Mavzu: Ogahiy g`azallarini aruziy tahlili


Download 14.11 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi14.11 Kb.
#1251000
Bog'liq
Ogahiy g`azallarini aruziy tahlili


Mavzu: Ogahiy g`azallarini aruziy tahlili

Qamar yuzungdin bo‘lur munavvar,


Shakar so‘zungdin kelur mukarrar (Sayfi Saroyi)
Sendek menga bir yori jafokor topilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas. (Bobur)
Tarsi’ san’atini muvozanadan farqlash lozim. Muvozanada bir qarashda barcha so‘zlar o‘zaro qofiyadosh bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida so’zlar tengligi va o’zaro vazndoshligi hisobiga ritm hosil qilinadi:
Ishqing g’amida diydai giryonima rahm et,
Hajring tunida nolai afg’onima rahm et (Ogahiy)
Baytdagi ishqing-hajring, g‘amida-tunida, diydai-nolai so‘zlari mumtoz poetika talablariga ko‘ra, qofiyadosh emas, chunki ularning o‘zagida raviy harfi ishtirok etmayapti.
Zulqofiyatayn (ar. “ikki qofiyalilik”) – bayt misralarida ikki so‘zni qofiyadosh qilib keltirishga asoslangan badiiy san’at bo‘lib, baytda asosiy qofiyadan tashqari yana bir so‘z o‘zaro qofiyalanadi. Bunda qofiyadosh so‘zlar misralar oxirida ketma-ket (mutakarrin qofiya) keltirilishi yoki misralarning turli o‘rinlarida (mahjub qofiya) kelishi mumkin. Mutakarrin zulqofiyataynga misol:
Bog’ anga bir sahfai gulshan misol,
Jadvali atrofida ravshan zulol. (Navoiy)
Mahjub qofiya asosida yuzaga kelgan zulqofiyataynga misol:
Qoshlaring imosidin yuz hur-u g‘ilmon evrulur,
Yuzlaring siymosidin ming bog‘i rizvon evrulur. (Ogahiy)
Zulqavofiy (ar. – ko‘p qofiyalilik) - bayt misralarida uch va undan ortiq so‘zni qofiyadosh qilib keltirishga asoslangan badiiy san’at bo‘lib, bir yoki ikki so‘zning qofiyalanmay, ochiq qolishi bilan tarsi’dan farqlanadi.
Yo‘ldasa bu yo‘lda Nizomiy yo‘lum,
Qo‘ldasa Xusrav bila Jomiy qo‘lum (Navoiy)
Ba’zan zulqavofiy san’ati muvozana bilan uyg‘unlik kasb etishi ham mumkin:

Ey musallam dilkusholig‘ g‘unchai xandonima,


Vay mujazzam jonguzolig’ nargisi fattonima. (Ogahiy
Ilmi badi’da radd, ya’ni qaytarishga asoslangan bir qancha she’riy san’atlar mavjud bo‘lib, ularda qaytariluvchi so‘z baytning qaysi o‘rnida takrorlanishiga qarab, muayyan nomga ega bo‘ladi. Sharq mumtoz poetikasida baytning boshi sadr, oxiri ajuz yoki zarb, ikkinchi misraning boshi ibtido va har ikki misraning o‘rtasi hashv deyiladi. Buni quyidagi chizmada ko‘rish mumkin:
Download 14.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling