Mavzu: Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillarini nutqiy nuqsonlikka bog‘liq tomonlarini asoslash Reja


Download 27.02 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi27.02 Kb.
#1384415
  1   2
Bog'liq
Munisa2


Mavzu: Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillarini nutqiy nuqsonlikka bog‘liq tomonlarini asoslash
Reja:
Kirish ...2
I – Bob. Nutq buzilishlari va ularni tahlil qilish tamoyillari,tahlil qilish,olimlarning fikrlari
1.1. Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillarini adabiyotlardagi tahlili
1.2. Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillari haqida olimlarning qarashlari


II – Bob. Nutq nuqsonining anatoma-fiziologik sabablari,korreksiyalash usullari,nutqni shakllantirish yo‘llari
2.1. Nutqiy nuqsonning kelib chiqish sababalari, bartaraf etish yo‘llari.
2.2. Nutq nuqsonlari, nutq buzilishlarining tizimli shakllantirish yo‘llari


Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng har bir sohada ko‘plab rivojlanish va o‘zgarishlar bo‘ldi. Xususan ijtimoiy, madiniy, marifiy va boshqa sohalarda. Ta'lim tarbiya ishlarini takomillashtirish uni jahon andozalari darajasiga ko‘tarish, fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tadbiq etish muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim, ko‘nikma, malakalarini shakllantirish davlat siyosatining ustivor vazifalaridan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik palatasining 2020-yil 19-mayda qabul qilingan 2020-yil 7-avgustda maqullangan Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning I-bob 3-moddasida davlat ta’lim talablari, tarbiya ta’lim haqidagi fikrlar yoritilgan.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning II – bob 9-moddasida jismoniy, aqliy sensor (sezgi) yoki ro‘hiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlari yakka tartibda ta’lim oladi. Bundan ko‘rinib turiptiki davlatimiz konstitutsiyamizning qonunlariga asosan shu davlatda yashayotgan barcha fuqarolariga teng munosabatda bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy va ma’naviy yordam berib kelmoqda.
Bundan tashqari nafaqat tayanch harakat a’zosida balki nutqida kamchiligi bo‘lgan shaxslarni nutq nuqsonlarini bartaraf etish uchun ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Ko‘plab olimlar nuqsonni tuzatish uchun yordam beradigan bir qancha ta’moyillarini ishlab chiqish ustida ish olib bordilar va hakatlari zoyi ketmadi. Hozirda Levina yaratgan 3 ta asosiy tamoyillar ko‘plab nuqsonlarni chuqur o‘rganib bartaraf etishga yordam berib kelmoqda.

Kurs ishining obyekti: Nutqiy nuqsonga ega bo‘lgan shaxs.


Kurs ishining maqsadi: Nutq buzilishlarini taxlil qilish tamoyillarini nutqiy nuqsonga bog‘liq tomonlarini asoslash.
Kurs ishining vazifalari: Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillarini adabiyotlardagi tahlili.
- Tahlil tamoyillarini o‘rganish
- Tamoyilar haqidagi olimlarning qarashlari bilan yaqindan tanishish
- Nutq buzilishlari bilan ishlashda qo‘llaniladigan metodlar bilan tanishish

Kurs ishining metodi: Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarni fonetik-fonimatik, leksik, grommatik buzilishlarini tuzatish uchun; Artikulasiya, nafas mashqlari, har xil o‘yinlar va dedaktik metodlardan foydalanish.


I-Bob.
1.1. Tamoyillarning adabiyotlardagi tahlili


Nutq buzilishini o‘rganishda va tuzatishda logopediya fani nutq va fikrning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi anomal bolaning rivojlanishidagi umumiy va mahsus qonuniyatlarning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi nazariy qoidalarga, nutq va faoliyatning hamkorlikda rivojlanishi haqidagi, ichki va tashqi omillarning o‘zaro ta’siri haqidagi, ruhiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari haqidagi nazariyaga tayanadi.
Nutq buzilishlari va ularni tuzatishdagi muhim muammolarni hal qilish maqsadida logopediya fani materialistik, metodologiyaga tayanuvchi tamoyili va metodlardan foydalaniladi.
Shundan kelib chiqib, lopediya quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi: sistemalilik, komplekslilik, rivojlanish tamoyilini, nutq buzilishini bolaning psixik rivojlanishidagi boshqa tomonlari bilan o‘zaro bog‘liq holda qarab chiqish, faoliyatli yondaguv, ontogenitik tamoyil, yetiologiya va mexanizmlarni hisobga olish tamoyili (yetiopatogenetik tamoyil); nuqsonli nutqning buzilish alomatlari va tuzilishini hisobga olish, umumdidaktik va boshqa tamoyillar.
Ulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Sestimalilik tamoyili til haqida murakkab funksional sistema to‘g‘risidagi tushunchaga tayanadi. Uning tuzilishi komponentlari o‘zaro chambarchas aloqada bo‘ladi. Shu munosabat bilan nutqni, uning rivojlanish jarayonlarini va buzilishini tuzatishni o‘rganish nutq qurilishi tizimining barcha komponentlariga, barcha tomonlariga ta’sir etishini nazarda tutadi.
Nutq buzilishlarining o‘xshash turlarini logopedik xulosalash, tabaqalashtirib tashhis qilish uchun nutqli va nutqsiz belgilarini, tibbiy, psixologik, logopedik jihatdan tekshirish natijalarini, bilish faoliyatining rivojlanish darajasini va nutq rivojlanishi nisbatlarini, nutq holati va bolaning sensomotor rivojlanishidagi muhim jihatlarini tuzatish nuqtai nazaridan tahlil qilish zarur bo‘ladi. Bunday hollarda nutq buzilishlarini tuzatish kompleksi, tibbiy – psixologik – pedagogik xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Shunday qilib, nutq buzilishlarini o‘rganish va tuzatishda komplekslilik tamoyili muhim o‘rin tutadi.
Nutq buzilishlarini o‘rganish va ularni tuzatish jarayonida anomal bolalar rivojlanishining umumiy va o‘ziga hos qonuniyatlarini hisobga olish muhimdir.
Rivojlanish tamoyili, shuningdek bolaning yaqin rivojlanishi doirasida o‘rin olgan ma’lum vazifalar, qiyinchiliklar bosqichlarini logopedik ish jarayoniga ajratishni ham ko‘zda tutadi.
Nutq buzilgan bolalarni va ularni tekshirish, shuningdek, ular bilan olib boriladigan logopedik ishni tashkil qilish bolalarning yetakchi faoliyatlarini (predmetli-amaliy, o‘yin, tashkiliy) hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Tuzatish – logopedik ta’sir metodikasini, ishlab chiqish nutq shakllari va vazifalari namoyon bo‘lish izchilligini, shuningdek, bolaning ontogenezidagi (notogenetik tamoyil) faoliyat turlarini hisobga olgan holda olib boriladi.
Nutq buzilishlarining paydo bo‘lishi ko‘p hollarda biologik va ijtimoiy omillarning o‘zaro murakkab ta’siri bilan bog‘langan bo‘ladi. Nutq buzilishlarini samarali logopedik tuzatish uchun buzilishning har bir alohida holda buzilish yetiologiyasi, mexanizmlari, alomatlarini aniqlash, yetakchi buzilishlarni ajratib ko‘rsatish, nuqson tuzilishidagi nutqiy va nutqsiz belgilarning o‘zaro munosabatlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Nutq buzilishini o‘rganish va tuzatishda didaktik tamoyillar: ko‘rgazmalilik, tushunarlilik, onglilik, yakka tartibda yondashish va boshqalar muhim o‘rin tutadi.
1.1. Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillari haqida olimlarning qarashlari.
Nutq buzilishlari tahlilining maqsadi – nutq patalogiyalari tadqiqotlarningmazmuni, yo‘nalishini ilmiy asoslash va nuqson tuzilishini ochib ko‘rsatishdan iborat.
Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillari, nutq buzilishlari tasnifining asosini va ularning oldini olish, bartaraf etish va korreksiyalashning ilmiy asoslangan usul va yo‘llarini ishlab chiqishini tashkil qiladi.
Nutq buzilishlarini tahlil qilish, tamoyillariga ta’rif bergan dastlabki tadqiqotchilardan biri R. Y. Levina hisoblanadi. U uchta tamoyilni ajratadi: rivojlanish, tizimli yondashuv va nutqning bola psixik rivojlanishining boshqa tamonlari bilan o‘zaro aloqasini ko‘rib chiqish. Nutq buzilishlarini tahlil qilishda bu tamoyillar logopediyada yetakchi o‘rinda qoladilar.
Rivojlanish tamoyili nutq kelib chiqishining yevolyutsion – dinamik tahlilini ko‘zda tutadi.
Nutq kamchiligini statistik ta’riflashdan tashqari, uning kelib chiqishini dinamik tahlil qilish ham juda muhimdir. Nerv – psixik fuksiyalari uzluksiz rivojlanish va shakllanish jarayonida bo‘lgan bolalarda nafaqat birlamchi nuqsonning bevosita natijalarini baholash, balki uning nutqiy va bilish funksiyalarining shakllanishiga uzoq muddat ta’sir etishini ham baholash muhimdir. Bolaning yoshga oid rivojlanish dinamikasida nutqiy nuqsonni tahlil qilish, uning kelib chiqish manbalarini baholash va uning oqibatlarini oldindan aytib berish, har bir yosh davrida nutq rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlarini bilishni, uning rivojlanishini ta’minlovchi shart-sharoitlarni bilishni talab etadi.
Masalan, bolada markaziy nerv sestimasi jarohatlanishi nutq apparati muskullari innervasiyasi buziladi va bu artikulatsion organlar harakatchanligining chegaralanganligida namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida turli og‘irlik darajasidagi talaffuz kamchiliklarini keltirib chiqaradi. Biroq nutq nuqsoni bu bilan chegaralanmaydi. Nutqni idrok qilishda uning motor komponenti (takrorlab gapirish) katta rol o‘ynaydi.
Tovushlarni takrorlab gapirishdagi qiyinchilik nutqni idrok qilishning artekulatsion tayanchini buzadi.
Shuningdek nutq harakat va eshituv analizatorlarining ishida o‘zaro a’loqadorlik mavjudligi sababli u bunday hollarda kechikib shakllanadi. Tovushlarni aniq idrok qilmaslik so‘zning tovush tarkibini egallashning kechikib orqada qolishiga ham sababchi bo‘ladi va o‘z navbatida bu yozuvdagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bolalar yozishni o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga uchraydilar.
Pustloq nutq zonalarining rivojlanishida katta rol nutqiy kenisteziyalarga tegishlidir (nutq vaqtida artikulyasion organlar harakatlanishi natijasida yuzaga keluvchi impulslarga). Nutqiy kinesteziyalar artekulyasiya kamchiliklarida buziladi. Pustloq nutq zonalariga keluvchi afferent impulslar oqimi kamayadi, natijada ularning yetilishi kechikadi, bu esa nutq rivojlanishida umumiy orqada qolishni keltirib chiqaradi.
Nutq kinesteziyalar yetishmovchiligi bilan birga keluvchi artekulyasiya buzilishlarida lug‘at boyishining orqada qolishi, nutqiy xotiraning yetishmasligi va hokazolar namoyon bo‘ladi.
Bu holda, murakkablashgan talaffuzning oqibati, bola faol nutqining chegaralanganligi bo‘lishi mumkin. So‘z boyligining yetishmasligi tovush tarkibini egallashdagi qiyinchiliklar tilni grammatik qurilishini egallashning normal yunalishini izdan chiqaradi, ya’ni bolada nutqiy rivojlanmaganlik belgilari kuzatiladi.
Bunda artukulyatsio organlar chegaralanganligi (harakati) natijasida tovush talaffuzining buzilishi yetakchi nuqson bo‘lsa, bunga nisbatan nutqiy rivojlanmaganlik ikkilamchi bo‘lib hisoblanadi.
Nutqiy buzilishlarning tahlili rivojlanish nuqtai nazaridan yetaksi nuqson va unga bog‘liq ikkilamchi buzilishni ajratish imkonini beradi. Bu nutq buzilishlari tashhisida muhim ahamiyatga egadir. Zamonaviy neyrofeziologiya nuqtai nazarida nutq buzilishlari tahlili, shuningdek, nutq rivojlanishini norma va patalogiyada o‘rganish, organizm funksional sestimasi shakllanishining umumiy qonuniyatlariga asoslanadi (sistemagenez). Funksional sestima haqidagi ta’limotni, miyaning turli strukturalarini keng funksional birlashishi sifatida so‘ngi natijalar olishi asosida P. K. Anohin 1978-yilda ishlab chiqdi Bu yangi metodalagik nuqtayi nazardan nutq rivojlanishini norma va patologiya sharoitida ko‘rib chiqish imkoniyati mavjuddir.
Sistemagenez nazariyasi asosida nutq funksional sestimasi rivojlanishining keskin davrlarini e’tiborga olish muhimdir.
Zamonaviy psixologiya erishgan yutuqlari asosida nutq buzilishlari tahlili tamoyili yondashuv faoliyati tamoyili bilan o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi.
Bola faoliyati uning o‘zaro kattalar bilan a’loqasi jarayonida shakllanadi va har bir davr uchun nutq rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqlik harakterlidir. Shu sababli nutq buzilishlari tahlilida bola faoliyatini baholash muhim ahamiyatga ega.
Bola hayotining birinchi yilida yetakchi faoliyat shakli uni kattalar bilan hissiy-ijobiy munosabati hisoblanadi bu dastlabki nutqiy muloqotning shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Faqat uning asosida bolada kattalar bilan muloqotga talab shakllanadi. Ovoz reaksiyalari ko‘rinishida uning dastlabki shart-sharoitlari rivojlanadi, ularning ifodaliligi, sensor funksiyalari, ya’ni kommunikativ-bilish kompleksi rivojlanadi. Bu bolaning keyingi psixik rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Tizimli yondashuv faoliyati. Tamoyilli muloqot jarayonida nutq buzilishlarini tahlil qilish uchun, ular genezini tushinish uchun va ayniqsa, ularni bartaraf etish va korreksiyalash yo‘llarini aniqlash uchun muhimdir.
Tizimli yondashuv tamoyili nutqning turli komponentlarini o‘zaro sestimali a’loqasi va sestimali qurilishga asoslanadi: uning tovush, talaffuz tomoni, fonematik jarayonlar, leksik-grammatik qurilish.
Nutq buzilishlari turli darajada u yoki bu komponentga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayrim hollarda ko‘proq uning tovush talaffuz tomoni buziladi, nutq aniqligi aziyat chekadi - fonetik-buzilishlar: boshqa hollarda tovush talaffuzining buzilishi so‘zning tovush tarkibini egallashdagi kamchilik bilan uyg‘unlashadi fonetik-fonematik buzilishlar yagona o‘zaro a’loqadorlik kompleksini o‘zida ifodalaydi. Nutq turli komponentlarining o‘zaro bog‘liqligini, so‘zning tovush tomoni, uning leksik va grammatik ahamiyatining o‘zaro aloqasi misolida ko‘rish mumkin. So‘zlarda tovush miqdori, harakteri va joylashuvining o‘zgarishi, uning leksik, ko‘pincha grammatik ahamiyatini o‘zgartiradi.
Nutq komponentlarining o‘zaro aloqasi nutq rivojlanishi jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi. Fonetik rivojlanish lug‘at boyishiga va grammatik vositalarning kengayishiga yordam beradi. Yuqorida qayd etilganidek, nutq rivojlanishi sestimageniz tamoyili bo‘yicha amalga oshadi. Bu organizm rivojlanishining o‘ziga xos qonuniyati hisoblanadi va asosiy xususiyati funksional sestimaning noteks (geteroxron) rivojlanishida iborat. Bu atrof muhit shart sharoitiga to‘g‘ri moslashuvni va moslashib ketishni ta’minlaydi dek ta’kidlab o‘tgan edi P. K. Anoxin.
Funksional sestima to‘la darajada birdaniga shakllanmaydi. Dastlab organizmning yashab ketishi uchun muhim bo‘lgan, tizimning alohida komponentlarining struktura (tuzilish) qismlari birlashadi.
Shunga bog‘liq xolda funksional sestimalar organizm hayotida moslashuvchanlikni ertaroq, ularning to‘la va tamomila yetilishiga qaraganda ertaroq egallaydilar. Nutq rivojlanishining muhim asosi nutq eshituv tizimida, so‘ng nutqning harakat analizatorida nutqning intonasiasi-ohang tononini shakllantirish hisoblanadi. Bu bola hayotining dastlabki oylarida inson ovozidagi tovushlariga sezgirligi singari muhim moslashuv ta’siriga egadir va go‘dakni o‘ziga xos insoniy, ijtimoiy muhitda yashab ketishini taminlaydi. Sestima faoliyatining aniq natijalari tashkil qiluvchi muhim omil hisoblanadi. Nutqning asosiy funksiyalarini tashkil qiluvchi kommunikasiya nutq tizimi uchun shunday foydaliy natija hisoblanadi. (V. A. Artyomov, N. I. Jinkin, A. A. Leontov va boshqalar).
Nutqning fiziologik mexanizmi ustida olib borgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, menimal ta’minlash tamoyili bo‘yicha nutqiy sestimaning semantik darajasi boshqalardan ilgari ishlaydi. Shu sababli bola nutqni ertaroq tushuna boshlaydi, so‘ngra esa gapiradi. Ekspressiv nutqning shakllanishi jarayonida bola so‘z gaplarni gapirishni boshlaydi. Bunda yaxlit so‘zlab berish mujassamlashadi, uni ifodalashda intonasiya yetakchi rol o‘ynaydi.
Shuningdek, bu funksional nutq tizimi o‘zining tamomila yetilishiga erishmay harakatga kirishishga guvohlik beradi, bu ham sistemagenezning asosiy qonuniyati hisoblanadi.
Bu holda tizimli yondashuv tamomila nutq buzilishlari tahlilida til komponentlari orasida tizimli o‘zaro aloqadorlik sifatida asoslanadi.
Bu tamoyil nutq buzilishlari pedagogik tastifining asosini tashkil qiladi, nutq buzilishlariga ega bolalar uchun maxsus muassasalarni komplektlashni, shuningdek, nutq buzilishlari oldini olish va bartaraf etishning usul va yo‘llarini aniqlaydi. R. Y. Levina tomonidan ilgari surilgan, uchinchi tamoyil bola psixik rivojlanishining boshqa tomonlari bilan nutqning aloqasi hisoblanadi L. S. Vigotskiy, A. N. Leontov, A. R. Luriya va boshqa olimlar ishning ko‘rsatishicha, insoniy nutq shakllari, nutq psixik funksiyalar va qobiliyat bolada tug‘ma bo‘lmaydi. Ular maqsad sari yunaltirilgan ta’lim va tarbiya, jamiyat hayotining shart-sharoitlari ta’siri ostida shakllanadi.
Bolaning barcha psixik jarayonlari idrok, xotira, diqqat, tasavvur, tafakkur maqsad sari yunaltirilgan xulq bevosita nutq ishtirokida rivojlanadi. (L. S. Vigotshey, A. V. Zaporojets va boshqalar).
Nutq buzilishlariga ega bolada muvofiy keluvchi tadbirlarni o‘tkazmaslik, uning intelektual rivojlanish tempini sekinlashtirishi mumkin. Nutq nuqsoni kuchli tufayli u atrofdagilar bilan kam muloqotga kirishadi, bunga bog‘liq ravishda tasavvur doirasi ma’lum miqdorda torayadi, tafakkur rivojlanishi tempi sekinlashadi.
Nutqning psixik rivojlanishning turli tomonlari aloqasi differensiatsiyalashgan va nutq komponentlarining har biri uchun. O‘ziga xos amalga oshiriladi. Masalan, tovush tadaffuzining to‘g‘ri rivojlanishi nutq apparati harakat-kinestetik funksiyasining saqlanganligiga, eshituv idroki va ular orasidagi aloqadorlikning rivojlanganligiga bog‘liq bo‘lgani singari miyaning analiz-sintez faoliyatiga ham bog‘liqdir. Bu faoliyat o‘z talaffuzini yetalan bilan (to‘g‘ri talaffuz) doimo taqqoslash imkoniyatini belgilaydi va bu yetalongaintilishni nazorat qiladi. Miya analiz-sintez faoliyatining yetishmasligida bola o‘zining nuqsonli tovush talaffuzini to‘g‘risi bilan taqqoslamaydi, u o‘z nutqi ustidan o‘zini nazorat qilalmaydi.
Analiz – sintez faoliyati nutqni idrok qilish, tovush tahlili jarayonida katta rol o‘ynaydi. Analiz-sintez fadiyati tufayli bola bir fonema belgilarini bir-biridan farqlaydi.
Nutqning leksik-grammatik va ma’no mazmun tomonining rivojlanishida tafakkur jarayonlari muhim o‘rin egallaydi. Lug‘at boyligini va grammatik qurilishni o‘zlashtirish, qachon bola eshitgan so‘zini predmet va harakat ahamiyati bilan bog‘lasa va taqqoslasagina muvaffaqiyatli amalga oshadi.
Bu holda, nutq tafakkur jarayonlarining shakllanishi bilan uzviy aloqada rivojlanadi. Nutq yordamida bola nafaqat yangi axborotni oladi, balki uni yangicha o‘zlashtirish imkoniyatini egallaydi. Bolalar hayotining birinchi yillarida nutq sezgi va idrok rivojlanishiga, gnostik jarayonlarning shakllanishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. A. A. Lyublinskiyning ko‘rsatishicha, hayotining dastlabki ikkinchi yilida hatto passiv nutqni egallash ham bolada umumlashgan idrokning rivojlanishiga ta’sir etadi, uning barcha sensor funksiyalariga faol izlanish xarakterini beradi.
Nutqning bola barcha asosiy psixik jarayonlarini qayta quradi; uning ishtiroki bilan idrok umumlashgach xarakter egallaydi, tasavvurlar rivojlanadi, menestik faoliyat takomillashadi. Nutqning leksik-grammatik tomonining rivojlanishiga qarab, bolada taqqoslash, analiz va sintez qilish kabi intelektual operasiyalar ham yaxshilanadi.
Bu quyidagi holatlar kuchi bilan amalga oshadi: u yoki bu so‘zning mazmunida bir vaqtning o‘zida predmetlarning umumiy va alohida belgilari ifodalanadi. So‘z tizimining analizatorlarga ta’sirini maxsus o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, nutqiy ta’sirlar (ko‘rsatmalar ham) ijobiy shartli reaksiyalarni ishlab chiqishni tezlashtirgani singari ularning diffensirovkasini ham yengillashtiradi.
Xulqni tartibga solishda nutqqa katta ahamiyot beriladi. (L. S. Vigotskiy, A. R. Luriya, V. I. Lubovskiy). Xulqni tartibga solish sifatida nutqning ontogenetik erta ta’siri aytib o‘tilgan. (V. I. Lubovskiy)
Tartibga soluvchi nutq rivojlanishida boshlang‘ich davrlaridan biri deb L. S. Vigotskiy yegasentrik nutqi hisoblangan.
Egasentrik nutq davrida bola o‘z harakatlarini shaxsiy nutqi bilan kuzatishni ьoshlaydi. Bola faoliyatining bajarilishi qanchalik murakkab bo‘lsa, nutq shunchalik ifodali bo‘ladi, bu holda nutq bolaning maqsad sari yunalgan faoliyatiga ta’sir etadi.
Nutqning tartibga soluvchi funksiyasining shakllanishi bosh miya po‘stlog‘i peshana qismi yetilishi bilan bevosita bog‘liqdir.
Bola hayotining, birinchi yilining oxiriga kelib harakatlarni nutqiy tartibga solish asoslari o‘rnatilgan. Bu bolaning oddiy so‘z instruksiyalarini bajarishda amalga oshadi. “Qalamni ber”, “Ko‘zingni ko‘rsat”, agar predmetni ifodalovchi so‘z o‘zgartirilganda harakatlar o‘z adekvatligini saqlasa, ya’ni bola kattalar ko‘rsatmasi bo‘yicha qalamni, qaychini, qo‘g‘irchoqni berish mumkin. (V. I. Loubovskiy).
Bunday hollarda fe’l otga nisbatan ertaroq umumlashgan xarakterga egadir. V. I. Lubovskiyning ma’lumotiga ko‘ra, ichki nutqiy boshqaruvga o‘tish, bola qachon signallar aloqasini va o‘zining javob xarakatlarini umumlashtira olish holatiga yetgandagina boshlanadi. V. I. Lubovskiy nutqiy boshqaruv va verbalizasiya buzilishini, psixikasi anomal rivojlanishining umumiy qonuniyati sifatida ko‘radi. Bu degani, rivojlanishda kamchiligi bor bolalar harakatlarni nutqiy boshqarish va o‘zini tutish yetarli bo‘lmaydi. Ular vazifalarga qiyinchilik bilan bo‘ysunadilar.
Nutq buzilishlarini baholashda bir tomondan nutq mexanizmi shakllanganligi-dasturlash va nutqiy operasiyalar, ikkinchi tomondan nutqiy malakaning shakllanganligi ya’ni bolani muloqotda nutqdan to‘g‘ri foydalana olishi muhimdir.
Bu holda, nutq buzilishlarini kompleks har tomonlama tahlil qilish, turli xil nutq kamchiliklarida nuqson tuzilishini tushunish uchun, ularni tashxisi uchun, ularni oldini olish va bartaraf etishning ilmiy asoslangan tizimi uchun muhim ahamiyatga ega.
Nutq buzilishi tahlilida motivasiya, maqsad sari yo'nalganlik operasiyalarining buzilishiga diqqat qaratiladi. Bu tashxis uchun juda muhimdir.
II – Bob.
2.1. Nutqiy nuqsonning kelib chiqish sabablari, bartaraf yetish yo‘llari.
Nutq nuqsonlari 11 ta bo‘lib, ular 2 ta turga bo‘linadi. Bular nutqiy nuqsonlar va nutq buzilishlari. Nutqiy nuqson bu tug‘ma bo‘lib ya’ni perenatal davrdagi buzilishlar sabab kelib chiqqan hisoblanadi. Nutq buzilishlari esa bolani hayoti davomida mavjud nutqining buzilishi hisoblanadi.
Bolaning ilk rivojlanish davridan boshlab va xomiladorlik davridan onaga g‘amxo‘rlik qilish keyinchalik bolalarda uchrab turadigan nutq kamchiliklarini oldini olishga imkon beradi. Bola nutqida kamchiliklar o‘zgalar nutqini tushunishdagi qiyinchilik ularni atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lishi o‘z tengqurlariga qo‘shilib ketishini qiynlashtiradi. Nutq tafakkur ko‘ra olish bo‘lganligi sababli bola ulg‘aygan sari atrof muhitdagi tasavvurlari shakllanadi va uni aks ettirishi so‘z lug‘ati orqali takomillashib boradi.
Nutqning rivojlanishda ta’lim-tarbiya ijtimoiy hamda biologik omillarning ta’siri ham kattadir.
Odam nutqi tushunarli va ma’noli bo‘lishi uchun nutq a’zolariningxarakatlari aniq to‘g‘ri bo‘lishi kerak.
Mutaxassislar nutqning o‘z vaqtida rivojlanmasligi yoki keskin sekinlashuvining sabablari juda ko‘p ekanligini aniqlashgan:
- Homiladorlik davri (prinatal davr)
- Tug‘ruq davri (natal davr)
- Tug‘ruqdan keyingi davr (postnatal davr).
- Homiladorlik davrida turli xil kasalliklarni boshdan kechirish, turli xil infeksiyalar, intoksikasiya, homila taksikozi, gepoksiya yoki kislorod yo‘qotish, qon bosimining oshishi, homilador ayol va homila qon guruhining mos kelmasligi. Homiladorlik paytida sigaret, alkogol va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish, o‘z-o‘zini davolash, ya’ni ayrim dori-darmonlarni qabul qilish. Homiladorning homila uchun xavfli bo‘lgan joylarda ishlashi (radiasiya) bular perinatal davrdagi buzilishlardir.
Tug‘ruq davrida akusherlik patologiyalari ya’ni, tos suyagining kichkinaligi, homilaning kindik o‘qiga o‘ralishi. Tug‘ruqdan oldin suv ketishi, homilaning noto‘g‘ri joylashishi, tug‘ruq jarayonida bosh miyaning jarohatlanishi, tug‘ruq jarayonida asfiksiya natijasida bolaning ko‘karib tug‘ilishi, natal davr buzilishlar hisoblanadi.
Tug‘ruqdan keyingi davr 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davrda bosh miyadan turli xil yuqumli kasalliklar sababli yuzaga keladi.
Nutq nuqsonlarini tasniflashda birinchi navbatda bolaning ruhiy, aqliy va yeshitish idroki tekshirib olinadi. Nutq nuqsonlari og‘ir – yengilligiga qarab guruhlarga ajratiladi.
Nutqiy nuqsonlar guruhiga dislalaiyaning mexanik turini, organik rinolaliyani, alaliya va shu nuqsonga o‘xshash zigota paydo bo‘lganidan homilani tug‘ilganicha ya’ni perenatal davrda, bolani tug‘ilish natal davrda va tug‘ilganidan 3 yoshgacha perenatal davrlarda bo‘lgan buzilishlar sabab kelib chiqqan nutq nuqsonlariga aytiladi.
Nutqiy nuqsonlarni nutq buzilishlariga nisbatan murakkabligini hisobga olib, uni bartaraf yetilishini bir muncha murakkabligini takidlash joiz.
Nutq nuqsonlari quyidagi mezonlar asosida tekshiriladi:
1. Gugulash davri (3 oylikdan)
2. 1 yosh 6 oylikda 10-15 ta so‘z
3. 2 yoshda 300 ta so‘z
4. 3 yoshda 1000 ta so‘z.

Nutq nuqsonlarini bartaraf etish yo‘llari:


1. Artkulasiya, nafas, mayda qo‘l muskullarini rivojlantiruvchi mashqlar:


2. Logomassaj (nuqtali, bo‘shashtiruvchi, tetiklashtiruvchi massaj):
3. Muammoli tovushni nutqqa qo‘yish (taqlid va mexanik usulida):
4. Nutqni rivojlantiruvchi didaktik o‘yinlar.
Barchasi ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim.
Bu kabi nutqiy nuqsonlarni Levina asoslab bergan 3 ta asosiy tamoyilli 1- Rivojlanish 2-Tizimli yondashuv 3-Bolani nutqini uni psixikasini boshqa tomonlari bilan aloqasi tamoyillari bilan qachon qay holda rivojlanib borganligi aniqlanadi. Hozir nutqiy nuqsonni tamoyillarga bog‘liq tomonlarini birgina dislaliya bilan izoxlaymiz. Dislaliya eng ko‘p uchraydigan nuqson turi bo‘lib, uning organik shakli markaziy asab tizimining shikastlanishi (dizartri) yoki markaziy asab tizimiga zarar yetkazmasdan (disglossiya) periferik nutq organlarining organik o‘zgarishi tufayli kelib chiqadi. Organik dislaliya homiladorlik davrida onaning har xil dori moddalarni iste’mol qilishi, ovqatlanishga rioya qilmaslik, infeksion kasalliklarga chalinish, spirtli ichimliklarini iste’mol qilish yoki shu kabi buzilishlaridan tug‘ma holatta bolada kelib chiqadi. Dislaliyani ona qornidagi bolada paydo bo‘lib uni umri davomida rivojlanib zo‘rayib borishini rivojlanish tamoyili o‘rganib boradi.
Organik yoki funksional dislaliyami qaysi bo‘lishidan qatiy nazar vaqtida chora ko‘rilmasa rivojlanib zo‘rayib og‘ir holatlarga olib kelishi mumkin yoki vaqtida bartaraf etilmagan bu nuqson o‘ziga boshqa nuqsonlarni chaqiradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
2- Tizimli yondashuv tamoyiliga keladigan bo‘lsak buni mazmuni shundan iboratki bu tamoyil muloqot jarayonida nutq buzilishlarini tahlil qilish uchun, ular genezini tushunish uchun va ayniqsa, ularni bartaraf etish va korreksiyalash yo‘llarini aniqlash uchun muhimdir.
Bu tamoyil nutqning turli komponentlarini o‘zaro sistemali aloqasi va sistemali qurilishiga asoslanadi: uning tovush, talaffuz tomoni, fonematik jarayonlar, leksik grammatik qurilish.
Dislalik bolada bu tamoyilni misollar bilan ko‘rib chiqamiz.
Aytaylik bog‘cha yoshdagi dislalik bola uni tovushlarni tushirib qo‘yish, almashtirish, yoki shu kabi tovushlarni umuman talaffuz qilmaslik kabi kamchiliklari so‘zlarni hosil qilishdagi kamchiliklarga olib keladi. Bu kamchilik esa bolani disgrafiyasiga yani yozishini buzilishiga yoki so‘zlarni to‘g‘ri o‘qiyolmaslik olisleksiyaga sabab bo‘ladi. Bunday ketma ketlikda izchil bog‘langan buzilishlarni aniqlab, uni bartaraf etish choralarini aynan shu tizimli yondashuv tamoyili ishlab chiqadi.
3-tamoyil bu bolani nutqini uni psixikasini boshqa tomonlari bilan aloqasi hisoblanadi. Buni mazmuni shundan iboratki: qay bir nutqiy nuqson bo‘lishiga qaramasdan vaqtida chora ko‘rilmasa zo‘rayib o‘ziga boshqa nutqiy nuqsonlarni birga olib keladi deb hisoblanadi. Bundan tashqari bolani nutqidagi og‘ir yoki yengil nuqson uni psixikasi ya’ni ruhiyatida ko‘plab buzilishlarga olib keladi. Masalan bolada tushkunlikka tushib, xotira, idrok, diqqat, tasavvur tafakkurlarida ham nutqiy nuqsonga bog‘liq holatta rivojlanmay qolish yoki qisman rivojlanishni ko‘rishimiz mumkin. Bola kichik yoshdan odamlarga qo‘shilmay o‘sishi uni nutqdan orqada qolish bilan birgalikda muloqot jarayoni bo‘lmaganligi sabab tasavvurini shakllanishiga to‘sqinlik qiladi. Unda fikr doirasi tor bo‘lib qoladi. Chunki insonlar bir-birlari bilan muloqot orqali fikrlaydilar, tafakkur qiladilar va tasavvur etadilar. Atrof-muhitga, insonlarga bog‘lanishni uzilishi atrofdagi narsalarni noto‘g‘ri idrok qilish yoki umuman idrok qilmaslikka olib keladi. Bundan tashqari eng katta muammo bu xotira muammosi hisoblanadi. Har bir nutqiy nuqsonda bolada xotira bilan ishlash zarur. Chunki bolada xotira shakllanmasa unga o‘rgatilgan narsalar tez esdan chiqadi. Bu psixik buzilishlar nutqiy nuqsonning kelib chiqqanligi va bartaraf etilmaganligi natijasidir.

2.2. Nutq nuqsonlari, nutq buzilishlarining tizimli shakllantirish yo‘llari.


Nutq va nutqiy bo‘lmagan nuqsonlarni ya’ni bolada kichik doirada rivojlangan nuqsonlarni o‘z vaqtida tizimli ya’ni bir-biriga bog‘liq holatta shakllantirish, korreksiyalash zarur.
Inson nutqi – bu tananing eng murakkab vazifasi. Bu nafas olish, ovozni shakllantirish, nutqni yeshitishning nozik o‘zaro ta’siridan iborat. Nogiron bolalarda nutq diagnostikasi somatik (fiziologik) kasalliklar, shuningdek markaziy asab tizimining (markaziy asab tizimining) organik shikastlanishi bilan yanada murakkablashadi. Shuning uchun bu o‘zaro ta’sir ko‘pincha buziladi va bu bolada tez nafas olish, umumiy va artikulasion mushaklardagi taranglik, nutqdan qo‘rqish kabi patologik stereotiplar shakllanadi.
Nutqni nafas olmasdan nutqni tasavvur qilib bo‘lmasligini hamma biladi. Ovozni shakllantirish mexanizmida nutq aparati a’zolari ishtirok etadi: ovoz burmalari, til, lablar. Shunday qilib, sog‘lom nafas olish va uning asosida nutq nafasi nutq uchun ajralmas asosdir.
Nutq terapeyasiga muhtoj bo‘lgan maktab o‘quvchilarida to‘g‘ri nutq nafasi tovushlari to‘g‘ri assimilyatsiya qilishini ta’minlaydi, xuddi to‘g‘ri nutq nafasi ularning tovush kuchini o‘zgartirishi va to‘g‘i, pauzalarni kuzatish, nutq ravonligini farqlashga yordam beradi.
Biofudbask (BFB) usulidan foydalanish nutqning patologik streotiplarini yo‘q qilishga va bolaning individual normasiga mos keladigan yangi stereotiplarni shakllantirishga imkon beradi.
Xo‘sh, bunday muammolarni davolashda BFB usulining o‘ziga xos xususiyati nimada?
Usulning mohiyati: biofudbask (BFB) usuli bu zamonaviy yuqori samarali va eng muhimi giyohvand bo‘lmagan usul bo‘lib, unda bemorga maxsus uskunalar yordamida uning organlari va tizimlarining faoliyati to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Odatdagi sharoitlarda ongli ravishda nazorat qilish mumkin emas. Olingan ma’lumotlarga asoslanib, biofudbask uskunalari yordamida va biofudbask o‘qituvchisi rahbarligida bemor o‘z tanasining ishini kerakli yunalishda o‘zgartirishni o‘rganadi. Qurilma yurak urish tezligi (yurak urushi) va RR (nafas olish tezligi) signallarini qabul qiladi va signallarni o‘zgartiradigan kompyuterga uzatadi.
Shuni takidlash joizki, biofeyedbask usuli tanaga zararli ta’sir ko‘rsatmaydi, balki faqat davom yetayotgan fiziologik jarayonlarni yozuvchidir. Tavsiya etilgan noan’anaviy usulni amalga oshirish tuzatish va rivojlantirish jarayonida stereotiplardan qochishga imkon beradi.
Bu dastur samarali hisoblanib, duduqlanish uchun, - logonevroz, alaliya, afaziya, disleksiya, dislaliya va fonasiya buzilishi uchun qo‘llanilishi mumkin.
Nutqni uni buzilishlarini izchil ravishda tuzatish murakkab va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. – bosqich – diagnostika:
Nutq nuqsoni sabablarini aniqlash uchun bemorni maslahatlashuvi va tekshiruv, uning nutqi va funksional holati. Shaxsi tuzish, davolash-tuzatish kursini o‘tkazish sxemasi, unga quyidagilar kiradi:
• Maxsus artikulasiya mashqlari – bunda barcha dinamik va statik artikulasiya mashqlaridan aynan o‘sha korreksiyalanadigan nutq nuqsoniga bog‘liq va foydalilari bajartiriladi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki statik mashqlar turg‘un, dinamik mashqlar harakatli mashqlar hisoblanadi.
Dinamik artikulasiya mashqlari: arg‘imchoq, soatcha, olcha murabbo yalaymiz mashqlari:
Statik artikulasiya mashqlari: quymoq, kosacha, finjom, baqacha, filcha kabilardir.
• “Logo” multimedia kompyuter dasturi bilan o‘yin mashqlari – bu bolalarni nutqini korreksiyalashda va ularni vaqtlarni qiziqarli o‘tkazishda juda muhim ahamiyatga ega. Bunda bolalar kompyuterda logopediyaga oid multimediali nutqni o‘stiruvchi musiqali o‘yinlarni o‘ynaydilar.
Albatta logoped bolaga o‘yinni shartlarini tushuntiradi.
• Ba’zi kasalliklar uchun yuz massaji.
Nutq nuqsonlarini bartaraf etishda massajlarni axamiyati katta hisoblanadi. Har bir nutq nuqsoni alohida massajsiz faqat taqlid yoki mexanik usullar bu nuqsonni bartaraf etilishida yordam berishi mumkin Logonevroz – ya’ni duduqlanish nuqsonini oladigan bo‘lsak – bu nuqson muskullarning tortishishi natijasida kelib chiqqandir.
Bundagi massajyuzni yuqoridan pastga qarab bo‘shashtiruvchi massaj qilinadi. Nafaqat yuzga balki bo‘yin va yelkalarga ham massaj qilinadi.Dislaliyada til bint yoki tish chotkasi yordamida massaj qilinadi. Unga yuz massaji shart emas. Dizartriya nuqsonida esa tillar va lunjlar aylanasiga massaj qilinadi. Rinologiyada tanglay yoriqliklari operasiyadan so‘ng, to‘liq bitib ketishi kutilib, keyin sekin asta massaj qilinadi. Bu nuqsonda burunda manqalanishlar ko‘p bo‘lganligi sabab ko‘proq nafas mashqlari bajartiriladi.
Bemor bilan har doim maxsus artikulatsiya mashqlari bajariladi.
2- bosqich – bemorda diafragma devsetichi nafas olish shakllanishi.
Nafas mashqlari 4 ta turda bo‘lib.
1. Burundan burunga
2. Burundan og‘izga
3. Og‘izdan olib burundan chiqarish
4. Og‘izdan olib og‘izdan chiqarishlardan iborat.
Bundan tashqari nafas mashqlari eng ko‘p dizartrik va logonevroz, rinologik bolalarda nafasni ushlab turish mashqlari bajartiriladi.
3-bosqich – nutqning asosiy tarkibiy qismlari va artikulyasiya apparati mushaklarining ishlashini normallashtirish ustida ishlash.
Bunda hamma nutq apparatini a’zolari ketma-ketlikda tekshirib, shakllantiriladi.
4-bosqich – uzluksiz ravon nutq qobiliyalarini shakllantirish. Bu bosqich murakkabroq va so‘ngi bosqich desak ham bo‘ladi. Chunki bungacha bo‘lgan davrda tovushni qanday, qay holda talaffuz qilishdan tortib, so‘zni qanday hosil qilishgacha bo‘lgan yo‘llar bosib o‘tildi. Uzluksiz va ravon nutqni shakllantirish uchun logoped bolaga ko‘proq avval 3 ta keyin ko‘p so‘zlardan ibrat gaplar tuzishni o‘rgatadi. Keyin qo‘shma gaplar tuzishni va kichik matngacha davom etib boradi.
5 - bosqich – olingan ko‘nikmalarni musstahkamlash va davolash va tuzatish ishlari natijalarini sarhisob qilishdir.
Murakkab biofudbask dasturi 25-30seansda turli xil nutq nuqsonlaridan xalos bo‘lishga imkon beradi. Texnikaning samaradorligi 94 % hisoblanadi.
Logopediya korreksion pedagogika fani kabi asab sistemasining tuzilishi,rivojlanishi faoliyati haqidagi nazariyaga asoslangan.Tabiiy fanlarni bilmay turib,nutq kamchiliklarining kelib chiqish sabablari,mexanizmi,bola psixikasiga ta'sirini aniqlab bo'lmaydi.Logoped nutq kamchiliklarining nevrologik asoslarini yaxshi bilishi kerak.Bu bilimlar nutq kamchiliklarini bartaraf etish,ularni oldini olish, bolani to'g'ri tarbiyalash,unga bilim berish yo'llari va usullarini to'g'ri tanlashda Logopedga yordam beradi.Logoped o‘z oldiga qo‘ygan maqsad- vazifani hal etishda tilshunoslik,lingvistik fanlarga,psixologiya va pedagogikaga suyanib ish ko‘radi.Tilshunoslik fani kishilarning eng muhim aloqa quroli bo'lgan nutqni ijtimoiy hodisa deb biladi. Nutqning asosiy tarkibiy qismlari:tovush,so‘z so‘z birikmasi va gap bir butun tizimni tashkil etib,fikrni og'zaki yoki yozma ravishda ifodalash uchun xizmat qiladi.Har bir logoped tilshunoslikning ilmiy-nazariy asoslarini,fonetika va grammatikani,lug'at va stilistikani,orfografiya va punktuatsiyani mukammal bilish bilan birga,ifodali o‘qiy olish va to‘g‘ri so‘zlay olish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi kerak.
Logopedik ishning samaradorligi nutq kamchiliklari kelib chiqish sabablari,mexanizmlari,turlarini to‘g‘ri aniqlashga bog‘liqdir.Bu o‘rinda ontogenetik,etiopatogenetik prinsiplarning ahamiyati katta.Nutq kamchiliklarini o‘rganish,aniqlash,ularni bartaraf etishda logoped barcha didaktik prinsiplarga tayangan holda ish tutadi.Logopedik ishni tashkil etishda,har qasi bolaga xos xususiyatlarini hisobga olish,bilim va ko‘nikma va malakalarni puxta o‘zlashtirish,ta'lim va tarbiyaning birligi prinsipiga amal qilish, onglilik,faollik va mustaqillik kabi prinsiplarning ahamiyati ayniqsa katta.Nutq nuqsoni logopediya fanida muayyan tilning me'yoridan chetga chiqish deb ta'riflanadi.O.V.Pravdina o‘zining "logopediya" kitobida logopedik nutq nuqsonlarini quyidagicha xarakterlagan:
---Nutq nuqsoni o‘z-o‘zidan barham topmaydi,balki vaqt o‘tgan sari yanada mustahkamlanib,zo‘rayib boradi.
---Nutq nuqsoni gapiruvchining yoshiga mos kelmaydi.
---Nutqiy nuqsonlari bo‘lgan kishilar logopedik yordamga muhtoj bo‘ladi.
---Og‘ir nutq nuqsoni kishining nafaqat nutqiga,balki umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi.Barcha og‘ir nutqiy nuqsonlar ham aynan Levinaning 3ta tamoyillari orqali tavsiflanadi.
Endi eng muhim jihat bo‘lgan bolalarni zerikib qolmasligi yoki ularni tasavvurini o‘stirish uchun har bir logoped o‘zi uchun va bolalarga foydalanish uchun metodika o‘ylab topadi. Shunday ba’zi metodikalar bilan tanishib chiqamiz.
“Gugurtcha” metodi – bu metod bolalarda sanashni o‘rgatishga hizmat qiladi. Bunda logoped bolalarga o‘zlari hohlagancha gugurt donalaridan sanab olishlarini aytadi. Bolalar olgan gugurt donalari sonicha yoqtirgan narsalarini aytib beradilar, yoki shu gugurt donalaridan foydalanib. “Menga ko‘rsat” metodidan foydalanish mumkin. Bunda bolalarga berilgan gugurt donalaridan biron bir shakl yasab sheriklariga ko‘rsatadi. Bu mutod guruh bo‘lib ishlashda va bolalarni nutqini o‘stirish, o‘zaro muloqotni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
“Charxpalak” metodi – bu metodning o‘ziga xosligi shundan iboratki bunda bolalar gurux bo‘lib qiziqarli tarzda o‘yin o‘ynaydilar. Bolalar 2 guruxga bo‘linadilar, aylana bo‘lib, qo‘l ushlashib turadilar birin ketin biron mavzuda so‘z aytadilar, qolib ketgan bola guruxni tark etadi. Qaysi charxpalakda bola soni ko‘p bo‘lsa logoped ularni rag‘batlantiradi.
“Qarsakchalar” metodi – bu metod bolalarni eshitish qobiliyatini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Logoped bir bolaga biron bir buyumni berib ko‘rsatmasligini aytadi. Bir bola esa xonadan tashqarida turadi. Bolalar qarsak chaladilar. Xonaga kirgan bola logoped bergan buyumni olgan bolani yoniga kelganda bolalar qattiqroq qarsak chaladilar. Shundan bolalar buyumli bolani topadilar.
Xulosa.

Mening xulosam shundan iboratki nutqiy nuqson yoki nutq buzilishi bo‘lishidan yoki umuman nutqqa bog‘liq bo‘lmagan nuqson bo‘lsa ham u ma’lum tamoyillar yordamida vaqtida aniqlanib, chora ko‘rilib bartaraf etilishi lozim. Markaziy nervlar yoki bosh va orqa miyadagi buzilishlar yoki miyamizdagi yarimsharlarda joylashgan Broka, Vernika va nutq ko‘riv zonalaridagi buzilishlari sabab kelib chiqqan nuqsonlar, nisbatan murakkab bo‘lib, butunlay davolanib ketmaydi. Misol uchun Alaliyada ham nutq butunlay shakllanmay, bolani nutqi shakllantirishga harakat qilinadi. Xuddi shunday logonevrozni ham o‘sib boruvchi turi vaqtida korreksiyalanmasa oxiri nutq butunlay yuqolishi mumkin. Bularni hisobga olib. Levina ishlab chiqqan 3 ta tamoyili orqali nutq nuqsoni to‘liqligicha o‘rganilib chiqilishi lozim.


Nutqiy nuqsonni tamoyillarga bog‘liq tomomni ham aynan shunda, nuqson faqat bir tamoyil orqali emas. Balki har bir tamoyil orqali alohida taxlil qilinadi. Chunki ba’zi belgilar bir necha nuqsonda uchrashi mumkin. Yoki bolada 2 yoki undan ortiq nuqson birga bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Oddiy bosh og‘rig‘i 200 ta kasallikda uchraydi. Bunda har bir kasallikni belgilarini aniq bilish, shu kasallikni oson tashxislanishiga yordam beradi. Biror nuqsonni tashxislash uni 50 % davolash demakdir.


Download 27.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling