Mavzu. Ogahiy ijodi haqida. Savollarga javoblar
Download 16.5 Kb.
|
Ogahiy ijodi
Mavzu.Ogahiy ijodi haqida. Savollarga javoblar. 1.O'z ijodining ko'lami,she'riyatining ko'rkamligi be badiiy salohiayatining sermahsulligi va serqirraligi bilan Navoiyidan keyin turuvchi ijodkor- MUHAMMAD RIZO OGAHIYdir. 2.Ogahiy 1809-yil 17-dekabrda Xiva shahri yaqinidagi Qiyot qishlog'ida Erniyozbek mirob oilasida tug'ilgan. 3.Munisning "Firdavs ul-iqbol" tugallanmay qolgan asarini 1839-yilda yozib tugatgan. 4.Ogahiyning Tarixiy asarlari: 1."Firdavs ul-iqbol" 2."Zubdat-ut tavorix" 3."Riyoz ud-davla" 4."Jome ul-voqeoti sultoniy" 5."Gulshani davlat" 6."Shohidi iqbol". 5.Ogahiyning tarjimonlik faoliyati:Mirxondning" Ravzat us-safo",Muhammad Mahdiy Astrobodiyning"Tarixi jahonkushoyi Nodiriy",Zayniddin Vosifiyning "Badoye' ul-vaqoye'",Mahmud binni Shayx Ali G'ijduvoniyning "Miftoh ut-tolibin",Muhammad Muqim Hirotiyning "Tabaqoti Akbarshohiy",Muhammad Yusuf Munshining "Tazkirayi Muqimxoniy",Rizoqulixon Hidoyatning "Ravzat us-safoyi Nosiriy",Husayn Voiz Koshifiyning "Axloqi Muhsiniy", Kaykovusning "Qobusnoma",Muhammad Vorisning "Zubdat ul-hikoyat",Sa'diy Sheroziyning "Guliston",Abdurahmon Jomiyning "Yusuf bilan Zulayho",Badriddin Hiloliyning "Shoh va gado", Nizomiy Ganjaviyning "Haft paykar", Xusrav Dehlaviyning "Hasht behisht" kabi asarlarini tarjima qilģan. 6.Ogahiyning she'riy merosi sermahsul va salmoqli :Ustina,Bahor,Bizki bukun jahon aro kishvari faqr shohimiz,Navro'z bo'lsun,Choy,Qish,Sallamno,Bo'lmasa bo'lmasun netay, Chashmi jodudir va boshqalar.U o'z she'larida tashbeh,tashxis,sifatlash kabi tasvir vositalarini qo'llagan. Bahor g'azalida suvni suzuk deb sifatlab adabiyotda yangilik yaratgan.Ustina radifli g'azalida harflardan so'z yasab yangilik yaratgan. 7."Ta'viz ul-oshiqin"(Oshiqlar tumori) devoni Muhammad Rahimxon II(Feruz)ning taklifi va talabi bilan tuzilgan. 8.Devonda Ogahiyning 20 dan ortiq janrdagi salkam 20 000 misrali lirik merosi jamlangan.ulardan 1300 misradan ortig'i fors tilida bitilgan. 9.Ogahiy "Dahr uyi bunyodkim,suv uzradur,mahkam emas.." she'rida aytilgan tasvirlar ishlatiladi. 10.Ogohnoma qasidasi M.Rahimxon II(Feruz) ga bag'ishlangan va uning taxtga o'tirishi munosabati bilan yozilgan. Download 16.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling