Mavzu: O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. O’lkashunoslik o’z o’lkasi haqidagi fan. O’lkashunoslikning rivojlanish tarixi tadqiqot usullari. Reja


Download 1.39 Mb.
bet33/43
Sana21.04.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1370399
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Bog'liq
20. O\'lkashunoslik-ma\'ruzalar

Savol va topshiriqlar:
1.Statistik manbaalar deganda nimani tushunasiz?
2.Statistik ma’lumotlarni qayerlardan olish mumkin?
3.O’lka xo’jaligi haqidagi ma’lumotlarni qayerlardan olish mumkin
4. O’lka daryolari va iqlimi haqidagi ma’lumotlarni qanday statistik manbaalardan olish mumkin?
5. O’lka aholisi haqidagi ma’lumotlarni qanday statistik manbaalardan va ularni qayerlardan olish mumkin.
Kartografik manbaalar. Kartografik materiallar ham o’lka haqidagi asosiy bilimlar manbai hisoblanadi. Kartografik manbaalardan o’lka tabiati, xo’jaligi tarixi, madaniyati, san’ati haqida turli davrlarga oid ma’lumotlarni olish mumkin.
O’lkaning ma’muriy tuzilishi haqidagi ma’lumotlarni O’zbekistonni va tegishli viloyatlarni ma’muriy xaritalaridan olish mumkin. Bunda turli davrlarda nashr qilingan ma’muriy xaritalarni taxlili asosida o’lka ma’muriy tuzilishini turli davrlarda o’rganish bosqichlarini ko’rishimiz mumkin. Masalan, ayrim yillari viloyatlar va tumanlar qo’shilib ketishi, ayrim ymllari ayrim tumanlar ikkiga bo’linib ketishi mumkin. O’lka yoki joyning yer yuzasini tuzilishini topografik xarita yordamida o’rganish mumkin. Topografik xaritalarda yirik mashtabda tekisliklar, botiqlar, balandliklar, tog’lar, vodiylar, ko’llar, daryolar, soylar, qishloqlar, ko’chalar aniq ko’rsatiladi.
O’lkaning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari haqidagi ma’lumotlarni geologik va foydali qazilmalar xaritalaridan olish mumkin. 1980 yillarda chiqqan O’zbekiston atlasida yoqilg’i-energetika, metali va nometall foydali qazilmalar alohida sahifalarda berilgan. Bundan tashqari viloyat xaritalarida ham foydali qazilma konlari berilgan bo’ladi.O’lka tabiiy resurslari haqidagi ma’lumotlarni ham ma’lum bir tabiiy resurslar aks etgan xaritalardan olish mumkin. Masalan. Yer resurslari, rekreatsiya resurslari va agroiqlim resurslari va x.k.
O’lka iqlimi haqidagi ma’lumotlar iqlim xaritalaridan olinadi. Ular bir necha xaritalardan iborat bo’ladi: yozgi va qishki iqlim xaritalari. O’rtacha yillik harorat, atmosfera yog’inlari, bosimlar, shamollar va boshqa iqlimiy ko’rsatkichlar xaritalari.
Har bir o’lka, tuman yoki joyning tuproq xaritasi tuproqlar haqidagi ma’lumotlar manbai hisoblanadi. Asosiy tuproq turlari tuproq xaritasidan, tuproqlarni sifat ko’rsatkichlari tuproq eroziyasi va tuproq banitrovkasi xaritasidan olinadi.
O’lkaning o’simligi va hayvonot dunyosi va o’lka tabiatini muxofaza qilish, tegishli o’simlik, xayvonot va tabiatni muxofaza qilish xaritalaridan olinadi. Bunda Qizil kitobga kiritilgan o’simlik va hayvonot dunyosiga alohida e’tibor beriladi.
O’lka aholisi haqidagi ma’lumotlar aholi, aholini joylanishi va zichligi xaritalaridan olinadi. O’lka xo’jaligi haqmidagi ma’lumotlar qator iqtisodiy xaritalardan olinadi: kompleks xaritalar, sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va boshqa xaritalardan olinadi. O’lka tarixi turli xil turixiy voqealar, turli davrdagi siyosiy vaziyat va hozirgi siyosiy xaritalardan olinadi. Ular turli xil tarixiy va geografik atlaslarda o’z aksini topadi. O’lkadagi turistik komplekslar va dam olish joylari, tarixiy va madaniy yodgorliklar turistik xaritalarda berilgan bo’ladi.
Savol va topshiriqlar:
1. Xarita deganda nimani tushunasiz?
2. Mavzuli xaritalar qanday bo’ladi?
3. O’lka foydali qazilmalari haqidagi a’lumotlarni qanday kartografik manbaalardan olish mumkin?
4. Iqtisodiy xaritalar o’lkani nimasini o’rganish uchun asosiy manbaa bo’lib hisoblanadi?
5. Iqlimiy xaritalar orqali o’lkani qanday sharoitlarini o’rganish mumkin?

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling