17
1.Bemor 6 yoshda. Anamnezda homiladorlikning birinchi yarmi toksikoz bilan
kechgan. Kindigiga o’ralib asfiksiya bilan tug’ilgan. Ruhiy va jismoniy rivojlanishi
orqada:
ikki yoshda yurgan, 2,5 yoshida birinchi so’zlarni gapirgan, to’liq 4 yoshda
gapira boshlagan. Maktabgacha bo’lgan darslarni o’zlashtirish qiyinlashgan. Ko’rik
paytida
muloqotga kirishadi, ranglarni aniq ajratadi, shakllarni farqlay olmaydi,
sabzavot va mevalarni farqiga bormaydi. Umumiy bilimi yoshiga mos emas.
Fikrlashi
aniq shaklda. Intellekt va xotira pasaygan, xulqi yomon tomonga o’zgargan.
Javob: Oligofreniya, debillikning og’ir darajasi.
2. Bolaning aqliy rivojlanishi orqada, yordamchi maktabda o’qiydi. Bolaning
soch
va terisi rangsizlangan, ko’z donador pardasida gipopigmentatsiya. Siydigida
fenilpirouzum kislotasi mavjud.
Javob: Aqliy zaiflikning engil darajasi. Fenilketonuriya.
3. Aql zaifligi bor bolada sharsimon bosh, ko’zlari epikantus bilan g’ilay
joylashgan,
tili chuqur egatli va katta, burni kichkina, puchuq, yuzi qizil. Yordamchi
maktabda o’qishi qiyin, tez charchab qoladi.
Javob: Aql zaiflikning engil darajasi. Daun kasalligi.
6.3.Amaliy qism
Bemor
shikoyatlarini,
anamnestik
ma’lumotlarni yig’ish;
bemorni klinik
tekshiruvdan o’tkazish; taxminiy tashhis qo’yish uchun asosiy anamnestik va klinik
belgilarni ko’rsatish; shoshilinch holatlarda yordam ko’rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: