Mavzu: oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati monitoringini takomillashtirish masalalari
Download 30.73 Kb.
|
MAVZU3
MAVZU: OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATI MONITORINGINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI KIRISH
sog‘lom, ma’naviy yetuk, yuksak intellektual salohiyat, zamonaviy bilimlarga ega, mustaqil fikrlaydigan, kelajakka ishonch bilan qaraydigan barkamol avlodni tarbiyalash uchun jahon amaliyotida o‘xshashi bo‘lmagan ta’li mning milliy modeliga asos solingan. Mazkur model shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, uning markazida ta’lim oluvchining ehtiyojlari, qiziqishlari, iqtidor va qobiliyatlari turadi. Intelektual rivojlangan va raqobatbardosh yoshlarni uzviylik va uzluksizlik tamoyillari asosida tarbiyalash maqsadida barcha ta’lim turlari kabi oliy ta’lim tizimining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja, o‘quv fan dasturlari hamda o‘quv adabiyotlarining yangi avlodi ishlab chiqilib amaliyotga joriy etildi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati monitoringini takomillashtirish masalalari va uning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikrlar tahlil qilindi. Mazkur maqolada Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning asarlari metodoligik manba bo’lib belgilandi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Ta’lim sifatini baholash, uning monitoringini olib borish, indikatorlarni doimiy takomillashtirib borish bugungi kundagi eng muhim yo‘nalishlardan biri sanalib, ta’lim sifatining zaruriy darajasini ta’minlash, ta’lim sifati menejmenti va kvalimetriyasining samarali metodlarini ishlab chiqishga nisbatan metodologik yondashuvni shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi. Ta’lim sifatini baholovchi nisbatan taniqli tizimlar Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiyada qo‘llanilmoqda. Buyuk Britaniyada bu kabi tizimlar 1948 yildan, AQShda 1969 yildan, Fransiyada esa, 1979 yildan buyon mavjud. Ta’lim sifatini baholash milliy tizimi Chilida 1978 yildan amalda qo‘llanilib kelinmoqda. Ushbu tizimlarning barchasi muntazam ravishda kerakli axborotlarni yig‘ish imkonini beradi. Aksariyat MDH mamlakatlarida ta’lim sifatini baholovchi milliy tizimlarni ishlab chiqish 1990 yildan boshlangan. Bunday milliy baholovchi tizimlarning maqsadi ushbu tizim doirasidagi ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajalarini aniqlashdan iborat. Buning uchun quyidagilar zarur bo‘ladi: - ta’lim sohasidagi o‘zlashtirish darajasini aniqlash; - ta’lim oluvchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash; - ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirishlari bilan bog‘liq mavjud muammolarni aniqlash; - o‘zlashtirish bilan bog‘liq omillarni aniqlash; - o‘zlashtirish dinamikasini yuritish. Mamlakatlar darajasida qaraganda ham ishlab chiqilayotgan tizimlar turli-tuman bo‘lib, metodikasi, usullari va boshqa xususiyatlari bilan bir- biridan keskin farq qiladi. AQSh ta’limiy jarayonlar sifatini baholash milliy tizimi (NAEP – National Assessment of Educational Progress)ning maqsadi bolalar va o‘smirlarning o‘qish, hisoblash va kommunikatsiya bo‘yicha malakalarini baholashdan iborat. Ushbu baholash dasturlari: - o‘quv dasturlari bajarilishini ta’minlash; - o‘zlashtirish darajasini oshirish uchun teskari aloqani ta’minlash; - ota-onalarni ma’lumot bilan ta’minlash; o‘quv muassasasidagi o‘zlashtirish darajalari haqida umumlashgan ma’lumotlarni olish va milliy statistikani shakllantirish uchun o‘tkaziladi. Fransiya milliy baholash tizimining maqsadi quydagilardan iborat: - o‘quvchilar tomonidan fanlarni o‘zlashtirish jarayonlarini baholash; - o‘qituvchilarga chora-tadbirlarni tanlashda ko‘maklashish; - o‘qituvchilarga pedagogik faoliyatni rejalashtirishda ko‘maklashish; Buyuk Britaniyada oliy ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash davlat va jamoatchilik organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bugungi kunda ko‘pgina davlatlar tomonidan qiziqish bildirilayotgan ta’lim sifatini baholashning Buyuk Britaniya tizimi har bir ta’lim muassasasi tomonidan sifatli ta’limni ta’minlashning samarali ichki monitoringini tashkil etilishi va amalga oshirilishi, shuningdek, ta’lim muassasasining o‘zida uning kafolatli mexanizmi amaliyotga kiritilishi bilan tavsiflanadi. Bunda sifat kafolatining ichki mexanizmi samaradorligini baholash jarayonlarini tashkil etishdagi javobgarlik oliy ta’lim sifatini ta’minlash Agentligi – Quality Assurance Agency (QAA) zimmasiga yuklatilgan. Quality Assurance Agency (1997) – nodavlat tashkilot hisoblanib, uning asosiy vazifasi sifat ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazishdan iborat bo‘lib, tashqi ekspertiza xulosalariga asoslanib davlat tashkiloti baholash natijalari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qiladi. Agentlik tomonidan ta’lim sifatini nazorat qilishda oliy ta’limning akademik standartlarini qo‘llab-quvvatlash, oliy ta’lim muassasalari tomonidan yuqori akademik sifatni ta’minlash, oliy ta’lim tizimini uzluksiz va tizimli takomillashtirib borish, oliy ta’limning hamma uchun maqbul va maqsadlarga muvofiqligini ta’minlash asosiy vazifalar sifatida belgilanadi. Shuningdek, ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash jarayonida talabalar va kadrlar buyurtmachilarining ishtirokiga alohida ahamiyat beriladi. Germaniyada ta’lim sifati, xususan, oliy ta’lim sifatini baholashning o‘ziga xos tizimi mavjud. Hozirgi kunda Germaniyada sifatni baholash bo‘yicha bir necha agentliklar faoliyat yuritib, ulardan ba’zilari tor doirada texnika, tibbiyot, biznes sohalarigagina yo‘naltirilgan bo‘lsa, qolgan agentliklar boshqa barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim dasturlarini baholash, akkreditatsiyadan o‘tkazishga ixtiscoslashtirilgan. Mazkur davlatda akkreditatsiyalash jarayoni oliy ta’lim muassasining talabiga binoan amalga oshiriladi va yakuniy xulosa tegishli davlat organlari tomonidan shakllantiriladi. Germaniyada ta’lim sifatini baholash tizimining o‘ziga xosligi unda ta’lim sifatini mustaqil baholash tizimining mavjudligida bo‘lib, ta’lim sifatini baholashda ish beruvchilarni ekspert salohiyatidan to‘laqonli foydalanilishiga e’tibor qaratilgan. Oliy ta’lim muassasalarida tizimli ravishda ta’lim sifati va unga ta’sir etgan omillarni baholash: «Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirish kafili bo‘lishi zarur. Ular yuqori malakali, raqobatga qodir mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg‘unlashtirishi lozim»ligi borasidaga o‘ta muhim vazifalar bilan belgilangan [4]. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan ta’lim-tarbiya sifatining holati, uning monitoringi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda xolis baholansa, ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etgan omillar o‘z vaqtida korreksiyalanib, istiqbolga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilsa, ta’lim sifatining kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligi ta’minlanadi. Germaniyada ta’lim sifati, xususan, oliy ta’lim sifatini baholashning o‘ziga xos tizimi mavjud. Hozirgi kunda Germaniyada sifatni baholash bo‘yicha bir necha agentliklar faoliyat yuritib, ulardan ba’zilari tor doirada texnika, tibbiyot, biznes sohalarigagina yo‘naltirilgan bo‘lsa, qolgan agentliklar boshqa barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim dasturlarini baholash, akkreditatsiyadan o‘tkazishga ixticoslashtirilgan. Mazkur davlatda akkreditatsiyalash jarayoni oliy ta’lim muassasining talabiga binoan amalga oshiriladi va yakuniy xulosa tegishli davlat organlari tomonidan shakllantiriladi. Germaniyada ta’lim sifatini baholash tizimining o‘ziga xosligi unda ta’lim sifatini mustaqil baholash tizimining mavjudligida bo‘lib, ta’lim sifatini baholashda ish beruvchilarni ekspert salohiyatidan to‘laqonli foydalanilishiga e’tibor qaratilgan. Yaponiyada ham ta’lim sifatini baholash va akkreditatsiyalash jarayonlari boshqa rivojlangan davlatlar kabi o‘zini-o‘zi ko‘rikdan o‘tkazish, tashqi ekspertiza va qaror qabul qilishdan iborat bo‘lib, ta’lim muassasasining faoliyatini umumiy baholash va alohida ta’lim dasturlarini baholash bo‘yicha komissiyalar asosida amalga oshiriladi. XULOSA Umumiy baholash ta’lim muassasasidagi ta’lim sifatini boshqarishning zamonaviy metodlari va ichki menejment samaradorligi tahlili asosida shakllantiriladi. Ta’lim mazmunini doimiy ravishda isloh qilish, tayyorlanayotgan kadrlar sifatining respublikada amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar shuningdek, ta’lim, fan, texnika va texnologiyalar rivojlanishining ilg‘or jahon talablari darajasiga muvofiqligini ta’minlash jamiyatning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Download 30.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling