Mavzu: oilani o`rganishda tizimli yondashuv


Download 82.5 Kb.
bet5/12
Sana02.04.2023
Hajmi82.5 Kb.
#1320256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
OILANI O`RGANISHDA TIZIMLI YONDASHUV

Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar axloq-odob va huquqiy qoidalar bilan tartibga solinadi. Shuning uchun ham oila huquqi huquqning mustaqil sohasi bo‘lib, nikoh, qon-qarindoshlik, bolalarning nasl-nasabini belgilash, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllaridan kelib chiqadigan munosabatlarni huquqiy tartibga soladi. Oila huquqi – bu er-xotin, qarindoshlar, ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) va bolalar o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy va ular bilan bog‘liq mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq tarmog‘idir.

Oila huquqining asosiy tamoyillari quyidagilardan iboratdir:

1. Oilaning jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqi tamoyili. Bu tamoyil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan qoidaga asoslanadi. Unga ko‘ra, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega (63-modda).

2. Barcha fuqarolar, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi tamoyili. Oila huquqida barcha fuqarolar millati, irqidan qat’i nazar teng ekanligi ifodalangan. Nikoh tuzish uchun fuqarolarning turli millatga mansubliklari, har xil dinlarga e’tiqod etishlari to‘siq bo‘lmaydi.

3. Oilaviy munosabatlarda ayol bilan erkakning teng huquqliligi tamoyili. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasiga binoan, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.

3. Oilaviy munosabatlarda ayol bilan erkakning teng huquqliligi tamoyili. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasiga binoan, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.

4. Oilaviy munosabatlarda ishtirok etuvchilarni ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning o‘zaro bir-biriga g‘amxo‘rlik qilishi tamoyili. Er va xotin, ota-ona va bolalar, bobo-buvi va nabiralar, aka-ukalar va opa-singillar, farzandlikka olganlar va boshqalar o‘rtasidagi munosabatlar, avvalo, nikoh, qon-qarindoshlik yoki oilaviy rishtalar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlardir.


Download 82.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling