Mavzu: Novdalarning monopodial va simpodial o’sish yo’nalishi Reja: Novdalarning monopodial o’sish yo’nalishi


Download 181.04 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi181.04 Kb.
#1314785
Bog'liq
1-mustaqil ish


Mavzu: Novdalarning monopodial va simpodial o’sish yo’nalishi
Reja:

  1. Novdalarning monopodial o’sish yo’nalishi

  2. Novdalarning sympodial o’sish yo’nalishi

Novda - yuksak o’simlikiarning asosiy organi hisoblanadi. Novdalar vegetativ va generativ guruhlarga boiinadi. Vegetativ novdalar - poya, barg va kurtaklardan tashkil topgan bo’lib , havodan (fotosintez) oziqlanish vazifasini bajaradi. Generativ yoki reproduktiv novda — guldan tashkil topgan bo’lib , o’simliklarda ko‘payish vazifasini ta’minlaydi. Novda ildiz kabi uchki meristemadan hosil boigan birdan — bir organdir. Novda ildizga nisbatan murakkabroq tuzilishga ega bo’lib , taraqqiyotining bosh lang‘ich etaplaridayoq maxsus organlarga: bo‘g ‘imlarga, bo‘g ‘im oraliqlariga — metamerlarga, yon organlarga — barglar va kurtaklarga shakllanadi. Novdalarning asosiy vazifasi o’tkazuvchanlik, tayanch va oziq moddalami to‘plashdir. Barglarda fotosintez jarayoni natijasida sentezlangan organik moddalar poyaning floema o’tkazuvchi naylari orqali o’sayotgan barglarga, poyaning o’ziga, ildizga, gullarga, urug4 va mevalarga boradi. Novdalarning ildizlardan farqi ularda bo‘g‘imlaming bo’lishi va barglami hosil qilishidir


Poyalardan barglarning hosil bo’lgan joyiga bo‘g‘imlar deyiladi. Ba’zi o’simliklar guruhlarining (bug‘doydoshlarda, qirqbo‘g‘imdoshlarda, chinniguldoshlarda) poyalarida bo‘g ‘imlar juda yaxshi ajralib turadi. Ba’zi o’simliklarda esa bo‘g ‘imlar unchalik yaxshi bilinmaydi. Agar barglar asosi bilan bo‘g im lam i to iiq o’rab tursa, bunday bo‘gim larga yopiq bo‘g ‘imlar deyiladi, to iiq o’ramasa ochiq bo‘g ‘imlar deyiladi. Ikkita bo‘g ‘imlar oraligidagi masofa bo‘g ‘im oralig‘i deyiladi. Odatda, novdalarda bir necha, ba’zida juda ko‘p bo‘g ‘imlar va bo‘g im oraliqlari mavjud bo’lib , ular novdalar bo‘ylab takrorlanib boradi, ya’ni novdalar metamerlik tuzilishga ega bo’ladilar. O’simliklaming murtakdan hosil bo’lgan novdasi uning asosiy novdasi bo’lib , birinchi tartibli novda deyiladi, uning uchki tomonida novdaning barcha metamerlari hosil bo’ladigan kurtak joylashgan. Uchki kurtak saqlanar ekan undan yangi metamerlar paydo bo’lib novda bo‘yiga o’sish xususiyatiga ega bo’ladi. Uchki kurtaklardan tashqari novdalarda yon kurtaklar ham mavjud bo’lib , bo‘g’imlarning yuqorisida barg qo‘ltig‘ida paydo bo’ladi.

Novdalarning uchki meristemasining tuzilishi va faoliyati. Kurtakning uchki qismida novdaning uchki meristemasi joylashib — apeks deyiladi. Apeks aktiv ishlovchi o‘sish markazi bo’lib , novdaning barcha organlarini va birlamchi to‘qimalarni shakllanishini ta’minlaydi. Apeksning doimiy yangilanib turishini ta’minlovchi manba apikal meristemaning initsial hujayralari bo’lib , apeksning uchki qismida joylashgan. Novdaning vegetativ apeksi, ildiz apkesidan farq qilib, doimo tashqi tomonga boshlangich bargchalar bo'ritmalarini — barg primordiyalarini (lat. - boshlangich) hosil qiladi. Ular pastdan yuqoriga akropetal ketma-ketlik bilan paydo bo’ladi.
Poya apeksining o’sish konusi deb nomlangan uchki — distal qismida ikki qavat meristema hujayralari yaxshi ko‘rinadi. Tashqi qatordagi hujayralar konusining tashqarisiga perpendikulyar (antiklinal) boiinib (unika deb nomlanadi va poyaning birlamchi qoplovchi to’qima epidermasini hosil qiladi. Tunikaning tagida yotgan meristema hujayralarini korpus deb nomlanib, poyaning barcha ichkaridagi to‘qimalarini - po‘stloq va markaziy silindmi hosil qiladi.
Download 181.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling