Mavzu: Oila Psixologiyasi


Download 1.43 Mb.
bet3/5
Sana03.12.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1798559
1   2   3   4   5
Bog'liq
Oila tarbiyasi asoslari (1)

Buning uchun esа:

  • Tа’lim-tаrbiya shаkllаri, usul vа vоsitаlаrini jаhоn аndоzаsi tаlаblаrigа mоs tаrzdа rivоjlаntirish; tа’lim, mаdаniy-mа’rifiy muаssаsаlаrni yangi zаmоnаviy tехnikа vа tехnоlоgiya аsоsidа jiхоzlаsh;
  • O’qituvchi- murаbbiylаrning, оtа-оnаlаrning ijоdiy izlаnishlаrini vа mаhоrаtlаrini оshirishning sаmаrаli yo’llаrini tоpish;
  • Oilа – mаhаllа - mаktаb tizimidа tа’lim-tаrbiya sаmаrаli mаzmunini vа usullаri аmаliyotgа kеng jоriy etish;
  • Yoshlаrning bo’sh vаktlаrini оilа-mаktоb vа jаmоаtchilik hаmkоrligidа qiziqаrli, mаqsаdli tаshkil etishgа erishish zаrur.

Bolani tarbiyalashda oilaning o’rni

Oilaviy tartibotning tashqi ko‘rinishi — o‘zboshimchalik bilan ish tutish ham, g‘azab ham, baqiriq-chaqiriq ham, iltijo ham yalinib-yolvorishlar ham emas, balki osoyishtalik, jiddiylik va ishbilarmonlik bilan qilingan farmoyishdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Bunday farmoyish berish huquqi oila a’zolarining yoshi ulug‘ vakili sifatida ayni sizga berilganligi xususida o‘zingizda va na bolalaringizda hech bir shubha qolmasligi kerak. A. S. MAKARENKO

  • Umuman, oilada tarbiya, jumladan, estetik tarbiya, ya’ni nafosat tarbiyasi masalasi dolzarb, ayni chog‘da o‘ziga xos va ko‘p qirrali muammodir. Shuni aytish kerakki, o‘zbek oilasida estetik tarbiyaning hamma oilalar uchun mushtarak asoslari, qoidalari, xususiyatlari bor. Uzluksiz ta’limning yagona tizimi oilani ham qamrab oladi. Modomiki, shunday ekan, oila, birinchidan, uzluksiz ta’lim yago-na tizimining bir tarkibiy bo‘g‘ini-dir.
  • Ikkinchidan, oilada estetik tarbiya, alohida va to‘liq mustaqil amaliyot sifatida emas, balki tar-biyaning bir tarkibiy qismi tari-qasida ro‘yobga chiqariladi. Uchin-chidan, nafosat tarbiyasini amalga oshirar ekan, oila, maktab va jamoatchilik bilan hamjihatlikda ish olib boradi, ya’ni ular bilan bir umumiy maqsad yo‘lida mushtarak ijtimoiy-tarbiyaviy vazifani bajaradi. To‘rtinchidan, oilada nafosat tar-biyasi yakkama-yakka tartibda ish olib borishga asoslanadi. Estetik tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri estetik idrok etishni shakllantirish va o‘stirishdir.
  • Bolada dastlabki nafosatdor tuyg‘ularning tug‘ilishida ota-ona qiyofasi bosh estetik andoza vazifasini o‘taydi. Olimlardan biri bu xususda shunday deb yozadi: “Bolada erkak va ayollarning faqat bitta andozasi bor, bu ham bo‘lsa, uning otasi va onasidir. Farzand-larimizning ko‘zlari butun hayot davomida, har doim bizning qalblarimizga termuladilar”. Boshqa bir olim ham ota-onaga, xusu-san, onaning bola tarbiyasidagi o‘rniga yuksak baho beradi. “Lekin, — deydi u, — birorta ham jamiyat tashkiloti va jamoat mahkamalari bola uchun ona o‘rnini va uning muhabbatini bosa olmaydi. Bolalar oilaning oliy g‘oyasi ekanligiga imonim komil”.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling