Mavzu: oddiy va murakkab to'pgul reja
Download 388.5 Kb.
|
ODDIY VA MURAKKAB TO\'PGUL
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ASOSIY
45-rasm. Changchi tiplari.
CHangdonlar, odatda, oraliq qism – bog’lag’ich bilan birikkan ikkita yarimtalikdan (chang xaltachalaridan) iborat bo’ladi (45-rasm). CHang xaltachalarining ichki bo’shlig’ida chang yetiladi, u changdonchalaridan iborat bo’ladi. Ularning funktsiyasi o’simliklarni changlashdir CHang xaltasi tashqi tomondan ikki qavat hujayralar bilan qoplangan, bularning tashqi qavati tashqi hujayralarning qalinlashgan qobiqli po’stidan, ichki qavati esa changdon yetilganda qovjirab ketadigan kambar hujayralardan iborat bo’lib, ular qovjirashi natijasida chang yetilgan vaqtda changdon chatnab ketadi. CHangdonlar yetilgandan va chatnagandan keyin ulardan tashqariga chang yoki chang donachalari sochilib ketadi. Har – xil o’simliklarda chang donachalarining shakli turlicha bo’ladi. Ular yumaloq, sharsimon, suyri (oval), uch qirrali, kub shaklda, ko’p qirrali, va hokozo bo’lishi mumkin. CHangning rangi, ko’pincha, sariq, ammo oq, ko’kish, qizg’ish va hokozo rangli changlar ham bo’ladi. CHang donachalarining katta kichikligi (o’lchami ) 8 dan 800 mikrongacha bo’lishi mumkin. yetilgan chang hujayrasi bitta yadroli va qo’sh: tashqi hamda ichki qobiqli bo’ladi. Tashqi hujayra ekzina deb ataladi. Ular har xil o’siqlar, tikanlar, bo’rtiqlar va hatto, ninalar (g’o’zada) bo’ladi, bular changning tumshuqchaga yopishishi uchun yordam beradi. Ichki qobiq ingichka hujayralardan iborat bo’lib, intina deb ataladi. Tashqi qobiqda teshikchalar bor, chang o’sayotganda ichki qobiqning o’siqlari ular orqali chiqib turadi. Har xil o’simliklarning changlarida teshikchalarning soni turlicha bo’ladi. Masalan boshoqdoshlar changida teshik bitta, liliyada (piyozgulda ) ikkita, g’o’zada ko’p. CHang donachalarining sirti ba’zida quruq (boshoqdoshlarda), boshqalarida esa yopishqoq bo’ladi. Sirti quruq chang donachalari, asosan, shamol yordamida, yopishqoqlari esa hasharotlar yordamida changlanadigan o’simliklar uchun xos. XULOSA. Gul-shakli o’zgargan, o’sishi chegaralangan, spora hosil qilishga xizmat qiladigan generativ organdir. Gul olti qismdan iborat: gul bandi, gul o’rni, kosachabarg, tojibarg, changchi va urug’chidan tashkil topgan . O’simliklarning gullari nihoyatda xilma-xil bo’lishiga qaramay, ularning bir qator qismlari umumiy bo’ladi. Gulning poya qismi, uning o’qi gulband, uning yuqori kengaygan qismi esa gul o’rni deb ataladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ASOSIY 1. Linda R. Berg. Introductory Botany. –USA: Thomson Higher Education, 2008, 622 p. 2. Xamdamov I.X., Mustanov S.B., Xamdamova E.I., Suvonova G.A. Botanika va o’simliklar fiziologiyasi (Botanika) darslik – T.,2013. – 375 b 3. Alimova R.A., Sagdiyev M.T. O’simliklar fiziologiyasi va biokimyosi: o’quv qo’llanma – T., 2013 – 320 b 4. Belolipov I.V., Axmedov X.A., Buxorov K.X. Botanikadan laboratoriya mashg‘ulotlari. – T., 2014. – 189 b. 1 2 Download 388.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling