Ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar . Ba’zan, takrorlanuvchi algoritmlar bir nechta parametrlarga bog‘liq bo‘ladi. Odatda bunday algoritmlarni ichma-ich joylashgan algortmlar deb ataladi.
Misol sifati berilgan nxm o‘lchovli aij –matritsa elementlarining yig‘indisini hisoblash masalasini qaraylik.
Bu yig‘indi hisoblash uchun, i ning har bir qiymatida j bo‘yicha ko‘paytmani hisoblab, avval yig‘indi ustiga ketma-ket qo‘shib borish kerak bo‘ladi. Bu jarayon quyidagi blok–sxemada aks ettirilgan. Bu yerda i-tashqi sikl - yig‘indi uchun, j-esa ichki sikl-ko‘paytmani hosil qilish uchun foydalanilgan.
Ichma-ich joylashgan siklik algoritmga doir blok-sxema
AMALIYOT ISHINING TOPSHIRIG’I:
Quyidagi topshiriqlarni algoritmini tuzing.
misol.
Doskaga chiqib javob berish algoritmini tuzing.
Dasgohda ishlash algoritmini tuzing.
Hujjatni printerda chop etish algoritmini tuzing.
TALABA uchun kerakli bo’lgan anjomlarni maktab sumkangizga solish algotirmini tuzing
misol. y=a(b+cx)-dx formula bo`yicha y ning qiymatini hisoblash algoritmini tuzing.
misol. “Svetofor” dan foydalanish algoritmini tuzing.
misol. Koptok v0 = 29,5 m/c tezlik bilan tepaga tik tepilgan. U qancha balandlik (h) ga ko`tariladi. Harakat qonuni h=v0t-gt2/2 formula bilan ifodalaniladi, bu yerda t-ko`tarilish vaqti: t=, g=9,8m/c-erkin tushish tezlanishi.(Algoritmi tuzilsin)
misol.Qishloqqa mavjud uchta suv manbaidan suv keltirish kerak. Manbalarning tekislikdagi
koordinatalari: (x1,y1), (x2,y2), (x3,u3). Qaysi manba eng yaqin ekanini topish algoritmini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |