Publisistik uslub. Davrning ijtimoiy-siyosiy dolzarb masalalarini
jo’shqinlik bilan aks ettirish publisistik uslubga xosdir. Tarixiy yoki boshqa har
xil dalillarni nutqqa kiritib, mantiqiy umumlashmalar chiqarish yoki bu ishni
tinglovchiga havola etish, fosh etilgan shaxs yoki hodisalar ustidan kinoya,
kesatiq, piching hamda qochrimlar qilish , ritorik, so’roq gaplardan foydalanish
publisistik nutqni jonli, ta'sirchan, hayajonli qiladi. Shuni aytish kerakki, har bir
publisistik nutq albatta shulardangina iborat bo’ladi, degan gap emas.
Publisistik nutqda muallif voqelikka nisbatan faol munosabatda bo’ladi.Uning
hayotga, voqelikka bo’lgan bunday munosabati dalillarni tanlashda, ularni tahlil
qilishda, tilning emotsional - ekspressiv vositalarini tasarruf etishda
ko’rinadi.Publisistik nutqda obrazlilikka katta e'tibor beriladi. Tilning tasviriy
vositalaridan keng foydalaniladi. Til vositalarini tanlash mantiqiylik va
emotsionallik talabiga qarab amalga oshadi. Publisistik nutqqa misol sifatida A.
Qodiriyning 1920-1936 yillarda yozilgan "Hoy, yer yutgur..." Mushtum"
"Oqsoqlangan emish" kabi, Hamid Olimjonning Vatan urushi yillarida bosilgan
22
"Men o’zbek xalqi nomidan so’zlayman!", "Qaytish", "Do’stligimiz haqida"
kabi asarlarini ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |