Mavzu: O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. O’lkashunoslik o’z o’lkasi haqidagi fan. O’lkashunoslikning rivojlanish tarixi tadqiqot usullari. Reja


Download 1.39 Mb.
bet9/43
Sana21.04.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1370399
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
20. O\'lkashunoslik-ma\'ruzalar

А)




Б)
14-rasm. Kо‘z bilan chamalab reja olish
Qutbiy reja olish. Qutb deb atalgan bir nuqtadan turib reja olish qutbiy reja olish deb ataladi. Mazkur usul kuproq ochiq joylarni rejasini olishda qо‘llaniladi. Reja olinadigan qutb hamma joy kо‘rinib turadigan joydan tanlanadi. Planshet qutb deb atalgan nuqtaga о‘rnatiladi, mо‘ljallanadi, masshtabi tanlanadi, planshetning о‘rtasiga qutb nuqtasi tushiriladi. Mazkur nuqtaga joydagi narsalarga vizir lineykasi yordamida chiziq tortiladi va har bir nuqtagacha bо‘lgan masofa о‘lchanadi, planshetda masshtabga muvofiq ravishda belgilanadi (15-rasm ).



15-rasm. Qutbiy reja olish


Marshrutli reja olish. Marshrut bо‘yicha reja olish kо‘pincha sayohat va ekskursiyada bosib о‘tilgan yо‘lni tasvirlashda qо‘llaniladi. Demak, chо‘zilgan joylarni rejasini olish marshrut bо‘yicha reja olish deb ataladi. Marshrut bо‘yicha reja olganda ma’lum bir nuqtalarda tо‘xtab, har bir tо‘xtagan nuqtada quyidagi ishlar bajariladi: planshet mо‘ljallanadi; tо‘xtagan joydagi nuqta planshetga tushiriladi; vizirli lineyka yordamida keyingi nuqtaga yо‘nalish aniqlanadi; joydagi narsalar shartli belgilar bilan chiziladi (16-rasm). Reja olib bо‘lgandan u rasmiylashtiriladi ya’ni shartli belgilar bilan oqqa kо‘chiriladi (16-rasm) .





16-rasm. Marshrutli reja olish.

Savol va topshiriqlar


1. Geografik o’lkashunoslik nimani o’rganadi?
2. Geografik o’lkashunoslik qanday tarmoqlardan iborat?
3. Geografik landshaftlarni o’lkashunoslik maqsadlarida o’rganish qanday tartibda olib boriladi?
4. Iqtisodiy o’lkashunoslik nimani o’rganadi?
5. Iqtisodiy obyektlar o’lkashunoslik maqsadlarida qanday tartibda o’rganiladi?
6. Tabiiy va iqtisodiy o’lkashunoslik orasida bog’liqlikni aniqlang.
MAVZU: TABIIY SHAROIT O’LKASHUNOSLIK OBYEKTI SIFATIDA



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling