Mavzu: Oltin mishyakli rudalarni boyitish texnologiyasi. Reja


Download 92.5 Kb.
bet1/4
Sana14.04.2023
Hajmi92.5 Kb.
#1358081
  1   2   3   4
Bog'liq
foydali qazilmalarni boyitish texnologiyasi 1chi mustaqil ish


Mavzu:Oltin mishyakli rudalarni boyitish texnologiyasi.
Reja:
1. Oltinni cho`ktirish mashinalarida saralash
2. Oltin zarrali shlyuzlarda ajratib olish
3. Boyitish stollarida oltin ajratib olish
4. Oltin rudalarini boyitish.
5.Oltin rudalarini flotatsiyalash jarayonida qo`llaniladigan reagentlar.

Juda qadim zamonlardanoq odamlar oltin va tarkibida oltin bo`lgan rudalarning zarralari boshqa tog’ jinslaridan og’irroq ekanini anglab etganlar.


Shu boisdan qiya tekislikdagi tarnovlarda suda oqizilgan oltin qumlari og’ir va engil qismga ajraldi. Shu tariqa gravitatsiya usulida boyitish vujudga keldi. Oltin qumlari turli yuvish idishlarida, nov va tarnovlarda, harakatdagi elak-g’alvirlarda yuvildi. Ayrim holda rudalar suv tosh tegirmonida maydalanib, qiya suv ariq-tarnovida yuvildi.
Shunday usul qoldiq namunalarini 1976 yil Toshkent viloyati Olmaliq shahriga 5 km g’arbiy-janubda joylashgan To’qkent X-XII asr shahar xarobalaridan arxeologiya-qidiruv ishlari paytida topildi.
Ko`pincha suvda yuviladigan oltin qumlarda tuproq zarralari bo`ladi. Shu sababga ko`ra oltin qumlar 4 toifaga bo`linadi.
1. Yengil yuviluvchi (3- 10 % loyqali).
2. O`rtacha yuviluvchi (10- 30% loyqali)
3. Qiyin yuviluvchi (30- 60% loyqali)
4. Juda qiyin yuviluvchi (60- 80% loyqali).
Qum yuvish dastgohini tanlashda, xom ashe tarkibidagi oltin zarra o`lchami va shakli asosiy rol’ o`ynaydi.
Donador oltin zarralarni boyitishda cho`ktiruvchi (otsodochnaya mashina), shlyuz (qiya tarnov) boyitish stoli (kontsentratsiya stoli) ishlatiladi.
Olingan yarim mahsulot simob bilan qorishtirilib amalgamalantiriladi. Suv havzalaridagi oltinni yuvishda suv havzalarida suzib yurib ishlaydigan, o`zida oltin saralash uskuna va dastgohlarini jamlagan moslama-kema “Dragalarda” amalga oshiriladi.
1.Oltinni cho`ktirish mashinalarida saralash
Oltin va boshqa zichligi yuqori zarrachalarni bo`tanalardan ushlab qoladigan uskuna –gidroqopqon (gidrolovushka) dir. Ular boshi pastga qaratilgan konus yoki piramida shaklidagi idishlarni eslatadi. Bu uskunalarga suv pastki tomonidan kiritiladi. Oltin zarralari suv yoki bo`tana bilan kirib, konusning to`nkarilgan uchida to`planadi. Engil zarracha bo`tana bilan yuqoriga oqib ketaveradi. Oltin zarralari ko`payishi bilan, uskuna ishi qisqa muddatga to`xtatilib, boyitma (kontsentrat) – oltin zarralar taglik qopqoqdan tushirib olinadi.
Qopqonlar bitta yoki bir nechta “Tunkarilgan konuslardan” iborat bo`ladi.
Boyitmalar miqdori, ishlovdagi ruda miqdorining 1% dan oshmaydi, u har 6-8 soatda bo`shatiladi. Agar ruda kvarts tarkibli bo`lsa unumdorlik yuqori bo`ladi.
”Qopqonlar” slanetsli, nam tuproqli rudalar uchun uncha yaramaydi.
“Qopqon tutgich” larga qaraganda oldtin zarralarini “ushlab qolishda” cho`ktirish mashinalar qo`l keladi. Bunday mashinalarda suv muhit yuqorilama – tebranma to`lqin harakatida bo`lib, zichligi turli bo`lgan moddalar yaxshi ajraladi. Zarralar taqsimlanishini yaxshilash uchun cho`ktirish mashinalarining kameralari setkalariga po`lat zarrachalar (rezina-sharlar), og’ir mineral granullari to`shaladi.
Ko`tarilma suv oqimi va to`shama po`lat zuldirchalar ustma-ust tebranishi natijasida, ruda zarralari siyraklanib g’ovak massa hosil qilib ko`tariladi, tushayotganda esa og’irlari avval, engillari keyin to`shama ustiga tushadi. SHu tariqa og’ir oltin zarralar pastga, engil bo`sh jinslar ust qismiga to`kilib, suv oqimi va tebranma harakat tufayli maxsus tarnov sliv- moslamadan oqib tushib ketaveradi.
Og’ir oltin zarralar maxsus “cho`ntak” qutilarga to`planadi yoki vaqti-vaqti bilan ular dastgohlardan bo`shatib olinadi.
Pulsator deb ataluvchi cho`ktirish moslama ikki kameradan iborat. Biri asosiy ishchi kamera, ikkinchisi pulsatsiyani ta`minlovchi kameralar. Ishchi kamera setkasi ustida po`lat zuldirchalar yoki gematit zuldirchalar (12-6 mm) to`shaladi. Tebranma to`lqin pulsator orqali 3-15 mm suv ustuni bosimida, minutiga 300-600 marta tebranma pul’s beriladi.
Oltin saralash fabrikalarida diafragmali cho`ktirish mashinalari ham keng qo`llaniladi. Bunda suv yuqorilama urilma harakati vertikal shtiklar orqali amalga oshiriladi. Suv sarfi 1 t ruda uchun 3-4 m3. Bunda mashinalar 2-4 kamerali bo`lib, unumdorligi yuqoridir.



Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling