Mavzu: Oilada bola huquqlari. Reja: Bola huquqlari


Download 0.95 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1555293
Bog'liq
Jumaboyeva Muslima

Mavzu:Oilada bola huquqlari. Reja: 1. Bola huquqlari. 2.

Bola huquqlari Bola huquqlari - bolaga nisbatan inson huquqlari toifasi, irqi, jinsi, tili, dini, tug'ilgan joyi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiyligi, ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, har bir bola ega bo'lishi kerak bo'lgan huquq va erkinliklar. Xalqaro huquqda 18 yoshga etmaganlarning barchasi bola deb tan olingan.

Bolaning yashash huquqi va oilada voyaga etish huquqining e'lon qilinishi o'nlab yillar davomida ishlab chiqilgan g'oya, xalq ta'limi, barcha bolalarni bolalar muassasalariga o'tkazish vaqt o'tishi bilan butunlay qulab tushdi. Oila, bolaning oiladagi hayoti ajralmasdir.

Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ota-onasining g‘amxo‘rligidan foydalanish va ota-onasi bilan birga yashash huquqiga ega (bola manfaatiga zid bo‘lmagan hollarda).Bola o‘z ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, o‘z manfaatlari ta’minlanishi, har taraflama kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga ega.

Farzandlarning huquq va burchlari. Farzandlar ham ota- onalarining oldida o’z burchlari bajarishlari shart. Bu burchlar ayniqsa, mehnat qobiliyatini yuqotgan, kasal bo’lgan, boquvchisiz qolgan ota-onalarga g’amxo’rlik qilishdan iboratdir. Farzandlar burchlarini bajarishlari to’g’risida O’zbekiston Respulikasi Konititutsiyasining 66-moddasida jinoyat, nikoh, va oila qonunlarida ko’rsatilgan. Qonunda ajrim bilan birga, talab qilsalar, voyaga yetmagan farzandga nafaqa to’lashni yo’llarini ham ko’rsatgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.

Har bir davrda oilaning asosiy vazifasi, farzandlarning dunyoga kelishi va ularning tarbiyasi, o‘zligini anglab yetishi va shakllanishi uchun zamin yaratish bo‘lib hisoblangan.

Ota va ona o‘z bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar. Farzand to‘la muomalaga layoqatli bo‘lsa, uning majburiyatlari bo‘yicha, xususan, u etkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar bo‘yicha ona-onalar javobgar bo‘lmaydilar.

Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning ota-onasi zimmasiga yuklatiladi. Ota-ona o‘z bolalarining qonuniy vakillari hisoblanadilar hamda har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan bo‘lgan munosabatlarda, sudda alohida vakolatsiz ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar. Vasiylik va homiylik organi tomonidan ota-ona va bolalar manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik borligi aniqlanganda, ota-ona o‘z bolalarining manfaatlarini himoya qilishga haqli emas.

Bolaning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ega. Ota-ona nikohdan ajralganda yoki ota-ona alohida yashagan holda bola ularning har biri bilan ko‘rishish huquqiga ega.


Voyaga yetmagan bola o‘z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega.
Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlari uning otaonasi, ota-onasi yo‘q bo‘lsa, ota-onasining o‘rnini bosuvchilar, vasiylik va homiylik idoralari, prokuratura, sud tomonidan amalga oshiriladi.

Xulosa. Ota-onalar bolalari oldidagi huquqlarini bajarishlari, bolalar ham ota-onalari oldidagi huquq va burchlarini bajarishlari ularni qiynamasliklari ruhan,jismonan sog’lom tarbiylashlari lozim. Ularga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlari ularni qiziqishlari, nimani istashlarini, ularni fikrini, e’tibor berishlari lozim.. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak ota-onalar va farzandlar o’z xuquq va majburiyatlarini bajarishlari shart bo’lmasa ularniga qonunda belgilangan jazo turlari qo’llaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Fuqorolik va oila huquqi. T.Xolmo’minov. N.S.Narmatov N.A.Qo’ldoshev. 2.www.ziyonet.uz 3 O’zbekiston Respublikasining oila kodeksiga sharxlar


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling