Mavzu: nurlanish pirometrlari va ularning ishlash
-rasm. Optik pirometrning prinsipial sxemasi
Download 317.52 Kb. Pdf ko'rish
|
15-amaliy mashg\'ulot. Nurlanish pirometrlari.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.3-rasm. Zamonaviy raqamli termometr sxemasi.
15.2-rasm. Optik pirometrning prinsipial sxemasi.
1 - obyektiv linzasi; 2 - okulyar linzasi; 3 - pirometrik lampa; 4 – qizil yorug‘lik filtri; 5 – kul rang yutuvchi filtr; 6 – chiqish diafragmasi; 7 – kirish diafragmasi. Asbobsozlik sanoatida turli konstruksiyalardagi yoʻqoluvchi tolali optik pirometrlarni ishlab chiqariladi. Ularning oʻlchash diapozoni 800 ℃ dan 10000 ℃ gacha. Xatolik chegarasi ±1,5 % dan oshmaydi. Bu pirometrlar bilan haroratni oʻlchash vaqtidagi qiyinchiliklardan biri – real jismning nurlanish toʻliqsizligiga toʻgri tuza-tish kiritishdan iborat. Turli materiallar uchun qoralik koeffisientlari tegishli jadvallarda keltirilgan, lekin ularning konkret sharoitlarda oʻzgarishini doimo nazarda tutish kerak. Yuqorida keltirilgan optik pirometr koʻchma asbobdir. U bilan uzluksiz oʻlchash va haroratni qayd qilish mumkin emas. Lazer termometrlari an’anaviy usullar samarasiz boʻlgan sharoitlarda qoʻllaniladi. Quyidagi 15.3-rasmda zamonaviy dastur asosida ishlaydigan termometrning sxemasi keltirilgan. Bu termometrda asosiy element PIC16F873A mikroprotsessori boʻlib, u dastur asosida ishlaydi. Termometrda DS 18B20 harorat datchigi qoʻllanilgan. Bu datchik orqali olingan harorat haqidagi ma’lumot signallari mikroprotses-sorga uzatiladi. Mikroprotsessor qabul qilingan signallarni tahlil qiladi va LCD 16x2 displey ekraniga uzatadi. Termometr 5…12 V kuchlanishli barqarorlashgan doimiy tokda ishlaydi. 15.3-rasm. Zamonaviy raqamli termometr sxemasi. 15.4-rasmda esa umumiy anodli BA56-12SRWA indikatorli zamonaviy termometrning tuzilish sxemasi keltirilgan. Unda DS18B20 yoki DS1820 rusumli harorat datchiklaridan foydalanilgan boʻlib, ularning xatoligi 0,1 °C … 0,5 °C ga teng. Termometrning sxemasiga nazar tashlaydigan boʻlsak, unda dastur asosida ishlaydigan PIC16F628A rusumli mikroprotsessor qoʻllanilganligini koʻrishimiz mumkin. Termodatchik oʻlchanayotgan harorat haqidagi signallarni mikroprotsessorga uzatadi, mikroprot-sessor esa oʻz navbatida olingan ma’lumotlarni tahlildan oʻtkazib, BA56-12SRWA suyuq kristalli displeyga uzatadi. Dasturning oʻzi datchik tipini aniqlaydi. Termometrning oʻlchash diapazoni -55 °C dan +125 °C gacha. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling