Mavzu: Nutq odobi. Notiqlik san’ati. Kasb etikasi. Me’yor tushunchasi


Download 76.3 Kb.
bet5/8
Sana15.06.2023
Hajmi76.3 Kb.
#1484592
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nutq odobi. Notiqlik san’ati. Kasb etikasi.

Madaniyatli tadbirkor- vazirni ham, kompania prezidentini ham, odddiy farroshni ham bir xil ravishda hurmat qilishi shart. Bu samimiy hurmat inson tabiatining asosiy qismiga aylanishi kerak. Axloqiy xulq asosida quyidagi axloqiy baho yotish kerak: ishbilarmon hamkor-yaxshi odam.
Ishbilarmonlik etiketi mijozlar bilan bo’lgan muloqotda maxsus xulqni talab qiladi. Mijozlarga ko’rsatilayotgan har qanday xizmat turidan xulqqa oid kasbiy nozik alomatlar bor.
Eng muhim tamoyil: mijoz-ofisning eng qadrdon va kutilgan mehmonidir.Ishbilarmonlik doirasida obro’-e’tibor katta ahamiyatga ega. Yaxshi obro’ qozonish juda qiyin, lekin uni yo’qotish juda ham oson. Obro’ qozonishda hamma narsa muhim: nutq madaniyati, kiyinish, xulq-atvor, ofis interyeri va
h.k. Bundan har bir o’zini hurmat qiladigan kompaniya uchun etikaning asosiy qoidasi kelib chiqadi.
Shuning uchun ham har bir zamonaviy tadbirkor faoliyatining asosiy tamoyillari yana biri bu: Tavakkal qila bilish va omadga ishonish, qarorlar qabul qilishda ma’suliyatdan qo’rqmay o’z zimmasiga olish.
Muomala madaniyati. Odamlar bilan muomala qilish sana’ti ham har bir kishidan katta mahoratni talab qiladi. Har qanday lavozimga nomzod deb qaralayotgan odamdan bunday fazilat bo’lishi va bu fazilat har qanday sharoitda namoyon bo’ishi maqsadga muvofiqdir. Siz mehmonxonada, restoranda, kutubxonada yoki laboratoriyada ishlashingizdan qat’iy nazar, eng muhimi-o’z fikringizni aniq va ravshan ifoda eta olishingizdir. Bu esa sizning muvaffaqiyatingizga zamin yaratadi.
Har bir odam o’z fikrini og’zaki yoki yozma ravishda ifodalay bilishi lozim. Sizning o’z individualingizni saqlab qolishga intilishingiz va o’zingiz tanlab olgan hamkorlaringiz bilan ishlashni xohlashingiz-sizning “jamoaning yaxshi o’yinchisiga” aylanishingizga olib keladi.
Me’yor tushunchasi
Me’yor – jamiyat a’zolari tomindan qabul qilingan, maqullangan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutqi jarayonida qo’llanish haloti va imkoniyatlari.
Me’yor tilning yashash shaklidir. Til nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalordanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo’yilgan. Nutq madaniyati to’g’risidagi gap bor ekan, tabiiyki, nutqda so’zlarning o’rinli va o’rinsiz ishlatilishi to’g’risidagi ham baqs boradi. Qo’llangan til birligini to’g’ri yoki noto’g’ri deyilganda, albatta, ma’lum bir o’lchovga asoslanamiz. Mana shu o’lchov tilshunoslikda adabiy til me’yori deb yuritiladi.
Har bir lahjaning, so’zlashuv tilining, adabiy tilning o’z me’yorlari bo’lganidek, nutqning alohida ko’rinishlari bo’lgan argolar, jargonlar ham o’z me’yoriga ega. Xususiy me’yorlar quyidagicha ko’rsatiladi:
1. Dialektik me’yor
2. So’zlashuv nutq me’yori
3. Argolar, jargonlar me’yori
4. Adabiy til me’yori.
Jamiyat taraqqiyoti bilan barabar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o’rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib brogan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyo qarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tibarga olingan. Til hadisalarini, uning me’yoriy jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik ham also mumkin bo’lmagan.
Demak, me’yor milliylik va tarixiylik mazmunin kasb etadi, necha yuz ming yillar davomida shakllangan an’anaviylikka ega bo’ladi. Tildan foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o’tishi bilan o’zgarib, yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir.
Til me’yorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham me’yor masalalarining nutq madaniyati doirasida o’rganilishi bejiz emas.
Tildagi me’yoriy muammolarni, qiyinchiliklarni qisqa muddatda hal qilishning imkoni yo’q. 1989 yilda O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinishi katta voqea bo’ldi. O’sh paytda qonuniybo’lmasada, amaldagi ish yuritish tili rus tilida savod shiqarganligini, farzandlarini ham bog’chalar va maktablarda ana shu tilda ta’lim-tarbiya olishga jalb qilganligi ana shunday tabiiy to’siqlarda bo’lib turdi. Oqibatda ma’lum muddat muomala jarayonida, rasmiy ish qog’ozlarini yuritishda, turli darajadagi anjumalarni o’tkazishda rus tilidan foydalanishdagi mavjud an’analar o’z kuchini saqlab turdi.

Download 76.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling