Mavzuning dolzarbligi. Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida og‘zaki va yozma hisoblashlar usullarin o‘rgatish mantiqiy tafakkur va hisoblash madaniyatini o‘stirish uun keng imkoniyatlar mavjud. Bu shu bilan asoslanadiki, birinchidan, boshlang‘ich sinflar matematika darslarida og‘zaki va yozma hisoblashlar usullarini o‘rgatish mazmuni va ketma-ketligi, ikkinchidan, tushunchalar, qoidalar va ularni kuzatishlar,mashq va misollar asosida ko‘rgazmali chiqarilishi usullari, arifmetik amallarni o‘rganishda bayon etishda ularning qo‘llanilishi, uchinchidan, mashq va misollar va ularni yechishda o‘quvchilar og‘zaki va yozma hisoblashlar usullari mohiyati bilan birga algebraik tushunchalar, boshqa amallar bilan o‘zaro aloqadorligidan foydalanish talab etadi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflar matematika darslarida og‘zaki va yozma hisoblashlar usullarini o‘qitish samarali usullarini ishlab chiqish va ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qo‘llash usullarini o‘rganish dolzarb vazifa hisoblanadi. Ishning maqsad va vazifalari
Kurs ishining maqsadi - boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish uslubiyati nazariyasi va amaliyotiga asoslanib o‘qitish jarayonida boshlang‘ich sinflar matematika darslarida og‘zaki va yozma hisoblashlar usullarini o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlari va ularni shakllantirishning samarali usullarini o‘rganish asosida o‘qitish amaliyotida qo‘llash uslubiyatini ishlab chiqish.
Kurs ishining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida og‘zaki va yozma hisoblashlar usullarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy, uslubiy adabiyotlar va manbalarni o‘rganish asosida arifmetik amallar tushunchasi va mohiyatini tushunish hamda hisoblash usullarini o‘rgatish, qoidalarni o‘rganishning turli bosqichlarida o‘quvchilarni hisoblash hamda mantiqiy fikrlash usullariga o‘rgatish uslubiyatini ishlab chiqish; 2. Boshlang‘ich sinflar matematika og‘zaki va yozma hisoblashlar usullari va ularning xossalarini o‘rganish jarayonida mashqlar va misollardan foydalanish asosida og‘zaki va yozma hisoblashlar usullarini tarkib toptirish texnologiyalariga doir tasavvurlarni yaratish;
3. Arifmetik amallar turli konsentrlarda o‘rganilish metodikasini ochish asosida ularda turli o‘quv vositalaridan samarali foydalanish asosida o‘quvchilarda og‘zaki va yozma hisoblashlar usullarini chuqur va puxta egallashlariga imkon beruvchi tafakkurini o‘stirish usullarini sistemalashtirish va ularni amalda qo‘llash uslubiyatini ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |