Mavzu: Oksidlar asoslar kislotalar va tuzlarning olinishi xossalari ishlatilishi. Modda tuzilishi Reja; Krish
Download 138.58 Kb.
|
Oksidlar asoslar kislotalar va tuzlarning olinishi xossalari ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4)Indefferent (befarq) oksidlar
- Oksidlarning olinish usullari
- Oksidlarning fizik xossalari
- Oksidlarning kimyoviy xossalari
- Foydalanilgan adabiyotlar
3) Amfoter oksidlar – ham asoslarga ham kislotalarga muvofiq keladigan oksidlar. Masalan: Al2O3 – alyuminiy oksidi, BeO – berilliy oksidi, ZnO – rux oksidi, Fe2O3 – temir (III) oksidi, Cr2O3 – xrom (III) oksidi, Mn2O3 – marganets (III) oksidi, PbO2 – qo‘rg‘oshin (IV) oksidi, V2O3 – vanadiy (III) oksidi va h.z.
4)Indefferent (befarq) oksidlar – tuz hosil qilmaydigan oksidlar. Masalan: NO – azot (II) oksidi, N2O – azot (I) oksidi, CO – uglerod (II) oksidi va h.z. 5) Qo‘sh (aralash) oksidlar – ikki va undan ortiq oksidlarning aralashmasidan hosil bo‘lgan birikmalar. Masalan: Fe3O4 (FeO.Fe2O3) – temir qo‘sh oksidi, Cr3O4 (CrO.Cr2O3) – xrom qo‘sh oksidi, Mn3O4 (MnO.Mn2O3) – marganets qo‘sh oksidi, Pb2O3 (PbO.PbO2) – qo‘rg‘oshin qo‘sh oksidi Co3O4(CoO . Co2O3) – kobalt qo‘sh oksidi va h.z. Ayrim hollarda har xil metallarning oksidlari aralash holda ham uchraydi, ular shpinellar deb aytiladi. Masalan: FeAl2O4 (FeO.Al2O3), ZnAl2O4 (ZnO.Al2O3), MgAl2O4 (MgO.Al2O3) va h.z. Oksidlarning olinish usullari 1. Oddiy moddalarni bevosita kislorodda yonishidan oksidlar hosil bo‘ladi, kislorod kom sharoitda kichik valentli oksid, mo‘l sharoitda yuqori valentli oksid hosil bo‘ladi:
2. Ayrim murakkab moddalarni bevosita kislorodda yonishidan oksidlar hosil bo‘ladi, kislorod kom sharoitda kichik valentli oksid, mo‘l sharoitda yuqori valentli oksid hosil bo‘ladi:
3. Asoslarni parchalab ham (degidratlash – suvni ajratish) oksidlar olinadi:
4. Ayrim kislotalarni parchalab (degidratlash – suvni ajratish) ham oksidlar olish mumkin:
5. Tuzlarni parchalash yo‘li bilan ham olish mumkin:
6. Oksidlardan oksidlarni olinish:
7. Ayrim metallar suv bug‘i bilan yuqori haroratda oksidlar hosil qiladi: 3Fe + 4H2O Fe3O4 + 4H2 3Mn + 4H2O Mn3O4 + 4H2 3Cr + 4H2O Cr3O4 + 4H2 2Al + 3H2O Al2O3 + 3H2 8. Tuzlarga kislotalarning ta’siridan ham oksidlar olish mumkin: Na2CO3 + 2HCl 2NaCl + CO2 + H2O K2SO3 + 2HCl 2KCl + SO2 + H2O CaSiO3 + H2SO4 CaSO4 + SiO2 + H2O 9. Kislotalarga metall yoki metalmaslarni ta’siridan oksidlarni olinishi: Cu + 4HNO3 Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O 2Ag + 2H2SO4 Ag2SO4 + SO2 + 2H2O 2H2SO4 + C CO2 + 2SO2 + 2H2O Oksidlarning fizik xossalari Asosli oksidlarning barchasi turli rangli qattiq moddalar bo‘lib, kristall va amorf tuzilishga ega: FeO – qoramtir, Ag2O va CuO – qora, CaO, MgO, Na2O, K2O, MnO – oq rangli, CoO – ko‘kimtir yashil, NiO – yashil, Cu2O – qizil va h.z. Ishqoriy metallarning oksidlar suvda yaxshi eriydi va asoslar(ishqorlar)ni hosil qiladi, ishqoriy-er metallarni oksidlari suvda kam eriydi, qolgan metallarning oksidlari suvda deyyarli erimaydi. Asosli oksidlar yuqori temperaturada suyuqlanadigan, elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar. Kislotali oksidlar (angidridlar) turli rangda va agregat holatlarda bo‘lishi mumkin: CO2, SO2, NO, NO2, Cl2O – gazsimon, SO3, Cl2O5 – suyuqlik, P2O5, CrO3, Mn2O7, N2O5, SiO2, V2O5 – qattiq moddalar. CrO3 – qizg‘ish sariq, P2O5, N2O5, SiO2 – oq rangli, V2O5 – sariq, Mn2O7 – qoramtir-binafsha va h.z. Kislotali oksidlar ayrimlari suvda yomon eriydi, ularning suvdagi eritmalari nordon ta’mga ega bo‘lib, gazsimon moddalarning eruvchanligi bosim ortishi bilan ortadi. Amfoter oksidlar qattiq moddalar bo‘lib, amorf ayrimlari kristall moddalar va suvda erimaydi. Fe2O3 – qo‘ng‘ir rangli, Al2O3, ZnO, BeO – kul rang va h.z. Qo‘sh (aralash) oksidlar juda qattiq, rangli kristall moddalar bo‘lib, paramagnit xossaga ega. SHuning uchun radiotexnikada va qimmatbaho toshlar sifatida ishlatiladi. Oksidlarning kimyoviy xossalari 1. Asosli oksidlar suv bilan ta’sirlashib, tegishli asoslar(ishqorlar)ni, kislotali oksidlar esa tegishli kislotalarni hosil qiladi:
2. Asosli oksidlar kislotali oksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuzlar hosil qiladi:
3. Asosli oksidlar kislotalar bilan ta’sirlashsa tuz va suv hosil bo‘ladi: MgO + H2SO4 MgSO4 + H2O CrO + 2HCl CrCl2 + H2O K2O + 2CH3COOH 2CH3COOK + H2O CuO + 2HNO3 Cu(NO3)2 + H2O 4. Kislotali oksidlar asoslar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi:
5. Amfoter oksidlar asosli oksidlar bilan ham, kislotali oksidlar bilan ham ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi:
6. Amfoter oksidlar asoslar bilan ham, kislotalar bilan ham ta’sirlashib tuzlar suv hosil qiladi:
7. Amfoter oksidlar ayrim tuzlar bilan almashinish reaksiyasiga kirishadi: Cr2O3 + 3K2CO3 2K3CrO3 + 3CO2 BeO + Na2CO3 Na2BeO2 + CO2 Xulosa: MURAKKAB MODDALAR –molekulasi har xil atomlardan hosil bo‘lgan moddalar. Masalan: H2O – suv (distillangan), C12H22O11 – shakar, H2SO4 – sulfat kislota, CO2 – karbonad angidrid, CH4 – metan, NH3 – ammiak, CaCl2 – kalsiy xlorid, KON – kaliy gidroksid va h.z. Murakkab moddalar anorganik va organik moddalarga bo‘linadi. Murakkab moddalar 2 ta sinfga bo‘linadi: Anorganik moddalar va organik moddalar sinflari. Anorganik moddalar 5 guruxga bo‘linadi: Oksidlar, Kislotalar, Asoslar, Tuzlar, Binar moddalar. Organik moddalar asosan 2 katta guruxga bo‘linadi: Ochiq zanjirli birPikmalar va Yopiq zanjirli birikmalar sinflari. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.aim uz 2.arxiv uz 3.ziyo net Download 138.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling