Мавзу: Нутқ маданияти фанининг предмети ва вазифалари


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/33
Sana05.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#220793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Bog'liq
oqituvchi nutqi madaniyati

 

Mavlono Riyoziy 

Mavlono  Riyoziy  Zove  deb  atalgan  viloyatda  o`sgan  bo`lib,  o`z  bilimi  

bilan  qozilik  lavozimiga  ko`tariladi.  Insonparvarlik  qarashlari    tufayli  qozilik 

lavozimidan  chetlashtiriladi,  g`ariblikda,  ta`qib  ostida  hayot  kechiradi.  Uning 

nutqida hamdarlik tuyg`ulari  kuchli bo`lgan. Nutq so`zlash jarayonida yig`lash 

darajasiga  yetib  borgan.  Shuningdek,  u  zamonasining    iste`dodli  donishmandi, 

dunyoviy fanlar bilimdoni, mashhur pedagog sifatida shuhrat qozongan. 

Husayn Voiz Koshifiy  Eronning shimoliy-sharqidagi  Sabzavor shahrida 

tug`ilgan.  Voiz  Koshifiy  ko`p  fanlarni  egallagan  ,  mashhur  olim  bo`lgan. 

“Javohirut  tafsir”  yoki  “Tavsiri  Husayniy”,    “Mavohibud      dunyo”,  “Lubbi  

lubob”,  “Anvari    Suxayliy”,  “Ravzatush    shuhado”,  “Dah  majlis”,  “Ahloqi 

Muhsiniy”,  “Mahzanul  insho”,  “Sabo”,  “Koshifiya”,”Asrori  Qosimiy”, 

“Hotamnoma”, “Ixtiyoriyot”, “Matla`ul -anvor” kabi  asarlar muallifi. 

Shu  qadar  mashhur  voiz  bo`lganki,  uning  nutqini  tinglash  uchun  turli 

tomonlardan odamlar kelgan notiqning ovozi etib borolmagan o`rinlarda  uning 

ichki ruhiy holatini turli holatlar orqali ifodalanishini  kuzatganlar. Uning o`g`li 

Faxriddin Ali Safiy “Latoyifut-tavoif” asarida otasi haqida  ma`lumotlar beradi. 

Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro bu voizning mahoratiga qoyil qolganliklari 

uchun  hatto  o`z  asarlarini  rasmiy    ijro  etish  uchun  bu  ishga      Husayn      Voiz 




 

15 


Koshifiyni  munosib  ko`rganlar.  898  (1492)  yil  8  noyabrda  A.  Jomiyning  dafn 

etish  marosimida    Navoiy    o`zining  tarkiband-tarixini  va  7  band  140  misradan 

iborat  marsiyani o`qib eshittirish  uchun unga  topshiradi. Voiz  Koshifiy jadval  

asosida  ishlagan.  Xondamirning  aytishicha,  juma  kuni  Hirotning  markaziy 

chorsusida    shoh  namozgohida  va`z  aytsa,  shu  kun  peshindan  keyin  Navoiy 

masjidida,  seshanba  kuni  Sulton  Husayn    madrasasida,  chorshanba  kuni  pir 

(Muraj)  Mujarrad  Xoja  Abdul  Valid  Ahmad  mozori  boshida,  payshanba  kuni 

Sulton Ahmad Mirzo mozori boshida nutq so`zlagan.  

Bu  narsa  notiqning  nihoyatda    bilimdon,  serg’ayrat    ekanligidan 

dalolatdir.  

O`zbek  harbiy notiqlarining eng zabardasti  Boburdir: “Mavlono Bobur  

Mirzo  nutq so`zlaganda so`z  bilan tog`ni narm aylardi” (Muhammad Solih)  

Notiqlik  san`ati tarixi ulkan  xazina  bo`lib uni o`rganish hozirgi kunda  

ham    muhimdir.  “Husayn  Voiz  Koshifiy  Alisher  Navoiyning  muxlisi,  shogirdi 

va do`sti bo`lgan. U “Tavsiri Husayniy” va “Javohir ut-tafsir at-tuhfat ul-Amir” 

nomli tafsir asarlarini Alisher Navoiyga bag`ishlab yozgan”

1



 “...Sharq  mutafakkirlari  notiq  oldiga  tilni    puxta  o`rganish,  uning 



lug’aviy  boyligi  va  grammatikasini  chuqur  egallash,  mantiqli  so`zlashni  

o`rganish, nutqning ichki (mazmun) va tashqi (shakl) ko`rinishiga birday e`tibor 

berish, go`zal va ta`sirchan nutq tuza bilish, nutq boyliklarini maqsadga muvofiq 

hamda  o`rinli  ishlatish  vazifalarini  qo`yadilar  va  ularning  ijrosini  chuqur  tahlil 

etadilar”

2

.  



Bugungi    kun  o`qituvchisi  notiqlik  san`ati  tarixini  chuqur  o`rganmog`i, 

o`z amaliy faoliyatida foydalanmog`i maqsadga muvofiqdir.             

           


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling