aktivlarning foydalanishdan muddatdan avval chiqib ketishida aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi. Nomoddiy aktivlarni tugatish munosabati bilan ularni hisobdan chiqarish to‘g‘risida komissiya qabul qilgan qarorning natijalari mazkur Nizomga 1-son ilovaga muvofiq nomoddiy aktivlarni tutagish dalolatnomasi (NM-4-son shakl) bilan rasmiylashtiriladi.Tugatilayotgan nomoddiy aktivlarni yo‘q qilish uchun asos bo‘lib hisoblanadigan nomoddiy aktivlarni tugatish dalolatnomasi (NM-4-son shakl) ikki nusxada tuziladi, tashkilot rahbari tayinlangan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Birinchi nusxa buxgalteriyaga beriladi, ikkinchisi nomoddiy aktivlar obyektlarining saqlanishi uchun mas’ul shaxsda qoladi. Nomoddiy aktivlarni tugatish dalolatnomasida tugatilayotgan nomoddiy aktivlarni tavsiflaydigan quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: ishlab chiqish (tayyorlash) yili, uning tashkilotga kelib tushish sanasi, foydalanishga topshirish sanasi, nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati (qayta baholangan nomoddiy aktivlar uchun — qayta tiklash qiymati), buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo‘yicha butun foydalanish muddatida hisoblangan amortizatsiya summasi, tugatish sabablari va hokazo. Falokatlar yoki normal foydalanish sharoitlarini buzish oqibatida chiqib ketgan nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarayotganda tugatish dalolatnomasiga falokat yoki normal foydalanish sharoitlari buzilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomaning ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi, shuningdek falokatga yoki normal foydalanish sharoitlari buzilishiga olib kelgan sabablar izohlanadi va aybdor shaxslarga nisbatan ko‘rilgan choralar ko‘rsatiladi. Tabiiy ofatlar oqibatida chiqib ketgan nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarayotganda tugatish dalolatnomasiga maxsus hukumat komissiyasining xulosasi ilova qilinishi mumkin. Tugatish jarayoni yakunlangach tashkilot buxgalteriyasi tomonidan mazkur Nizomga 2-son ilovaga binoan shaklda nomoddiy aktivlarni tugatish natijalari to‘g‘risida ma’lumotnoma tuziladi. Nomoddiy aktivlarni tugatishdan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlar qoldiq (balans) qiymati va ularni tugatish bo‘yicha xarajatlarning rezerv kapitalni hisobga oluvchi schyotlarida hisobga olinadigan nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari (saldo)ga, ya’ni nomoddiy aktivlar ushbu obyektini avvalgi bahosini o‘sishlari summalarining uni avvalgi bahosini pasayishlari summasidan oshishiga tuzatilgan summasi sifatida belgilanadi. Tashkilotlarda nomoddiy aktivlarni tugatish munosabati bilan ularni balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati hisobdan chiqarilganida: debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti; kredit nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400); b) nomoddiy aktivlarning jamg‘arilgan amortizatsiyasini hisobdan chiqarayotganda: debet nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500); kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti; v) tugatish xarajatlari summasiga: debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti; kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500)ni hisobga oluvchi schyotlari va boshqa tegishli schyotlar; g) rezerv kapitalni hisobga oluvchi schyotlarida hisobga olinadigan, nomoddiy aktivlar ushbu obyektini qayta baholash natijalari (saldo) summasiga: debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlar qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti; kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti; d) nomoddiy aktivlarni tugatishdan foyda summasiga: debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti debeti; kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti; e) nomoddiy aktivlarni tugatishdan zarar summasiga: debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti; kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti. Nomoddiy aktivlarni sotish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va ular sotuvchi tashkilot balansidan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi. Bunda tashkilot qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nomoddiy aktivlarni sotishning boshqacha qiymatini belgilash huquqiga egadir, bu qiymat balans qiymatidan farq qiladi. Nomoddiy aktivlarni sotishdan moliyaviy natija (foyda yoki zarar), qo‘shilgan qiymat solig‘i va ularning sotish xarajatlarini, rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadigan nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari (saldosi)ga, ya’ni nomoddiy aktivlar ushbu obyektining avvalgi baholari o‘sishi summalarining uni avvalgi baholari pasayishi summalaridan oshgan summasiga korrektirovka qilgan holda nomoddiy aktivlarni sotishdan tushum va qoldiq (balans) qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Tashkilotlarda nomoddiy aktivlarni sotish munosabati bilan ularni balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) nomoddiy aktivlarning sotish (realizatsiya) qiymati summasiga: debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti; kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti; b) qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblangan taqdirda: debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti; kredit 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” schyoti; v) nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatini hisobdan chiqarganda: debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti; kredit nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400); g) nomoddiy aktivlarning jamg‘arilgan amortizatsiyasi hisobdan chiqarilishida: debet nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500); kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti; d) sotish xarajatlari summasiga: debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti; kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500)ni hisobga oluvchi schyotlari va boshqa tegishli schyotlar; e) rezerv kapitalni hisobga oluvchi schyotlarida hisobga olinadigan nomoddiy aktivlar ushbu obyektini qayta baholash natijalari (saldo) summasiga: debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlar qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti; kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti; j) nomoddiy aktivlarni sotishdan foyda summasiga: debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti; kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti; z) nomoddiy aktivlarni sotishdan zarar summasiga: debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti; kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti. Nomoddiy aktivlarni nomoddiy aktivlarga ayirboshlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va ular mazkur aktivlarni nomoddiy aktivlarga ayirboshlashga berayotgan tashkilotning balansidan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi.18 Xulosa Korxonaning bozorga o'tishi sharoitida buxgalteriya hisobining korxona mulki va uning majburiyatlari to'g'risida to'liq va ishonchli ma'lumot olishning eng muhim vositasi va bu ma'lumotlarni foydalanuvchilarga o'z vaqtida etkazib berishning roli sezilarli darajada oshib bormoqda.Buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish sohasidagi korxonalar huquqlarining kengayishi munosabati bilan buxgalteriya xizmatlari buxgalteriya hisobini har xil ob'ektlar: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish va sotish jarayonlari, hisob-kitoblar, kapital va moliyaviy investitsiyalar va boshqalarni optimal tashkil etish muammosiga duch kelmoqdalar.Ushbu kurs ishi nomoddiy aktivlarni hisobga olishni tashkil qilish bilan bog'liq bir qator masalalarni ko'rib chiqadi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida quyidagi xulosalar chiqarish mumkin:Nomoddiy aktivlarni hisobga olish uchun ularning tarkibi va maqsadiga qarab xilma-xilligi sababli ularning tasnifi muhim ahamiyatga ega, shu asosda nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati to'g'risida hisobotlar tuziladi, shu sababli ushbu turdagi mablag'larni hisobga olish buxgalteriya bo'limida korxona mulkchilikning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar, ularning turlari bo'yicha tashkil etiladi.Foydaning qat'iy foizi sifatida nomoddiy aktivlarning qiymatini emas, balki mukofotlar miqdorini belgilovchi rol o'ynaydigan royalti ushbu nomoddiy aktivlarning butun hayot aylanishiga taalluqlidir.Royaltidan foydalangan holda nomoddiy aktivlarni baholash metodologiyasi aktivning butun hayot aylanishini bilishni o'z ichiga oladi, uni oldindan aytish deyarli mumkin emas. Bundan tashqari, odatda, nomoddiy aktivlarning kutilayotgan ma'naviy eskirganligini oqlash mumkin emasligi sababli, nomoddiy aktivlarning butun hayot aylanishi davomida foyda miqdorini ishonchli hisoblash mumkin emas. Nomoddiy aktivlarning qiymatini ma'lum bir taxmin qilinadigan davr uchun (atigi bir necha yil) foyda miqdoridan foydalangan holda hisoblash to'g'ri bo'ladi. Ammo ushbu nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan foyda ma'lum vaqt davomida nomoddiy aktivlarni sotuvchi va xaridor o'rtasida, nomoddiy aktivlarning egasi va uni o'z ichiga olgan mahsulot ishlab chiqaruvchisi o'rtasida teng taqsimlanishi maqsadga muvofiqdir. Download 62.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling