Mavzu: Og’ir betonlar


Download 420 Kb.
bet8/12
Sana20.10.2023
Hajmi420 Kb.
#1712351
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Og’ir betonlar

YACHEYKALI BETONLAR

  1. Umumiy ma’lumotlar

Yacheykali yengil betonlar bog'lovchi va kremnezyomli kom- ponentlar aralashmasining g'ovak hosil qiluvchi qo'shimchalar vositasida ko'pchitib olingan kompozitsion qurilish materialidir. Ular 0‘rtacha zichligiga (pm) nisbatan (quritilgan holda):

  1. issiqlik izolyatsiyasi (pm<500 kg/m3);

  2. konstruktiv-issiqlik izolyatsiyasi (pm= 500 - 900 kg/m3);

d) konstruktiv (pm= 900 - 1200 kg/m3) guruhlarga bo‘linadi.
Gazli beton va gazli Silikat. Gazli beton portlandsement, kremnezyomli komponent va gaz hosil qiluvchi aralashma aso- sida tayyorlanadi. Gaz hosil qilishning eng keng tarqalgan usuli aluminiy kukuni va kalsiy gidroksidi o'rtasida bo'ladigan kimyoviy reaksiya natijasida vodorod gazining hosil bo‘lishidir:
3Ca(OH)2 + 2A1 + 6H2O = 3H2 + 3CaO • A12O3 • 6H2O.
0‘rtacha zichligi 600—700 kg/m3 bo‘lgan 1 m3 gazli beton tayyorlash uchun 0,4—0,5 kg aluminiy kukuni sarflanadi.
Gazli beton qotishini tezlashtirish uchun avtoklavda 175— 200°C haroratda, 0,8—1,0 MPa bosimda ishlov beriladi.
Avtoklavda havoiy ohak, kvars qumi kukuni yoki kul va metallurgiya shlaklari kukuni asosida gazli Silikat betoni tay­yorlanadi. 1 m3 gazli Silikat betoni olishga 120—180 kg havoyi ohak sarflanadi.
Ko‘pikbeton va ko‘piksilikat. Ko'pikbeton alohida tayyor- langan sement qorishmasi va ko'pikni maxsus qorgichda ara- lashtirib olinadi. Qorishma sementning boshqa turlari, havoiy ohak va turli mineral bog'lovchilar asosida tayyorlanishi mumkin. Kukun to'ldirgich sifatida tarkibida kremnezyom bo'lgan mi- nerallar — kvars qumi, kullar, shlaklar va sh.k. ishlatiladi. Ko'pik hosil qiluvchi komponent sifatida yelimkanifol, saponin smolasi, alumosulfonaften va turli sintetik moddalar ishlatiladi.
Ko'pik silikat havoyi ohak va kremnezyomli mineral kukunlar asosida tayyorlanadi va qotishni tezlashtirish uchun avtoklavda ishlov beriladi.

Download 420 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling