Mavzu: "Odam bo'lish qiyin" romaniga taqriz


Download 80.81 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi80.81 Kb.
#1440284
Bog'liq
Annabayev Rustam. Taqriz


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

MAVZU: "Odam bo'lish qiyin" romaniga taqriz
Bajardi: Annabayev Rustam

TOSHKENT 2023

"Odam bo'lish qiyin" romaniga taqriz

"Odam bo'lish qiyin" romani o'tgan asrning ikkinchi yarmida, aniqrog'i 1970-yili O'zbekiston xalq yozuvchisi O'lmas Umarbekov tomonidan yozilgan. Ushbu asar o'z vaqtida va hozir ham sevib o'qilib, qizg'in munozalarga sabab bo'lib kelmoqda. Bunga sabab asarning soddaligi, voqealarning jonliligi bois birinchi o'qishdayoq sizni hayolot olamiga ergashtirib ketadi. Adib bu asarda real voqealarga asoslangan holda, bolalarning bepayon orzulari, qalblarning otashin tuyg'ulari, yoshlarning goh lazzatli, goh azobli muhabbati, ota-onaga hurmat, qadr-qimmat tuyg'ulari, o'zbek xalqining sodda va mehribonligi, umuman olganda, turfa toifadagi insonlarning o'zaro munosabati g'oyat chuqur va samimiy ko'rsatilib berilgan.


Men ushbu romandan qiz bola bo'lishiga qaramay Gulchehra obrazi qaysidir ma'noda manzur bo'ldi deb ayta olaman. Undagi hamma insonlarni birdek ko'rishi, juda ham beg'uborligi, mehnatkashligi va o'z maqsadi yo'lida sobit qadam bo'lishi, do'stlariga o'zi kabi qayg'urib ularga mexr berishi va shu kabi ko'plab hislatlari meni o'ziga ipsiz bog'lab oldi. Lekin shaytonni hiylasiga uchib, o'z hirsini tiya olmagani va buni hammadan yashirgani, hayot unga kuchli zarba bergandan so'ng o'zini o'nglay olmay qolganini va shuning oqibatida nafaqat o'zini, balki tug'ilmagan norosida go'dagini ham halokatga uchratganini kechira olmayman.
Hech bir insonga o'zingiz kabi ishonch bildirib bo'lmasligini angladim. Aks holda, bu qilgan harakatimiz orqali insonlarning qo'liga qurol tutkazgan bo'lishimizni, ular esa bizni himoya qilish o'rniga odatda yakson qilishini tushundim. Do'st topishda juda ham ehtiyotkor bo'lish kerak ekanini bilib oldim.
Eh sevgi, sevgi! Kimlarni qay yo'lga boshlanading?. Boyni gado qilding, faqirni boyitding. Orni nomusdan ayirding, ota-onani farzanddan. Soqovni hofiz qilding, badbaxtni shoir.
Download 80.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling