mavzu: ochiq tizimlar termodinamikasi asoslari
Download 35.16 Kb.
|
mavzu ochiq tizimlar termodinamikasi asoslari-fayllar.org
mavzu: ochiq tizimlar termodinamikasi asoslari 9-MAVZU: OCHIQ TIZIMLAR TERMODINAMIKASI ASOSLARI (amaliy, 4 soat) Ma’lumki, termodinamikaning birinchi qonuni yopiq sistemalarda energiyaning aylanish va saqlanish qonuni bo’lib, materiyaning aba diyligini hamda uning yo’qolmasligini ifodalaydi. Ikkinchi qonuni esa berk sistemalarda entropiya(tartibsizlik)ning uzluksiz ravishda oshib borishini anglatib, quyidagicha ifodalanadi: T Q S
bu yerda Q - sistemaga berilgan issiqlik miqdori, T – esa absolyut temperatura. Entropiya qonuni 1865 yilda Klauzius tomonidan ochildi, keyinchalik bu qonunga Bolstman statistik ma’no berdi. Unga ko’ra, “sistemaning entropiyasi ehtimolligi kichik bo’lgan holatdan entropiyasi yuqori bo’lgan holatga o’tishga intiladi”. Bu qonun uzoq yillar davomida fizikaviy, kimyoviy, biologik, kosmologik va boshqa bir qator masalalarni yechishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Lekin, o’z davrida bu qonunning biosfera kabi ochiq va chegaralanmagan tizimlar uchun qo’llash ba’zida noto’g’ri xulosalarga olib keldi. Bunga misol qilib “koinotning issiqlik o’limi” haqidagi qarashlarni aytish mumkin. Lekin, hozirgi zamon fizikasiga binoan koinot ochiq tizimdir va sistema xususiyatlariga qarab, uning entropiyasi oshishi yoki kamayishi mumkin. Bundan entropiya qonuni tabiatdagi jarayonlarni tushuntira olmaydi, degan xulosaga kelmaslik lozim. Faqatgina, yopiq sistemalar uchun yaratilgan entropiya qonuniga tegishli o’zgartirishlar kiritgan holda uni ochiq sistemalarga tadbiq etish kerak. Ma’lumki klassik mexanika qonunlari XX asr boshlariga kelib yorug’lik tezligiga yaqin tezliklarda harakatlanuvchi zarralar, o’lchamlari va massalari juda kichik bo’lgan mikroskopik jismlarning harakatini tushuntira olmaganligi uchun, relyativistik mexanika hamda kvant mexanikasining yaratilishiga olib keldi. Natijada klassik mexanika qonunlari zamonaviy mexanika qonunlarining xususiy holiga aylanib qoldi. Klassik termodinamika qonunlari ham ochiq va statsionar (xususan biologik) tizimlarda boradigan muhim termodinamik jarayonlarni tushuntira olmaganligi sababli, nomuvozanat tizimlar termodinamikasining yaratilishiga sabab bo’ldi. O’z- o’zidan klassik termodinamika qonunlari nomuvozanat tizimlar termodinamikasining xususiy holiga aylanib qoldi. Quyidagi jadvalda klassik mexanika va termodinamikaning qo’llanish chegaralari keltirilgan.(1-jadval) . Download 35.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling