Mavzu: Odam miyasi xujayralaridagi rnk ni tahlil ( taxrirlash)
Markaziy nerv sistemasining kasalliklari
Download 356.77 Kb.
|
Odam miyasi xujayralaridagi RNK ni tahlil ( taxrirlash)
Bosh va orqa miyani ustidan o'rab turgan pardalarning yallig'lanishi meningit deb ataladi. Bu kasallikni ko'pincha meningokok deb ataluvchi mikroblar qo'zg'atadi. Bundan tashqari, u gripp, o'rtaquloqning yiringli yalliqlanishi, o'pka sili va zotiljam kasalliklari tufayli ham sodir bo'lishi mumkin. Bunda bemorning boshi og'riydi, tana harorati ko'tariladi, ko'ngli aynib, qayt qiladi. Qo'l-oyoqlari va bo'yin muskullarining tarangligi ortadi. Xastalik og'ir kechganda bemor hushini yo'qotishi va unda tirishish belgilari yuzaga kelishi mumkin. Bosh miya to'qimasining yallig'lanishi ensefalit deb ataladi. Bu yuqorida aytilgan meningit kasalligini o`z vaqtida davolamaslik tufayli yoki gripp, qizamiq, suvchechak, quloqning yiringli yallig'lanishi va boshqa xastaliklar oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Bu xastalikda be morning tana harorati ko'tariladi, umumiy ahvoli og'irlashadi, qo'l-oyoqlari qaltiraydi, yuz muskullari pirpiraydi, vaqt-vaqti bilan titrash, hushni yo'qotish holatlari sodir bo'ladi. Bosh miyaning yallig'langan sohasidagi nerv markazlarining faoliyati buzilishi tufayli ular tomonidan boshqariladigan ishchi a'zolar ham falajlanib qoladi. Bunda muskullarningtarangligi ortib, bir tomondagi qo'l-oyoq tarashadek qotib, harakatsizlanib qoladi. Yuz va qovoq muskullari falfijlanishi tufayli yuzning bir tomoni osilib, og'iz chakkasi tortilib, yuqorigi qovoqning osilib qolishi holatlari yuzaga keladi. Bosh miya ham orqa miya kabi oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Bosh miyaning kulrang moddasi turli xil neyronlardan tashkil topgan. Bosh miyada 14 mlrd. nerv hujayralari joylashgan. Bundan tashqari bosh miyaning 60-90% ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi. Neyrologiya himoya qiluvchi va ushlab turuvchi tayanch to’qima hisoblanadi. Neyrogliyada gormonlar va gormonga o’xshash moddalar hosil bo’ladi. Bosh miya uzunchoq miya va Voroliy ko’prigi, miyacha, o’rta miya, oraliq miyadan iborat bo’lib bu qismlarni bosh miya. sopi deb yuritiladi. Bu qismlarni miya katta yarim sharlari qoplab turadi. Download 356.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling